|
Temir yo’llarda poezd va manevr ishglarida harakat хavfsizligining buzilishi turlari
|
bet | 76/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмTemir yo’llarda poezd va manevr ishglarida harakat хavfsizligining buzilishi turlari
Asosiy yo’llarda yoki ularni kesib o’tib, shuningdek, chiqish strelkalaridan tashqarida manyovrlar bajarish, har bir alohida holatda manyovrlar amalga oshirilayotgan yo’llar va strelkalarni kirishni to’suvchi tegishli kirish svetoforlarining yopiq holatida, stansiya navbatchisining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Poezdlar dispetcheri va qo’shni stansiya navbatchisining roziligisiz va mashinistga berilgan tegishli ruxsatnomasiz tarkibni stansiya chegarasidan peregonlardagi bir yo’lli va noto’g’ri yo’ldan ikki yo’lli uchastkalarga chiqib manyovr qilishi taqiqlanadi. Tarkibni stansiya chegarasidan to’g’ri yo’l bo’ylab ikki yo’lli uchastkalarga chiqib manyovrlar qilishiga, poezd dispetcherining roziligi bilan, stansiya navbatchisining og’zaki ruxsati bo’yicha ruxsat etiladi.
Kirish svetoforining machtasida stansiyaning o’qi tomonda joylashtirilgan maxsus manevr svetofori mavjud stansiyalarda manevr qilayotgan tarkibning stansiya chegarasidan chiqishi ushbu svetoforning signali bilan amalga oshiriladi.
Harakat tarkibining peregonga ketib qolish xavfi mavjud qiyalikda joylashgan stansiya yo’llaridagi manyovrlar, lokomotivni qiyalik tomondan qo’yib, vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilib va sinab ko’rilgandan so’ng amalga oshiriladi.
Lokomotivni qiyalik tomondan qo’yish imkoniyati bo’lmagan hollarda ushbu yo’llarda manyovrlar tisarish usuli bilan amalga oshiriladi, bunda vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilgan va sinab ko’rilgan bo’lishi lozim. Bunday yo’llarga ega stansiyalarda harakat xavfsizligini ta’minlab manyovrlarni amalga oshirish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlar bo’yicha Yo’riqnoma bilan belgilanib, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
Vagonlarni saralash uchun tepalik qurilmalari mavjud stansiyalarda manyovrlar AJ mintaqaviy temir yo’l uzelining boshlig’i tasdiqlagan yo’riqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan harakat tarkiblari saralash tepaligi orqali faqat manyovr lokomotivi bilan o’tkazilishi mumkin.
Saralash tepaliklaridan quyidagilarni o’tkazish taqiqlanadi: 12 va undan ortiq o’qi bor yuk ortilgan bo’sh transportyorlar; ulanmada bir yoki ikkita oraliq platforma mavjud bo’lganida yuk ko’tarish qobiliyati 120 tonna bo’lgan ulanma turidagi yuk ortilgan transportyorlar; "Tepalikdan o’tkazilmasin" yozuviga ega harakat tarkibi.
Stansiya yo’llaridagi harakat tarkibi chegara ustunchalari bilan belgilangan chegara ichida joylashtirilishi lozim.
|
| |