• Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • Texnika fanlarini zamonaviy interfaol o‘qitishning ustivor yo‘nalishlari




    Download 20,32 Kb.
    Sana13.05.2024
    Hajmi20,32 Kb.
    #228794
    Bog'liq
    Maqola


    TEXNIKA FANLARINI ZAMONAVIY INTERFAOL O‘QITIShNING USTIVOR YO‘NALIShLARI.
    Turg‘unova Aziza Avazbekovna
    Andijon viloyati Pedagogik kadrlarni yangi
    metodikalarga o‘rgatish milliy markazi-metadisti.
    So‘nggi yillarda ta’lim sohasida fanlarni o‘qitishda interfaol usullarni qo‘llab o‘qitish masalasi tobora ortib bormoqda. Bu nafaqat yangi texnik vositalar, balki yangi ta’lim shakllari va metodlari, o‘quv jarayoniga yangi yondashuvdir [1]. Pedagogik jarayonga interfaol usullar va axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish ta’lim sifatini oshishiga xizmat qiladi, o‘qitish zamonaviy, yuqori darajada olib borilishi o‘qituvchining jamoada xam obro‘-e’tiborini oshiradi [2].
    Zamonaviy pedagogika, yoki "modern pedagogika", ularni o'rganish, tarbiyalash va o'qitish usullarini muhokama qiladi va ularga yangi yondashuvlar qo‘shadi. Bu pedagogika usullari va prinsiplari, mazkur pedagogik amaliyotning ictimoiy, siyosiy va texnologik o‘zgarishlarga moslashadi. Keyinchalik, zamonaviy pedagogika ko‘p tomondan birlashtirilgan, joriy davrning ta'lim va tarbiyaga mo'ljallangan muammolariga qaratilgan holatda innovatsion yondashuvlar taklif etadi. Bu ta'lim jarayonini insonlarning o‘rganish qobiliyatlari, tarbiyaviy maqsadlari va texnologik imkoniyatlari bo‘yicha tartibga solishga qaratilgan yangi yakunlar va texnologiyalarning joriy e'tirof etilishiga asoslangan. Zamonaviy pedagogika, masalan, ma'ruzalar, interaktiv ta'lim vositalari, boshqaruv, masofaviy ta'lim va boshqa texnologik vositalarni integratsiyalash orqali ta'limda innovatsion qulayliklar yaratishni o‘z ichiga oladi. Ushbu pedagogika usullari o'rganishni rohatlantirish, o'quvchilarning qiziqtirishini oshirish, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish va o'quv jarayonlarini interaktiv va o‘ylay olishga imkoniyat beradi. Hozirgi vaqtda turli manbalardan ma’lumot olish, undan foydalanish va uni mustaqil ravishda yaratish qobiliyati kerak [3].
    AKTdan keng foydalanish o‘qituvchiga o‘z mavzusini o‘qitishda yangi imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, uning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi, ta’lim samaradorligini oshiradi, o‘qitish sifatini yaxshilaydi.
    Texnik va ixtisoslikfanlarni o‘qitish fan va texnika yangiliklariga asoslanib, ushbu fanlar o‘sib kelayotgan yosh avlodda umumkasbiy malakalarni, intellektual salohiyatni, insoniylik fazilatlarni, yuksak ong va madaniyatni shakllantiradi [4]. Demak, yosh avlod, bo‘lajak mutaxassislarning, umuman, millatning qanday siyosiy, g‘oyaviy, axloqiy, g‘oyaviy tamoyillar asosida yashashi va mehnat qilishi bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi samaradorligiga bevosita bog‘liq.
    Mamlakat kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ularga zamonaviy, ilg‘or texnik bilimlarni berish, ixtisoslik fanlarning o‘qitilishini puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etish va ularning ta’sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan kechirayotgan hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shunday ekan, bu jarayon o‘ta aniq maqsad va vazifalarni belgilash asosida amalga oshirilmog‘i zarur. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda texnik va umumkasbiy fanlar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar hamda ilmiy yangiliklarga tayangan holda, mavjud holatni ilmiy nazariy o‘rganish, mazmunan boyitish, takomillashtirish hamda islohotlar talablariga to‘la javob beradigan darajaga keltirish tamoyillariga asoslanish zarur.
    Tizimning muvaffaqiyati fanlarning o‘qitilish sifati, fanlar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya, “uzluksiz tarbiya ob’ekti va sub’ekti” bo‘lgan talabalarning kamoloti, ongu tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlarning malakaviy bilimlarini boyitish, ularda Vatanga xizmat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g‘ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual-ma’naviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan yuksak malakali mutaxassislar etib tarbiyalash oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan texnik, umumkasbiy va ixtisoslik fanlar oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari yoshlarning intellektual salohiyatlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadigan, bilim xazinasini boyitadigan, ularning davlat boshqaruvida hamda dunyo sahnasiga chiqishida energetik mustaqilligini ta’minlashda ularni o‘rgana olish imkoniyatlarini beradigan, elektr energetikasiga aloqadorfanlarini mazmunan takomillashtirish hamda ta’lim samaradorligini yanada oshirishni talab etadi.
    O‘tgan davr mobaynida oliy ta’lim tizimida texnik va ixtisoslikfanlarning me’yoriy hujjatlari, o‘quv-uslubiy majmuasini takomillashtirish va ularni o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar kelgusida yana izchil davom ettiriladi. Fanlarni o‘qitishda uzviylik va izchillikni ta’minlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilm-fan sohasidagi yangiliklarni ularda aks ettirish, bugungi va istiqboldagi vazifalarni yoritish, mustaqil ta’lim, o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlari hisobga olinadi. Texnik va ixtisoslik fanlarni o‘qitish borasida milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, fanlarning namunaviy o‘quv dasturlarini takomillashtirish va ular asosida ma’ruza matnlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, elektron adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
    O‘quv fanlari bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi xamda masofaviy ta’lim olishda o‘z samarasini beradi. Bu o‘z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo‘yicha bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tatbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o‘qituvchilarni ilg‘or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
    1. Burenina V. I. Tvorcheskiy potensial prepodavatelya texnicheskogo vuza kak pedagogicheskaya kategoriya //Azimut nauchnыx issledovaniy: pedagogika i psixologiya. – 2017. – T. 6. – №. 3 (20). (44 str)
    2. Shageeva F. T. Pedagogicheskoe masterstvo prepodavatelya injenernogo vuza: puti sovershenstvovaniya //Vыsshee obrazovanie v Rossii. – 2017. – №. 10.
    3. Sidnyaev N. I. Sovremennыe problemы elitnogo injenernogo obrazovaniya //Mashinostroenie i injenernoe obrazovanie. – 2014. – №. 3. – S. 64-74. (217 str
    Download 20,32 Kb.




    Download 20,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnika fanlarini zamonaviy interfaol o‘qitishning ustivor yo‘nalishlari

    Download 20,32 Kb.