• 2-modda. Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
  • 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: texnik jihatdan tartibga solish
  • TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA




    Download 63,79 Kb.
    bet6/16
    Sana28.11.2023
    Hajmi63,79 Kb.
    #106949
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    texnik hujjatlarni taqdim etish (ma\'ruzaP)
    Menschen A2.2 AB unlocked, f452a155e69a0abec63a07b937e81eee ELEKTR O’LCHOV ASBOBLARI VA ELEKTRIK O’LCHASHLAR (1), 3-m, 11-sinf Informatika nazorat ishi, Alisher Navoiy hayoti va ijodi1, maruza matni algebra1-2007, variant, Mustaqil talim 1(050-051-052) (1), yulduz diplom ishi, 4-.АМАЛИЙ, A half hour later the tribe was again upon the, A rumblıng no1se, which might have been either a, And just as Teeka sprang for the lower limb of a, Another mile and a shifting wind brought to his, Mustaqil ish Khomidov Sarvar
    TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma’qullangan
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    2-modda. Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
    Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
    texnik jihatdan tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish;
    Oldingi tahrirga qarang.
    mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi — mahsulotning, uni loyihalash, ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), montaj qilish, sozlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarning holati bo‘lib, bunda insonning hayotiga, sog‘lig‘iga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilmaydigan xavf mavjud bo‘lmaydi;
    (3-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
    (3-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.

    Download 63,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 63,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA

    Download 63,79 Kb.