|
Texnologik jarayon va turlari
|
bet | 2/3 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #273272 |
Dastgoh tanlash. Dastgohni tayyorlamaning o’lchamiga, talab qilinayotgan o’lcham aniqligi va yuza silliqligiga, ish unumdorligiga qarab qabul qilinadi. So’nggi va pardozlov operatsiyalari uchun dastgoh tanlanganda uning bikirligi, aniqligi va tezkorligi inobatga olinadi.
Dastgoh tanlash ishlab chiqarishning turiga bog’liqdir. Donalab ishlab chiqarishda universal dastgohlar, seriyalab ishlab chiqarishda esa universal dastgohlar bilan bir qatorda yarimavtomatik va dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar qo’llaniladi. Ommaviy ishlab chiqarishda asosan ixtisoslashgan agregat va avtomatik dastgohlar qo’llanadi. Dastgohni to’g’ri tanlanganini bildiruvchi asosiy ko’rsatkich - dastgohdan foydalanish koyffisentidir.
Moslama tanlash. Texnologik jarayonni bajarish uchun qanday moslamani tanlash asosan ishlab chiqarish turiga bog’liq. Donalab va kichik seriyalab ishlab chiqarishda universal moslamalar (iskanja, qulochli, patron, bo’lish kallagi va boshqalar) qo’llaniladi.
Seriyalab ishlab chiqarishda universal-sozlanuvchi (UNG) va universal-yigma (USP) moslamalar, ko’p seriyalik va ommaviy ishlab chiqarishda esa asosan iqtisodiy jihatdan o’rinli bo’lgan maxsus moslamalar qo’llaniladi.
Kesuvchi asbobni tanlash. Dastgoh tanlash bilan birga kesuvchi asboblari ham tayinlanadi. Tanlangan asbob ish unumdorligini oshishini, keraklik aniqdik va yuza silliqligini ta’minlamog’i kerak.
Asosan standart va normallashgan asboblardan, juda kerak bo’lganda esa maxsus asbobdalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Kesuvchi asbobning materiali, tuzilishi va o’lchamlari tayyorlamaning materialiga, operasyaning turiga, talab qilinayotgan aniqlik va silliqlikka bog’liq.
Kesuvchi asboblar kesuvchi tig’ida asosan kattiq qotishma, tezkesar po’lat, mineral-keramik materiallar va sintetik o’ta qattiq materiallardan (olmos, elbor va boshqalar) ishlatiladi.
O’lchov asbobini tanlash. O’lchov vositalari ishlab chiqarish korxonalarining turiga va keraklik o’lcham aniqligiga qarab tayinlanadi. Donalab ishlab chiqarishda asosan universal o’lchov asboblaridan (shtangensirkul, mikrometrlar, indikator asboblar va boshqalar) foydalaniladi.
Seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishda kalibr va shablonlar, yuzalarning o’zaro joylanishini tekshiruvchi moslamalar, hamda avtomatik o’lchov vositalari qo’llanadi.
|
| |