|
Inklyuziv ta'lim uchun to‘siqlar
|
bet | 6/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 78,65 Kb. | | #233168 |
Bog'liq ALOHIDA TA\'LIM EHTIYOJLARI BO\'LGAN BOLALARNI SAMARALI INKLYUZIV TA\'LIM OLISHNING ASOSIY SHARTLARI.Inklyuziv ta'lim uchun to‘siqlar
Dilmurod Yusupov, Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti, Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti:
«Birinchi navbatda O‘zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish kerak. Yangi tahrirdan o‘tgan «Ta'lim to‘g‘risidagi» qonunda tarixda birinchi marta inklyuziv ta'lim tushunchasi kiritilgan edi. Qonunning 20-moddasida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, deb yozilgan, lekin hanuzgacha bunday tartib ishlab chiqilmagan va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning xulosasi ko‘pincha majburiy tavsiya sifatida ko‘riladi. Misol uchun, ota-ona nogironligi bo‘lgan bolasini umumta'lim maktabida o‘qitmoqchi yoki maxsus maktab-internatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsa, tibbiy mutaxassislarning xulosasi bunga yo‘l qo‘ymasligi mumkin. Ammo bunday tartib Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga zid, chunki barcha bolalar ta'lim turini tanlash huquqiga ega.
Shuningdek, biz jamiyatimizning ongini tubdan o‘zgartirishimiz kerak, chunki sog‘lom bolalarning ota-onalari va umumiy maktab o‘qituvchilari aksar hollarda nogironligi bo‘lgan bolalar barcha bolalar bilan birga o‘qishga rozi bo‘lmayapti.
Yana bir muhim masala bu o‘qituvchilar tayyorgarligi, mutaxassislar yetishmasligi hamda umumta'lim maktablari binolarida kerakli sharoitlar yaratilmagani bilan bog‘liq. Bu muammolar hal etilmasdan turib, nogironligi bo‘lgan bolalar sharoitsiz va salbiy munosabatli maktablarga o‘tkazilishi ularning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi».
Velosiped ixtiro qilish shartmas, tajriba o‘rganish kerak
O‘zbekistonda inklyuziv ta'limni tatbiq etishda yangi velosipedni ixtiro qilish shart emas, chunki possovet hududida bizdan ko‘proq tajriba va bu sohada muvaffaqiyatlarga erishgan davlatlar bor. Misol uchun, Rossiyaning «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunida o‘quvchilarga ta'lim muassasasi va ta'lim turini tanlashning akademik huquqi berilishi zarurligi ta'kidlangan. Shu bilan birga, qonunga asosan, ta'lim muassasasi bolaning psixofizik rivojlanishi va sog‘ligidan kelib chiqib, bepul ijtimoiy-pedagogik va psixologik yordam olishi, psixologik-tibbiy-pedagogik maslahatlar olishi uchun sharoit yaratib berishi belgilangan.
Rossiyada alohida ehtiyojga ega (diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi yoki DeGS, autizm, disleksiya va boshqa holatli) o‘quvchilarni individual qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilgan. Bu tizimda asosiy rol yuqori malakali pedagog kadrlar, ya'ni tyutorlarda. Tyutorlar zaxiradagi pedagoglar bo‘lib o‘qishda imkoniyati cheklangan bolalarni psixologik-pedagogik hamroh sifatida qo‘llab-quvvatlaydi va umumiy sinfda doimo nogironligi bo‘lgan bola bilan doimiy ishlaydi.
O‘tgan yili qabul qilingan O‘zbekiston prezidenti qarorida ham maxsus pedagoglar va tyutorlar OTMlarda tayyorlanishi nazarda tutilgan.
|
| |