• Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
  • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASH QOIDALARIGA QO‘SHIMCHA VA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA(4-maruza)




    Download 63,79 Kb.
    bet5/16
    Sana28.11.2023
    Hajmi63,79 Kb.
    #106949
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    texnik hujjatlarni taqdim etish (ma\'ruzaP)
    Menschen A2.2 AB unlocked, f452a155e69a0abec63a07b937e81eee ELEKTR O’LCHOV ASBOBLARI VA ELEKTRIK O’LCHASHLAR (1), 3-m, 11-sinf Informatika nazorat ishi, Alisher Navoiy hayoti va ijodi1, maruza matni algebra1-2007, variant, Mustaqil talim 1(050-051-052) (1), yulduz diplom ishi, 4-.АМАЛИЙ, A half hour later the tribe was again upon the, A rumblıng no1se, which might have been either a, And just as Teeka sprang for the lower limb of a, Another mile and a shifting wind brought to his, Mustaqil ish Khomidov Sarvar
    MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASH QOIDALARIGA QO‘SHIMCHA VA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA(4-maruza)
    [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 5-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1458-5]
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
    1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 25-fevraldagi 59-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 10-11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
    2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
    Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
    1. 18-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
    “Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.”.
    2. 43-bandning birinchi xatboshisidan “sertifikat aslining egasi yoki sertifikatni bergan idora, yoxud notarial idora tomonidan imzo qo‘yib tasdiqlangan va muhrlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
    3. 7-ilova mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
    Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga
    ILOVA

    “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga


    7-ILOVA


    Normativ-huquqiy hujjatlar — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar:

    • vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi;

    • normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi;

    • normativ-huquqiy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi;

    • normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.;

    • normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchga ega.

    Normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi:

    • normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi;

    • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin;

    • normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir;

    • vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirib turish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

    • normativ-huquqiy hujjatlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi.

    Normativ-huquqiy hujjatlarda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik. koʻrsatilishi mumkin.
    Normativ-huquqiy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.

    “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida(7-maruza)


    Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 1-noyabrda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2012-yil 5-dekabrda ma’qullangan
    1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).


    2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

    hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

    davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

    3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

     LexUZ sharhi

    Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2012-yil 25-dekabrdagi 250 (5670)-sonida e’lon qilingan.

    O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

    Toshkent sh.,

    2012-yil 24-dekabr,

    O‘RQ-342-son
    O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


    Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida

    (yangi tahriri)
    1-bob. Umumiy qoidalar


    1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari

    Ushbu Qonunning asosiy vazifalari normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, o‘zaro nisbatini aniqlashdan, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga va ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilashdan, shuningdek ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.

    2-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

    Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va o‘zaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar va ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.

    3-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi

    Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

    4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadi.

    2-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va o‘zaro nisbati

    5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari

    Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardir:

    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

    Oldingi tahrirga qarang.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;


    (5-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

    vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

    mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

    6-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari

    Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.

    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir.

    Oldingi tahrirga qarang.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlaridir.


    (6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

    7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi

    O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so‘zsiz tan olinadi.

    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.

    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.

     LexUZ sharhi

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bobi (“Konstitutsiya va qonunning ustunligi”).

    8-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari

    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.

     LexUZ sharhi

    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni.

    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin.

    Kodekslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan tasdiqlanadi.

    9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

     LexUZ sharhi

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasi.

    Oldingi tahrirga qarang.
    10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

    (10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

     LexUZ sharhi

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasi.

    11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

     LexUZ sharhi

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil, 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-fevraldagi F-2118-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va imzolash tartibi to‘g‘risida”gi Farmoyishi.

    12-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari

    Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolati doirasida buyruqlar hamda qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

    Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.

    Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.

    Qarorlar davlat qo‘mitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.

    Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.

    Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qo‘shma qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.

    Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.

     LexUZ sharhi

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-sonli “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2000-yil 19-maydagi 197-sonli “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari va “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2565, 28.02.2014-y.).

    13-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik

    Vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari ham o‘tadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

    Vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga o‘tadi.

    Vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning nomi o‘zgartirilgan taqdirda, uning ilgarigi nomi ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zgartirilgan nomga oid qismiga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozim. Bunday o‘zgartirishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nom ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi nomi o‘zgartirilgan vazirlikka, davlat qo‘mitasiga yoki idoraga to‘liq hajmda tatbiq etiladi.

    Vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora maqomining o‘zgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib kelmaydi.

     LexUZ sharhi

    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomning 19-bandi.

    14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari

    Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

    Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.

     LexUZ sharhi

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi.

    15-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar

    Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi bo‘lgan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.

    16-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati

    Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.

    Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shart.

    Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi.

    Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.

    Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘ladi.

    3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash

    17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish

    Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi (ishlab chiquvchi) organlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish yoki qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning joriy (bir yilgacha bo‘lgan muddatga) va istiqbolga (bir yildan ortiq muddatga) mo‘ljallangan rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi mumkin.

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish tartibi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi (ishlab chiquvchi) organlar tomonidan belgilanadi.

     LexUZ sharhi

    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qarori bilan tasdiqlangan “Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”ning 2-bobi (“Organlarning qonun loyihalariga doir faoliyatini rejalashtirish”).

    18-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash tartibi

    Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:

    loyihani tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish va uni tayyorlash haqida qaror qabul qilishni;

    loyiha tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlashni;

    zarur materiallar va axborot to‘plashni;

    loyihaning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xatini ishlab chiqishni;

    loyihani tuzishni;

    huquqiy va boshqa zarur ekspertiza o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritishning xususiyatlari “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadi.

    19-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni tashkil etish

    Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun loyihani ishlab chiqayotgan tashkilot (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan ishchi guruh (komissiya) tuzilishi mumkin.

    Ishchi guruh (komissiya) tarkibiga ishlab chiquvchining tegishli bo‘linmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar o‘z roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga kiritiladi.

    Ishchi guruh (komissiya) a’zolari normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lishi kerak.

    Ishlab chiquvchi ishchi guruhning (komissiyaning) faoliyatini ta’minlash uchun davlat organlaridan va o‘zga tashkilotlardan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallarni, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni olishga, loyiha yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalarini, shuningdek ekspertlar xulosalarini olishga haqlidir.

    Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqlidir.

    Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organiga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga o‘z vakolatlari doirasida topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek eng yaxshi normativ-huquqiy hujjat loyihasi uchun tanlovlar o‘tkazishga haqlidir.
    i ma’lumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;

    Mavzu: Xalqaro standartlar, norativ texnik hujjatlarni qabul qilish va qo’llash usullari


    Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) turli xil milliy standartlar tashkilotlari vakillaridan tashkil topgan xalqaro standartlarni belgilovchi tashkilotdir. 23 yil 1947 fevralda tashkil etilgan tashkilot dunyo bo'ylab mulkiy, sanoat va tijorat standartlarini targ'ib qiladi. Bosh ofisi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi tomonidan umumiy maslahat maqomini olgan birinchi tashkilotlardan biri bo'lgan.
    ISO xalqaro standartlari mahsulotlar va xizmatlar xavfsiz, ishonchli va sifatli bo'lishini ta'minlaydi. Biznes uchun ular chiqindilarni va xatolarni minimallashtirish va samaradorlikni oshirish orqali xarajatlarni kamaytiradigan strategik vositalardir. Ular kompaniyalarga yangi bozorlarga chiqishda, rivojlanayotgan davlatlar uchun o'yin maydonini tenglashtirishda va erkin va adolatli global savdoda yordam berishadi.

    ISO xalqaro standartlari oziq-ovqat sifati, xavfsizligi va samaradorligi haqida gap ketganda, butun dunyo bir xil retseptdan foydalangan holda, biz iste'mol qiladigan va iste'mol qiladigan mahsulotlarga ishonch yaratadi. ISO standartlari bortdagi barcha manfaatdor tomonlar - qishloq xo'jaligini ishlab chiqaruvchilardan tortib, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga, laboratoriyalarga, regulyatorlarga, iste'molchilarga va boshqalar bilan umumiy tushunish va hamkorlik qilish orqali amaliy vositalarni ishlab chiqish uchun platformani taqdim etadi. 20 500 dan ortiq ISO xalqaro standartlarining 1 000 ga yaqini. ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlariga bag'ishlangan bo'lib, qishloq xo'jaligi texnikasi, logistika, transport, ishlab chiqarish, etiketka, qadoqlash va saqlash kabi turli xil mavzular bilan shug'ullaning.


    NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2020-yil 18-dekabrda ma’qullangan
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, ushbu hujjatlarning o‘zaro yuridik kuchi va nisbatini belgilashdan, shuningdek ularni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e’lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    2-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilik
    Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va o‘zaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar va ijrosini tashkil etishni ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham belgilanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, e’lon qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
    3-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi
    Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
    4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslardir (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar deb yuritiladi).
    Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan referendum yo‘li bilan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.
    5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
    Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
    konstitutsiyaviylik;
    qonuniylik;
    jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi;
    oshkoralik;
    ilmiylik;
    ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va kompleksliligi;
    ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi.
    2-bob. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi
    6-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
    Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat:
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
    vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
    mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
    7-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi
    Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
    8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi.
    O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining so‘zsiz ustuvorligi tan olinadi.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.
    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid bo‘lishi mumkin emas.
    9-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari
    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.
    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinadi.
    O‘zbekiston Respublikasining qonunlari huquqiy prinsiplar va normalarni mustahkamlovchi, birlashtiruvchi, tizimlashtiruvchi, shuningdek ijtimoiy munosabatlar eng muhim sohasining huquqiy jihatdan kompleks tartibga solinishini ta’minlovchi kodekslar tarzida qabul qilinishi mumkin.
    10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
    11-modda. Qonunosti hujjatlarini tartibga solish doiralari
    Qonunosti hujjatlarida qonun hujjatlari darajasida tartibga solinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha normalar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
    13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
    O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini shakllantirish va
    standartlashtirish davlat tizimini isloh qilish
    KONTSEPTSIYASI
    O’zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni
    qabul qilinishi bilan (O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami, 2009 y., 17-
    son, 211-modda) O’zbekiston iqtisodiyoti mahsulot, ishlar, xizmatlarga talablar
    o’rnatishning xalqaro amaliyotga yaqin bo’lgan mutlaqo yangi tizimiga o’tmoqda. Qonun,
    majburiy talablarni o’rnatish, qo’llash va bajarish sohasida, shuningdek mahsulot hayotiy
    stiklining barcha bosqichlarida talablarni ixtiyoriy asosda o’rnatish va qo’llash sohasida
    huquqiy munosabatlarni o’rnatadi.
    Qonun qoidalarining amalga oshirilishi xavfsizlik darajasini ma’muriy aralashuvning
    minimal holatida ta’minlaydi va bozorda xavfli hamda soxtalashtirilgan mahsulot paydo
    bo’lishining oldini olishga, shuningdek xalqaro savdodagi texnik to’siqlarni kamaytirishga
    zamin yaratadi.
    «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risidagi» Qonun orqali O’zbekistonda joriy
    etilgan texnik jihatdan tartibga solish – tizimli yondashuv, yani - texnik jihatdan tartibga
    solish davlat tizimini ishlab chiqish va ishlashini ta’minlash yo’li bilan hal qilish mumkin
    bo’lgan murakkab ilmiy-texnik vazifadir (O’zbekiston Respublikasi «Texnik jihatdan
    tartibga so Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinstiplari O’zbekiston Respublikasining
    «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonuniga binoan quyidagilar belgilangan:
    texnik reglamentlarni qo’llashning majburiyligi, chunki texnik reglament bir turdagi
    mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga majburiy talablarni o’rnatuvchi, texnik jihatdan
    tartibga solish sohasidagi normativ hujjat hisoblanadi;
    texnik reglamentlarni qo’llashning bir xilligi, ya’ni texnik reglament O’zbekiston
    Respublikasining butun hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
    qo’llaniladi;
    texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro
    normativ hujjatlarga muvofiqligi. Ta’rif bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
    normativ hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
    - texnik reglamentlar;
    - standartlashtirish bo’yicha normativ hujjatlar;
    - sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari;
    - shahar qurilish, ekologik normalari va qoidalari;
    - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
    - texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi
    to’g’risidagi axborotning ochiqligi.
    «O’zstandart» agentligiga yuridik va jismoniy shaxslarning so’rovlariga ko’ra:
    - amaldagi, ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan texnik reglamentlar to’g’risidagi
    ma’lumotlarni;
    - mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
    normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartib-taomili to’g’risidagi
    ma’lumotlarni;
    - respublikaning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro tashkilotlarga
    a’zoligi va xalqaro shartnomalardagi ishtiroki to’g’risidagi ma’lumotlarni;
    - ishlab chiqilayotgan, qabul qilingan texnik reglamentlarni va texnik jihatdan
    tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbalari
    to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etish topshirilgan.lish to’g’risida»gi Qonunining 6 moddasi).

    Mavzu: O'zbekiston davlat standartini ishlab chiqish

    O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
    Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
    xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O’zstandart» agentligi);
    qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
    tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
    tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
    mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
    Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.

    «O’zstandart» agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.



    Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.
    Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
    O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi:
    xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
    O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
    tashkilotning standartlari;
    xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
    Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi.
    Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi «O’zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi.
    Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini «O’zstandart» agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar.
    Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar «O’zstandart» agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. «O’zstandart» agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.
    Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik faoliyati sub’ektlari rioya etishi uchun majburiydir.
    Import mahsulot, basharti u O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
    Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini «O’zstandart» agentligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
    Mahsulot va texnologiyalarning ma’lum bir turlari yoki faoliyati turlarini standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek kursatilgan obektlar yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasida 31 ta Texnikaviy qo‘mitasi (TQ) mavjud.
    Standartni ishlab chiqish bosqichlari.
    Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir – biri bilan qo„shib olib
    borishga yo„l qo„yiladi.
    Standart loyihasi TQ ish rejasiga, tasdiqlangan standartlashtirish jadvaliga,

    yangi mahsulot turlarini yaratish rejasiga, manfaatdor tashkilotlar taklifi va ishlab


    chiquvchi korxonalarning tashabbusiga binoan ishlab chiqiladi.
    Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga
    tushuntirish xati ham tuziladi va lozim topilsa standartni joriy qilish bo„yicha
    asosiy tashkiliy – texnikaviy iadbirlar rejasining loyihasi ishlab chiqiladi
    (keyinchalik asosiy tadbirlar rejasining loyihasi deb yuritiladi).
    Standart loyihasi tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasi loyixasi bilan
    birgalikda ko„paytiriladi va ro„yxat bo„yicha hamma manfaatdor tashkilotlarga fikr
    – mulohazalar olish uchun yuboriladi.
    Standart loyihasi korxona va tashkilotlar tomonidan ko„rib chiqilganidan
    so„ng o„z fikr – mulohazalarini tuzib, standartni ishlab chiquvchi tashkilotga qabul
    qilgan kundan boshlab 15 kun ichida, kechiktirmasdan yuboradilar.
    Fikr – mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini ishlab chiqish (so„nggi
    tahriri), kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish.
    Korxona va tashkilotlar tomonidan yuborilgan standart loyihasi bo„yicha fikr
    – mulohazalar qayta ishlanib, ular asosida fikr – mulohazalar majmui tuziladi.
    Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot tuzilgan fikr – mulohazalar majmuiga
    binoan standart loyihasining so„nggi tahririni ishlab chiqadi hamda tushuntirish
    xatini va asosiy tadbirlar rejasining loyihasini aniqlaydi.
    Ishlab chiquvchi tashkilot bilan boshqa manfaatdor tashkilotlar orasida
    standart loyihasi yoki asosiy tadbirlar rejasi loyihasi bo„yicha kelishmovchiliklar
    bo„lsa, yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni muhokama qilish
    uchun kengash o„tkazadi.
    Kengashga ko„rib chiqilgan standart loyihasi bo„yicha va qaror qabul qilish
    vakolati berilgan asosiy manfaatdor tashkilotlarning va buyurtmachilar (asosiy
    iste‟molchilar)ning vakillari taklif etiladi. Ushbu kengashda ko„rib chiqilayotgan
    masalalarning har taraflama muhokama qilinishi va bu masalalar yuzasidan tegishli
    qarorlar qabul qilinishini ta‟minlanish lozim bo„ladi.
    Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kengash qatnashchilariga munozarali
    masalalar bo„yicha fikr – mulohazalar majmuidan ko„chirmalar yuboradi. Kengash taklifnomalarini uning qatnashchilariga kengash boshlanishiga kamida 10 kun
    qolganda oladigan qilib yuboriladi.
    Kengash qarori uning qatnashchilari imzo chekan bayonnoma bilan
    rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilingan alohida ro„yxatga
    kengash ishtirokchisining har birining familiyasini, ismi, otasining ismi va mansabi
    (tashkilotning nomini qo„shib) ko„rsatiladi.
    Kengashda qabul qilingan qarorga binoan, standart, loyihasining so„nggi
    tahriri tuziladi hamda tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi
    aniqlanadi. Bundan tashqari, agar standart loyihasida Davlat nazorati, kasaba
    uyushmasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi, Sog„liqni saqlash vazirligi
    faoliyati doirasiga taalluqli talablar qo„yilgan bo„lsa, loyiha ushbu idoralar bilan
    ham kelishib olinishi kerak.
    Chet elga chiqariladigan mahsulotlarning standartlari esa GOST 122 – 85
    bo„yicha kelishib olinadi.
    Standart loyihasi yuzasidan tashkilotlar o„rtasida davom etayotgan
    kelishmovchiliklar bo„yicha O„zstandart Agentligi, O„zbekiston Respublikasi
    Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, Davlat arxitektura va qurilish qumitasi,
    sog„liqni saqlash vazirligi o„zlariga yuklatilgan faoliyat turlari to„g„risida so„nggi
    qarorni qabul qiladi.
    Standartga o„zgartirish kiritilganda, agar u ilgari, kelishib olingan
    tashkilotlarning manfaatlariga mo„nelik qilmasa, o„zgartirish faqat buyurtmachi
    (asosiy iste‟molchi) bilan kelishiladi.
    buyurtmachi (asosiy iste‟molchi) bilan kelishiladi.
    Standart loyihasi tasdiqlashga ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan
    quyidagicha to„plamda beriladi (2 – rasm).
    2 – rasm. Standart loyihasini tasdiqlashga berishda taqdim etiladigan
    hujjatlar to‘plami.
    2. Standartlarni tasdiqlash va davlat ro’yxatidan o’tkazish.
    O„zbekiston Respublikasi Davlat standarti, Davarxitektqurilishqum, Tabiatni
    muhofaza qilish Davlat qumitasi va Sog„liqni saqlash vazirligi tomonidan nomlari
    bo„yicha o„zlariga tegishli standartlarning loyihalari va hujjatlarini ko„pi bilan 15
    kun mobaynida ko„rib chiqilishini, shuningdek davlat ekspertizasidan o„tkazilishini
    ta‟minlaydilar.
    O„zbekiston Respublikasi davlat standarti, Davarxitektqurilishqum, Tabiatni
    muhofaza qilish davlat qumitasi, Sog„liqni saqlash vazirligi standart loyihalarini
    ko„rib chiqadi va uni tasdiqlash yoki kam – ko„stini to„ldirib qayta ishlash
    to„g„risida qaror qabul qiladi.
    Standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan tadsiqlanadi va joriy
    qilinadi.
    Standart muddati cheklanmagan yoki cheklangan tarzda tasdiqlanadi.
    O„zbekiston Respublikaci hududidagi standartlarni davlat ro„yxatiga olishni
    O„zstandart Agentligi amalga oshiradi. Davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun standart
    4 nusxada topshirilishi lozim: asl nusxasi, ikkinchi nusxasi va ikkita ko„chirmasi.
    Standartni davlat ro„yxatidan o„tkazish uchun juz band qilib, muqovalab topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro„yxatidan o„tkaziladi.

    Mavzu: Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar



    Download 63,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 63,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASH QOIDALARIGA QO‘SHIMCHA VA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA(4-maruza)

    Download 63,79 Kb.