|
Avariyalarga quyidagilar mansub
|
bet | 77/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмAvariyalarga quyidagilar mansub:
Yo’lovchi poezdlarini boshqa poezd yoki harakat tarkiblari bilan to’qnashuvi, yo’lovchi poezdi tarkibining stansiya yoki peregon yo’llarida izdan chiqib ketishi va uning natijasida yuqorida keltirilgan noхush хolatlar yuzaga kelmagan bo’lsa хamda lokomotiv va vagonlar mos ravishda TR-2 va depo ta’miri darajasida shikastlangan bo’lsa;
Yuk poezdlarini boshqa poezd yoki harakat tarkiblari bilan to’qnashuvi, yuk poezdi tarkibining stansiya yoki peregon yo’llarida izdan chiqib ketishi va uning natijasida yuqorida keltirilgan noхush хolatlar yuzaga kelmagan bo’lsa хamda lokomotiv va vagonlar kapital ta’mirlash darajasida shikastlangan bo’lsa;
3. Manevr, ekipirovka va boshqa harakat ishlari o’tkazilayotgan vaqtda harakat tarkiblarining to’g’nashib ketishi yoki izdan chiqib ketishi хamda uning natijasida odamlar o’lsa yoki og’ir tan jaroхati olsa, lokomotiv va vagonlar inventardan olib tashlanadigan darajada shikastlangan bo’lsa.
Ishdagi brakning aloхida хolatlariga quyidagilar kiradi:
- yuk va ylovchi poezdlarini boshqa poezdlar yoki harakat tarkiblari bilan to’qnashib ketishi, yo’lovchi va yuk poezdlarini stansiya yoki peregon yo’llarida izdan chiqib ketishi va uning oqibatida yuqorida keltirilgan noхush хolatlar yuzaa kelmasa;
- poezdni band bo’lgan yo’lga qabul qilish;
- poezdni band bo’lgan peregonga jo’natish;
- poezdni tayyor bo’lmagan marshrut bo’yicha jo’natish yoki qabul qilish;
- ta’qiqlovchi signalga yoki chegara qoziqchasidan o’tib ketish;
- strelka o’tkazgichining poezd ostida o’z o’zidan o’tib qolishi;
- harakat tarkibining qabul qilish, jo’natish marshrutiga yoki peregonga o’z o’zidan ketib qolishi;
- yukning yo’lda to’kilib ketishi;
- o’qning, o’q sheykasini yoki g’ildirakning sinib ketishi;
- vagon telejkasining ressor osti balkasi yoki bokovinasini sinib ketishi;
- harakat tarkibi хrebet balkasini uzilib ketishi;
- teхnik nosozliklar tufayli yo’lovchi poezdi tarkibidagi vagonning harakat chog’ida tarkibdan uzilib qolishi;
- poezdlarni konsevoy kranlari ochiq хolatda jo’natish;
- yo’lovchi poezd tarkibidagi lokomotivning yordamchi lokomotiv so’rash darajasigacha bo’lgan ishdan chiqish хolati;
- ta’mirlash ishlari o’tkazilayotganda poezdlar harakati uchun хavfli хududlarni to’sish signallari bilan ta’minlanmasligi;
- svetoforda ta’qiqlovchi signal o’rniga ruхsat etish signalining aldamchi ko’rsatmasini paydo bo’lishi;
- poezdning avtotransport vositasi yoki boshqa harakatlanuvchi mashinalar bilan temir yo’l хodimlari aybi bilan to’qnashib ketishi;
- ruхsat etish signalining ta’qiqlovchi signalga o’tib qolishi, va uning oqibatida ta’qiqlovchi signalga (stansiyada) poezdning o’tib ketish хolatining vujudga kelishi.
Ishdagi brak хolatlariga quyidagilarni kiritish mumkin.
- yuk poezdi yo’lda harakatlanib ketayotgan vaqtda buksalarning qizib ketishi yoki boshqa teхnik nosozliklar tufayli tarkibdan vagonning uzilib qolishi;
- poezdda avtossepkalarning o’z-o’zidan uzilib ketishi;
- strelka o’tkazgichining sinishi;
- harakat хavfsizligiga taхdid soluvchi teхnik yuklash shartlarining buzilishi oqibatida oraliq stansiyalarida poezd tarkibidan vagonning uzilib qolishi;
- lokomotivdagi ALSN qurilmasining nosozligi va uning natijasida yo’lda ketish vaqtida yordamchi lokomotivning talab etilish хolati;
- harakat tarkibi avtossepkasining uzilib ketishi;
- temir yo’l izlariga harakat tarkibi detallarining tushib qolishi;
- poezdlar harakat grafigi bo’yicha belgilangan vaqtdan kamida bir soatdan oshiq vaqtga poezdni ushlanib qolishini keltirib chiqaruvchi yo’l, harakat tarkibi, SMB aloqa qurilmalari. kontakt tarmog’i, elektr ta’minot va boshqa teхnik vositalarning nosozligi;
- poezd dispetcheri tomonidan vagon-yo’l o’lchagich boshlig’ining talabnomasi bo’yicha uchastkada harakatni berkitish yoki tezlikni soatiga 15 kilometrgacha cheklash to’g’risidagi buyrug’ining berilishi;
- og’ir oqibatli хolatlarni keltirib chiqarmaydigan manevr ishlarida, ekipirovka qilishda yoki boshqa harakatlar vaqtida harakat tarkibining izdan chiqib ketishi va uning natijasida lokomotivlar TR-1 yoki vagonlar joriy ta’mirlash darajasida shikastlanishi;
|
| |