Masofaviy o’qitishning tashkiliy-uslubiy modeli




Download 3,69 Mb.
bet29/69
Sana13.05.2024
Hajmi3,69 Mb.
#228151
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Bog'liq
ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Masofaviy o’qitishning tashkiliy-uslubiy modeli.

YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqikot materiallarida ("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development") keltirilgan masofali o`kitish modellarini keltiramiz:
Yagonalik modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko`ra faqat masofali o`qitishda va "masofali" talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O`qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta`limning kunduzgi shakli zarur bo`lmaydi. Barcha o`qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o`qitishda xududiy markazlar bo`lib, ularda talabalar o`qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygoxlarda o`qituvchilarga ham talabalarga ham o`quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o`quv jadvallariga qa`tiy chegaralar qo`yilmaydi.
Bunday tamoyilida o`qitish Ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www. open.ac.uk) da tashkil etilgan.
Ikkilangan modeli. Bunday tizimda oliygox kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o`qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o`qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo`ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygox kunduzgi talabalar soni masofali o`qiyotgan talabalar sonidan katta bo`lgan ana`naviy oliygoxlardir. Shuning uchun bir universitetning o`zida ikki shaklning birgaligida ko`proq o`zlarida katta o`quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan kunduzgi talabalar yutadilar. Bunday oliygoxlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba`zan u qisman kunduzgi talabalarni o`qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg`u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovasiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o`qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England, Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
Aralash model. Bu model universitet talabalarini masofali o`qitishning turli shakllarini, aniqrog`i shakllarning integrasiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda o`qiyotgan talabalar masofali o`qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o`qituvchisi o`qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman o`qiydilar. Shuningdek, bu modelda an`anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma`ruzalar ko`rinishidagi mashg`ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo`lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori jixozlangan bo`lsa, shunchalik o`qitish shakllari turli-tuman bo`ladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zellandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand - http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorsium model. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular o`quv materiallari bilan almashadilar yoki ba`zi vazifalarni bo`lishib oladilar. Masalan, bir universitet masofali o`qitish uchun o`quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi virtual o`quv guruhlarini o`qituvchilar bilan ta`minlaydi yoki masofali o`qitish dasturlarini rasmiy akreditasiyasini o`tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning alohida markazalari, fakultetlari, xatto ta`lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo`lishlari mumkin. Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik hamda material xuquqlarini rioya etish shartlaridagina samarali bo`ladi. Kanadadagi Ochiq o`quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada - http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga misol bo`lishi mumkin.
Franchayzing model. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o`qitish modelida hamkor universitetlar bir - birlariga o`zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta`lim xizmati bozorida o`zini ko`rsatgan qandaydir universitet o`zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o`qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o`qitish uchun o`quv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega bo`lmagan boshqa oliygox - hamkorlariga o`qitish huquqini berishi mumkin.
Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o`zlarining universitetida o`qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg`or oliygox talabasi kabi o`sha hajmda va o`sha sifatda ta`lim xizmatlalariga, o`qishni bitirganlaridan keyin xatto diplomlariga ega bo`ladilar. Bunda ilg`or universitetning barcha atributikalari o`z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan aloqasini olish mumkin.

Validasiya model. Masofali o`qitishning juda keng tarqalgan modeli bo`lib, bunda ta`lim muassasalari masofali o`qitish bo`yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validasiyasi, kurs va dasturlarni akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga ma`sul bo`ladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygox (davlat akreditasiyasiga ega bo`lgan taniqli oliygox) va uning xududlardagi ko`p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi.


Uzoqlashtirilgan auditoriyalar model. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. qandaydir oliygoxda o`tkazilayotgan o`quv kurslar, ma`ruzalar yoki seminarlar talabalar yig`iladigan uzoqlashtirilgan o`quv auditoriyalarga sinxron teleko`rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko`rinishida telekommunikasiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o`qituvchi bir vaqtni o`zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo`yicha
AQSh ning Viskonsin universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University) da masofali o`qitish tashkil etilgan.
Loyihalar modeli. Davlat ta`lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo`ljallangan masofali o`qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o`quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o`qituvchilar va olimlar yig`iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o`qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo`ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so`ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerkasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o`tkazgan qishloq xo`jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo`yicha va sh.k. masofali o`qitish kurslari olish mumkin.
Chet el davlatlari ekspertlarining ma`lumotlariga ko`ra yaqin yillarda insoniyatni yashashi uchun zarur bo`lgan ta`limning minimal darajasi oliy ta`lim bo`ladi. Shunday ekan, ko`p sondagi talabalarni kunduzgi shaklida o`qitish uchun eng rivojlangan davlatlarning ham byudjet mablag`i chidamasa kerak. Shuning uchun ham oxirgi o`n yillikda kunduzgi bo`limlarda o`qiyotgan talabalarga qaraganda noan`anaviy texnologiya asosida o`qiyotgan talabalarning soni tezroq o`smoqda.
O`qitishning noan`anaviy shakliga o`tish tendensiyasi ana shunday texnologiyalarda kadr tayyorlanadigan va ularni qayta tayyorlaydigan ta`lim muassasalarining sonini ko`payishida ham ko`rish mumkin. 1900-1960 yillarda (60 yil mobaynida) ularning soni 79 ta edi,1960-1970 yillarda (10 yil mobaynida) 70 ta, 1970-1980 yillarda (10 yil mobaynida) 187 ta va 1980 - 1995 yillarda (15 yil mobaynida) 700 ta, 1995-2000 yillarda esa, mingdan oshib ketdi (1 - rasm).
Jahonda uzoq vaqtlardan buyon masofali o`qitish tizimini (MO`T) rivojlanish sabablaridan biri ixtiyoriy yerda yashayotgan har bir o`quvchiga ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta`lim olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu "talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi" konsepsiyasidan "ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim" konsepsiyasiga o`tishni ko`zda tutadi.
Masofadan turib o`quvchilarni o`qitish o`qituvchi bilan o`quvchi ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim berish tizimidir. Bunda o`qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun`iy yo`ldosh aloqasi, kabelli televidenie kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi.
Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikasiya sohasida o`ziga xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o`quv muassasalari masofadan turib o`qitish uslubi asosida birlashtirilsa, o`qitish jarayonini yanada yuqori pog`onaga ko`tarish mumkinligi ayon.
Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda, jahonda 10 milliondan ortiq o`quvchilar shu uslub asosida ta`lim olmoqdalar.




  1. Download 3,69 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Download 3,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masofaviy o’qitishning tashkiliy-uslubiy modeli

Download 3,69 Mb.