• Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda quyidagi bosqichlar majburiy deb hisoblanadi: birinchi
  • Tartibga solish ta'sirini baholashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi




    Download 63,79 Kb.
    bet3/16
    Sana28.11.2023
    Hajmi63,79 Kb.
    #106949
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    texnik hujjatlarni taqdim etish (ma\'ruzaP)

    Tartibga solish ta'sirini baholashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
    qonun hujjatlarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida iqtisodiy asossiz normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishining oldini olish;
    normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub'yektlari, fuqarolar va davlat budjeti xarajatlarini kamaytirish;
    qonun hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida tadbirkorlik va raqobat muhitiga salbiy ta'sirini baholashni amalga oshirish;
    tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish uchun hujjatlar olish tartibini soddalashtirish va qisqartirish masalalarini o‘rganish;
    tovar va moliya bozorlarining barcha ishtirokchilari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun teng imkoniyatlarni yaratishga to‘sqinlik qiladigan omillarni aniqlash;
    xo‘jalik yuritishning ayrim sub'yektlariga tovar yoki moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi boshqa xo‘jalik yuritish sub'yektlariga qaraganda ustunlik beradigan imtiyozlar, preferensiyalar va imtiyozlar berish asoslari tahlilini o‘tkazish;
    qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tovar va moliya bozorlaridagi raqobatni cheklovchi loyihalarni yoki amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish to‘g‘risida taklif va tavsiyalar kiritish.
    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda quyidagi bosqichlar majburiy deb hisoblanadi:
    birinchi – muammoni aniqlash (identifikatsiya qilish) va shakllantirish, shu jumladan ommaviy maslahatlashuvlarni o‘tkazish;
    ikkinchi – "hech qanday choralar ko‘rmaslik" va "davlat aralashuvini istisno qilish" yoki "bozor mexanizmlaridan foydalanish" kabi muqobil qarorlar qabul qilishdan kutilayotgan natijalarni majburiy ko‘rib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatni yaratish, o‘zgartirish yoki bekor qilish orqali bunday aralashuvning yakuniy maqsadlarini ko‘rsatib, davlat tomonidan tartibga solishning maqsadga muvofiqligini aniqlash;
    uchinchi – me'yoriy-huquqiy hujjat loyihasini "regulation.gov.uz" veb-portaliga joylashtirish orqali jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish;

    Download 63,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 63,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tartibga solish ta'sirini baholashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi

    Download 63,79 Kb.