• Baxtiyor Hojiboyev, maktab psixologi
  • Oqmurod Otamurodov, informatika fani o‘qituvchisi




    Download 78,65 Kb.
    bet5/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi78,65 Kb.
    #233168
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ALOHIDA TA\'LIM EHTIYOJLARI BO\'LGAN BOLALARNI SAMARALI INKLYUZIV TA\'LIM OLISHNING ASOSIY SHARTLARI.

    Oqmurod Otamurodov, informatika fani o‘qituvchisi:
    «Bizda ham xuddi chet eldagi kabi imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumta'lim maktablarida sharoit yaratilsa, juda zo‘r bo‘ladi. Lekin bizda ba'zi muammolar bor. Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor bolalar toifasi bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy ta'limda tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q.
    Bundan tashqari, o‘qituvchilarni ham ruhan tayyorlab olish kerak. Maktablarda o‘qituvchilar qo‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan. Ular o‘qituvchini tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Sog‘lom bolalar bilan bir maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider bo‘la olish ehtimoli kam, sababi ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq kuch sarflashi kerak bo‘ladi. Shu narsalarni o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul qila olishi va ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya olishi zarur. Buning uchun esa avvalo ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar umuman imkoniyati cheklangan bolaga dars o‘tmagan o‘qituvchining sinfiga shunday bolalar borsa, u dastlab bola tilini tushunmasligi, uning qiyin o‘zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatish lozim».
    Baxtiyor Hojiboyev, maktab psixologi:
    «Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o‘zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo‘lsa, bola battar qobig‘iga o‘ralib oladi.
    Masalan, qizimning ko‘rish qobiliyatida muammolari bor edi, umumta'lim maktabida 2-sinfgacha o‘qidi. Lekin uning dars qilishga qiziqishi so‘nayotganini ko‘rdim. Maktabdan ham hech o‘rtoqlari bilan qaytmasdi, faqat o‘zimiz borib olib kelardik. U ruhan boshqa tengdoshlari bilan yaqin bo‘la olmadi. Shundan so‘ng qizimni mana shu ixtisoslashtirilgan maktabga olib keldim. Hozir yaxshi o‘qiyapti.
    Umumta'lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o‘qituvchi alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi bor bolalar haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan kulmaslik kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal kuchsizroq ekanini tushunishmaydi.
    Aslida, kattalar ham shunday. Yaqinda ko‘chada ishdan bir necha ko‘zi ojizlar qaytayotgan edik. Orqamizdan kelayotgan ayollar bir-birimizni yetaklab kelayotganimizni ko‘rib, «Mast bo‘lishsa kerak», deyishdi ovoz chiqarib. Jamiyat hali nogironligi bor odamlar haqida to‘la ma'lumotga ega emas».

    Download 78,65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 78,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oqmurod Otamurodov, informatika fani o‘qituvchisi

    Download 78,65 Kb.