• Yopiq turdagi testlarda
  • Ochiq turdagi testlar(qisqa javob testlari)da
  • Moslikni tekshirish testlarida
  • Kompyuterli test, test natijalarini qayta ishlash texnologiyalari




    Download 3,69 Mb.
    bet25/69
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,69 Mb.
    #228151
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
    Bog'liq
    ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

    Kompyuterli test, test natijalarini qayta ishlash texnologiyalari.

    “Test” atamasi birinchi marta amerikalik psixolog J. Kettel tomonidan 1890 yilda kiritilgan. “Test” atamasi inglizcha “test” so’zidan olingan bo’lib, tekshirish, nazorat, sinov ma’nolarini bildiradi. Pedagogikada “test” atamasi o’ziga xos shaklga va mazmunga, turli qiyinlik darajasiga ega bo’lgan, o`quvchilar o`zlashtirishi darajasini xolisona baholash imkoniyatini beradigan topshiriqlar tizimidan iborat.
    Moodle texnologiyasida qo’llaniladigan testlarning bir qancha turlari bor va ular quyidagilar:

    • Yopiq turdagi testlar,

    • Ochiq turdagi testlar(qisqa javob testlari),

    • Moslikni tekshirish testlar,

    • Raqamli testlar,

    • Ta`riflash testlar,

    • To`g`ri/Noto’g’ri javobli testlar,

    • Hisoblanayotgan testlar,

    • Esse testlar.

    Yopiq turdagi testlarda- o’quvchi javob berishi kerak bo’lgan savol yoziladi. Bu savolga javob variantlari ham yoziladi, ya`ni bitta variantga aniq, to’g’ri javob yoziladi. Boshqa javoblarga esa kalit so’z yoki formula, belgi, simvol, harflarni o`zgartirib, tushirib qoldirib noto’g’ri javob variantlari tuziladi. Topshiriq shartidan keyin to’g’ri javob va 1-3 ta to’g’riga o’xshagan, lekin to’g’ri bo’lmagan javob variantlari keltiriladi.
    Ochiq turdagi testlar(qisqa javob testlari)da- o’quvchi javob berishi kerak bo’lgan savol yoziladi. Bunday test savollarini yechganda o`quvchining vazifasi yetishmayotgan kalit so’z yoki ma’lumotni yozish. Savolni shunday tuzish lozimki, topilishi kerak bo’lgan kalit so’z gapning oxirida bo’lsin, aks holda savolning mazmunini anglash qiyinlashadi. Topshiriq tinglovchi uchun topshiriqni bajarishga ko’rsatma bilan boshlanadi. Masalan, “tushirib qoldirilgan so`zni toping”, kabi.
    Moslikni tekshirish testlarida- o’quv materialiga asoslangan holda, bir xil xususiyatlarga ega bo’lgan ma’lumotlardan ikkita ustun tuziladi. O’ng tarafdagi ustunda so’zlar chap tarafdagi ustundan bir nechta ortiq bo’lishi ham mumkin. Javoblarni tekshirish qulay bo’lishi uchun chap tarafdagi ustunni raqamlar bilan, o’ng tarafdagi ustunni harflar bilan belgilang. O`quvchi o’ng tarafdagi ustunda berilgan ma’lumotlarga chap ustundagi qaysi ma’lumotlar mos kelishini topishi kerak.

    Download 3,69 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




    Download 3,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterli test, test natijalarini qayta ishlash texnologiyalari

    Download 3,69 Mb.