Texnologik jarayon va turlari




Download 4,16 Mb.
bet1/3
Sana02.10.2024
Hajmi4,16 Mb.
#273272
  1   2   3

TEXNOLOGIK JARAYON VA TURLARI

















Dastgohli operatsiyalarni tuzish. Mashinasozlik ishlab chiqarishida texnologik jarayonni ikkita tamoyil asosida loyhihalash mumkin:
- operatsiyalarni kontsyentratsiyalash tamoyili;
- operatsiyalarni differyentsiyalash tamoyili.

Kontsyentratsiyalash tamoyili dastgoh operatsiyani bitta yoki ko’p sonli detallarni bir nechta yuzalariga bir yoki bir nechta asbob(keskich) bilan ishlov berish bo’yicha o’tishlarni bitta operatsiyaga biriktirib qurish bilan tasniflanadi.


Masalan: bitta dastgohda bir vaqtning o’zida to’rtta yuzalarga ishlov berish (1-rasm)


Shunday qilib bu tamoyilni asosiy maqsadi - operatsiyalarni bir operatsiyaga birlashtirish va vaqtlarini biriktirish hisobiga operatsiyaning umumiy sonini kamaytirishga qaratilgan.


Operatsiyalarni kontsentratsiyalash tamoyili unumdorligi yuqori bo’lgan maxsus vazifali dastgohlarni, ya’ni aniq bir detalni bir nechta yuzasiga bir vaqtni o’zida ishlov berish uchun maxsus tayinlangan dastgohlarni qo’llashni talab qiladi.
Differentsiallash tamoyili bitta yuzaga bir yoki bir qancha asboblar va ishchi yurishda ishlov beradigan dastgohli operatsiyalarni qurish bilan tasniflanadi.
Differyentsiatsiyalash tamoyilga misol (2-rasm).



Bu tamoyil bo’yicha qurilgan texnologik jarayon nisbatan ko’p sonli, lekin birgina ishlov berishdan tashkil topgan oddiy operatsiyalardan tuziladi, qo’llaniladigan jihozlar oddiy

Bu tamoyillarni yutuq va kamchiliklari:


-kontsyentratsiyalash tamoyilning asosiy yutug’i - detal tayyorlashda ish chi vaqt sarfini kamaytirishdan iborat. Shuning uchun xam ommaviy ishlab chiqarish zavodlarida hamma vaqt operatsiyalarni kontsentratsiyalash tamoyili bo’yicha texnologik jarayonlarni qurishga intilish ko’rinadi;

- Operatsiyalarni diferyentsiatsiyalash tamoyilining asosiy yutug’i sex yoki zavod ishlarini ishlab chiqarishni yangi ob’yektiga tez va oson o’tkazish imkoniyatidan iborat. Chunki nisbatan oddiy dastgohlarni qayta sozlash murakkab dastgohlarga nisbatan oson va tez kechadi, undan tashqari katta ko’lamdagi keng foydalaniladigan dastgohlardan foydalanish va kam maxoratli ishchilarni jalb qilish imkoni bo’ladi.


Operatsiyalarni diferyentsiyalash tamoyili mayda va oddiy detallarni juda qisqa vaqtda ishlov berish bilan tayyorlashda qo’llash qulay. Agar velosiped ishlab chiqarish zavodlarida keng foydalaniladigan oddiy dastgohlar o’rnatilgan bo’lsa, bunday zavodlarda operatsiyalarni diferyentsiyalash tamoyili qo’llaniladi. Texnologik jarayonlarni qurishda ikkala tamoyilni amalga oshirish uchun ko’p o’rinli va ko’p asbobli operatsiya sxemalari qurilgan jihozlarni qo’llash mumkin.
Ishlov beriladigan yuzalar va ularga ishlov beradigan asboblar soniga bog’liq bo’lgan to’rtta dastlabki sozlash sxemalarini farqlash kerak:
- bir o’rinli bir asbobli; bir o’rinli ko’p asbobli; ko’p o’rinli bir asbobli; ko’p o’rinli ko’p asbobli.

Ko’p o’rinli, ko’p detallarni bir yoki bir qancha yuzalariga ishlov berilayotganlini bildiradi. Barcha mumkin bo’lgan variantlar sxemasining sinflashtirish ishlab chiqilgan.




Keltirilgan sinflashtirish asosida turli operatsiya sinflarini solishtirish yo’li bilan texnik-iqtisodiy taxlil asosida dastgohli operatsiyani qurish sxemasi tanlab olinadi.


Mezon bo’lganligi uchun, birinchi navbatda unumdorligi bo’yicha taxlil amalga oshiriladi va unumdorlik koeffitsyenti quyidagicha aniqlanadi:





Bu yerda Pa va Pb – “a” va “b” sxemaning unumdorligi;


tga va tgb – bu sxemalarning donaviy vaqti.

Texnologik jarayonni loyihalashda operatsiyani bajarish uchun kerak bo’ladigan texnologik vositalar sifatida dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va o’lchov asboblarini tanlash kerak bo’ladi. Ularning to’g’ri tanlanishi ish unumining oshishiga va ishlanayotgan yuza sifatining yaxshilanishiga olib keladi.



Bir o’rinli ko’p kеskichli sozlash.





Ko’p o’rinli bir kеskichli sozlash






-rasm. Detallarni turli sozlash sxemalari



Download 4,16 Mb.
  1   2   3




Download 4,16 Mb.