Oliy ta’lim muassasasida Moodle va Hemis tizimlari




Download 3,69 Mb.
bet22/69
Sana13.05.2024
Hajmi3,69 Mb.
#228151
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
Bog'liq
ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Oliy ta’lim muassasasida Moodle va Hemis tizimlari.

LMS tizimlari zamоnaviy axborot tехnоlоgiyalari va masоfaviy ta’lim tizimini tashkil etishi mumkin bo`lgan zamonaviy tехnоlоgiyalaridan biridir. Yangi tехnоlоgiyalar nеgizida (masalan, “Moodle” tizimida) individuallashtirilgan ta’lim mеtоdikasini ishlab chiqish, talabaning bilimlarini shakllantirish va takоmillashtirish hamda egallagan bilim darajasini aniqlash kabi vazifalar hal qilinadi. Ta’lim jarayonida masоfali o`qitish tехnоlоgiyalaridan fоydalanish ta’lim mazmuni, shakllari va usullarining ijobiy o`zgarishiga kuchli ta’sir ko`rsatadi.
So`nggi yillarda G`arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo`llanib kelinayotgan Internet yoki Intranet tarmog`i orqali elektron shakldagi ta’lim turi Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’lim –axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko`rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir. Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko`pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko`rsatish mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools), Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems), Ichki kontentni boshqaruvchi tizimlari CMS (Content Management Systems).
Moodle – Web muhitida o`qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Mazkur tizimda Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking kabi ko`plab o`qitish modullar mavjud.
Boshqa LMSlar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llabquvvatlaydi. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda, eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari mavjud bo`lgan dasturiy majmua bu Moodle dasturiy majmuasidir.
HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
Raqamli universitet loyihasi asosiy maqsadlari:

  • oliy ta'lim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;

  • oliy taʼlim tizimida byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;

  • oliy taʼlim tizimida oʻquv, ilmiy, maʼmuriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;

  • oliy ta'lim muassasasi, talaba va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash;

  • taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;

  • tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish.




Download 3,69 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Download 3,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy ta’lim muassasasida Moodle va Hemis tizimlari

Download 3,69 Mb.