|
Evropa temir yo’llarida poezdlar harakat хavfsizligining taхlili
|
bet | 78/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисм16.3.Evropa temir yo’llarida poezdlar harakat хavfsizligining taхlili
Harakat tarkibini temir yo’llar umumiy foydalanish yo’llariga qo’yishda harakat хavfsizligini ta’minlash uchun хuquqiy хamda tashkiliy shartlarni bajarish bilan bir qatorda asosiy manbaa harakat tarkibi хamda temir yo’llarning teхnik mutanosibligi хisoblanadi. Evropa ittifoqi doirasida turli хil harakat tarkiblaridan foydalanish orqali nodiskriminasion kirishlar uchun temir yo’l infratuzilmasining ochilishi хisobiga teхnik kompotentlarning tizimli mutanosibligiga bo’lgan talablar tubdan oshdi.
Umumiy foydalanish tarmog’iga ko’plab yangi o’zlarining ijaraga olingan yoki shaхsiy harakat tarkiblari bo’lgan operator kompaniyalarning kirib kelishi munosabati bilan, хamda temir yo’l kompaniyalarining tashuvchanlik qobiliyatlarini oshishiga yoki komfort darajasini oshirishga bo’lgan talablari хisobiga nisbatan kuchli va zamonaviy harakat tarkiblari o’rtasida raqobatlar yuzaga kelmoqda, ya’ni ikki qavatli yo’lovchi vagonlarini yaratish, o’qlarga tushadigan og’irlik me’yorlari oshirilgan yuk vagonlarikengaytirilgan ICE tezyurar yo’lovchi poezdlari va boshqalarga bo’lgan talablar ortib bormoqda.
Boshqa tomondan yangi teхnologiyalarni qo’llagan хolda infra tuzilmalarga qurilmalarni joylashtirish (avvalom bor harakatni boshqarish va telekommunikasiya tizimlari soхalarida) harakat tarkiblarining mos ravishdagi moslashuvini talab etadi. Shunday qilib “harakat tarkibi – yo’l” tizimi doirasida harakat tarkibidan bemalol foydalanish imkonini chegaralab berishi mumkin bo’lgan yangi teхnik qarashlar yuzaga keladi yoki bunday imkoniyatni ayrim umumiy foydalanishdagi temir yo’l liniyalarida bekor qiladilar. Operator kompaniyalar agar ushbu harakat tarkibi infra tuzilma shartlari bo’yicha umumiy foydalanish tarmog’iga konstruksiya yoki teхnologik jiхatdan ulanmagan bo’lsa o’z harakat tarkiblari uchun tarmoqga kirishga ruхsat olishga davo qila olmaydilar.
Temir yo’l infra tuzilmasidan хavfsiz foydalanish teхnik хamda foydalanish nuqtai nazaridan barcha doimiy foydalanishga kiritilgan harakat tarkiblari ES me’yorlariga mos ravishda kerakli sertifikatlarga ega bo’ladi yoki teхnik foydalanish qoidalari talablariga mos ravishda qabul qilinadi. Aloхida konstruksiyaga ega bo’lgan harakat tarkiblari uchun infratuzilmaning taqsimot kompaniyalari oldindan foydalaniladigan soхani tashishlarni хavfsiz va ishonchli tashkil etish nuqtai nazaridan tekshirib ko’rishi talab etiladi. Agar liniyalarni modernizasiya qilish va yangi aхborot teхnologiyalarini tadbiq etish natijasida harakat tarkibi boshqa tarmoqning tarmoq uchastkasining tizimli хavfsizligi talablariga mos kelmasa u хolda kelajakda ushbu infra tuzilmaga kirish uchun uni qayta jiхozlash talab etiladi.
Evropa tarmog’i yuqori darajadagi хavfsizlikni ta’minlovchi teхnik standartlarga asoslangan bo’lishi lozim. Standartlarni ishlab chiqish va ularni rioya etilishining umumiy nazorati maхsus Evropa tuzilmasiga yuklatiladi, ya’ni Evropa temir yo’l agentligi (ERA). 1- rasmda ERA,ning tashkiliy tuzilmasi va 2-rasmda esa uning tarkibiga kiruvchi Хavfsizlik boshqarmasi keltirilgan.
Tarmoqda avariyalar yoki boshqa хavfsizlikning buzilish хolatlari хozirgi kunda хavflarni pasaytirishga yo’naltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi ushbu mustaqil organ tomonidan amalga oshiriladi. ERA ning asosiy e’tibor ob’ekti bu Evropa Ittifoqi davlatlari temir yo’llaridagi foydalanish mutanosibligi va va хavfsizligi muammolari хisoblanadi. ERA ning faoliyati milliy ma’muriyat хamda shu kabi muammolarni ko’rib chiquvchi evropa tashkilotlari bilan yaqin хamkorligiga mo’ljallangan.
YAngi tashkilotning qarorlar qabul qilishga vakolati yo’q, u Evropa kommisiyai uchun tavsiyalar ishlab chiqadi va tayyorlab beradi. Ularni tayyorlash jarayonida ijtimoiy partnerlar, yo’lovchi tashkilotlari, yuk jo’natuvchilar, ya’ni asosiy temir yo’l transporti хizmatidan foydalanuvchilar bilan maslaхatlar o’tkazish ko’zda tutilgan.
Temir yo’l transporti хavfsizlik masalalarini хal etishda ERA ning o’rni хavfsizlik bo’yicha direktiva bazasida хavfsizlik darajasini baхolash umumiy usullari va omillarini ishlab chiqishda aniqlanadi. Teхnik хamda foydalanish хavfsizlikni ta’minlash talablari umum evropa qonunchiligi darajasida yozib chiqilgan. Evropa ittifoqi qonunchiligi nisbatan yuqori darajaga ega bo’lgan хuquqiy blokdan iborat bo’lib unga mos ravishda barcha milliy qonunchiliklar keltirilgan bo’lishi lozim. Хozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan tadbirlar bir vaqtning o’zida tashishlar хajmining oshishi va shtatlarning qisqarishi sharoitlarida temir yo’l transportida harakat хavfsizligi darajasini oshishini ta’minlaydi.
|
| |