Amaliy statistika asoslari (extimollilik, gipoteza va me’zonlar, korrelyatsiya va dispersiya tahlillari)




Download 3,69 Mb.
bet19/69
Sana13.05.2024
Hajmi3,69 Mb.
#228151
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Amaliy statistika asoslari (extimollilik, gipoteza va me’zonlar, korrelyatsiya va dispersiya tahlillari).

Statistika (lotincha: status — "vaziyat") maʼlumot yigʻish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va koʻrsatishga bagʻishlangan matematika sohasidir. Bunga statistik tadqiqot va tajriba rejalashtirish ham kiradi.
Statistika (lot. ctatus — boylik, davlat) — 1) turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda Statistika bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. Statistika murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi. Statistikaning asosiy boʻlimlari: Statistika ning umumiy nazariyasi — miqdoriy taxlilning umumiy tamoyillari va usullarini oʻrganadi; iqtisodiy Statistika — xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlari tizimini, uning tarkibini, nisbatlarini, sektorlararo, tarmoqlararo aloqalar va boshqalarni oʻrganadi (qarang Iktisodiy statistika); iqtisodiyot tarmoqlari Statistikasi — sanoat, qishloq xoʻjaligi., qurilish, transport, aloqa Statistikasiga boʻlinadi; demografik Statistika, mehnat, aholi bandligi Statistikasi; ijtimoiy Statistika — aholi turmush tarzini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini va ijtimoiy hayotning turli masalalarini oʻrganadi va h.k. Ularning asosiy vazifasi xalq xoʻjaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini oʻrganish va ishonchli, ilmiy asoslangan maʼlumotlarni aks ettirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish uchun Statistika fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning oʻziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular oʻrtasidagi aloqalarni aks ettiradigan koʻrsatkichlar tizimlari, statistik guruhlash natijalari boʻlgan yigʻma va kombinatsiyalashgan jadvallar kabi vositausullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qoʻllaniladi. Statistikada oʻrtacha miqdorlar va indekslar kabi umumlashtiruvchi tavsiflar muhim rol oʻynaydi. Statistika usullari qoʻllaniladigan bir qator sohalar va shunga mos holda tibbiyot, sud, geol., sport va boshqa Statistika tarmoklari bor. Mat. va statistik tadqiqotlarning tutash joyida paydo boʻlgan matematik statistika Statistika fanining alogʻida boʻlimini tashkil etadi. Matematik Statistika statistik tadqiqotlarda statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadi. Toshkent iqtisodiyot un-tida Statistika boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanadi;2) jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisida yalpi axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, tahlil va eʼlon qilish bilan bogʻliq amaliy faoliyat sohasi. Milliy, mintakdviy xalqaro Statistikaga boʻlinadi. Xalqaro Statistika ijtimoiyiktisodiy koʻrsatkichlarning xalqaro qiyosiyligini taʼminlashga asoslangan holda turli mamlakatlarning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasi, tuzilmasi va tendensiyalarini oʻrganadi. Xalqaro Statistikada BMT ning ixtisoslashgan statistika xizmatlari yetakchi rol oʻynaydi. Milliy (umumdavlat) miqyosida statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish yagona tamoyillar asosida, yagona dastur va uslubiyat boʻyicha davlat statistika organlari rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda Statistika amaliyoti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (boʻlim)lari shugʻullanadi.
Statistika amaliyotining boshlanishi davlatning paydo boʻlishi davriga toʻgʻri keladi. Qadimgi davrlardayoq xoʻjalik va gʻarbiy ehtiyojlar, aholi, yer, molmulk hisobi boʻyicha Statistika ishlari amalga oshirilgani haqida maʼlumotlar mavjud. Fan sifatida Statistikaga 17-asr oxirida ingliz iqtisodchi olimi U.Petti asos soldi. Uning asarlarida siyosiy iqtisod va boshqa ijtimoiyiqtisodiy fanlardan ajralmagan "siyosiy arifmetika" deb nomlangan fan — Statistika asoslari ifodalab berildi. Statistika rivjida davlatshunoslik fanining paydo boʻlishi ham muhim rol oʻynaydi. 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida Statistika jadal rivojlandi. Ayniqsa, davlat monopolistik kapitalizmi sharoitlarida Statistikaning texnik vositalari va iqtisodiy imkoniyatlari mukammallashdi.
Monopoliyalarning iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish ehtiyojlari, aholining tabiiy koʻpayishi va koʻchishi oʻrganildi, aholi, sanoat va qishloq xoʻjaligi. roʻyxatlari oʻtkazildi. Birinchi navbatda, roʻyxatni oʻtkazadigan davlat Statistika tashkilotlari shakllandi va takomillashdi. Statistik maʼlumotlarni qayta ishlashda matematik usullarni qoʻllash Statistika nazariyasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Iqtisodiyotda maʼmuriybuyruqbozlik boshqaruvidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga oʻtish Statistikada ham tub burilish yasadi. Hoz davrda Oʻzbekistonda iqtisodiyotni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga oʻtkazish hamda mahalliy sharoitlarga uygʻunlashgan milliy hisoblar tiziminp ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xorijiy davlatlar koʻrsatkichlari tizimi bilan taqqoslash va tahlil qilish eng zarur vazifalardan biridir. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati 1994 y. 13 sent.da "Oʻzbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga oʻtkazishning davlat dasturi"ni qabul qildi va bu dastur izchil amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat statistikasi toʻgʻrisida" qonunida (2002 y. 12 dek.) respublikada Statistika ishini tashkil etish va uning huquqiy maqomi belgilab berilgan.
Gipoteza (yunoncha: hypothesis — asos, taxmin) — hodisalarning qonuniy (sababli) bogʻlanishi toʻgʻrisidagi taxminan mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos boʻladi. Gipotezaning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga oʻtish, sababiy bogʻlanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy gipoteza bir guruh hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi toʻgʻrisidagi, xususiy gipoteza alohida, yakka hodisalar, jarayonlar sababi toʻgʻrisidagi taxmindir. Har qanday gipoteza tekshirishni talab qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar bilan izohlash mumkin boʻlmaganda, cheklangan miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda gipotezaga ehtiyoj tugʻiladi. U keyingi bilimlarga, tekshirishlarga yoʻl ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa gipotezani tugʻdiradi. Gipoteza bilish jarayonining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir.
Korrelyatsiya (lot. correlatio — nisbat, munosabat) — 1) tushunchalar, narsalar, funksiyalar orasidagi oʻzaro bogʻliqlikni, oʻzaro moslikni, munosabatni bildiruvchi tushuncha;
2) (matematik statistikada) — qatʼiy funksional xarakterga ega boʻlmagan tasodifiy mikdorlar orasidagi ehtimoliy (statistik) bogʻlanish. Korrelyatsiyaning matematik kutilishlari M, va Ms hamda dispersiyalar D va Bs boʻlgan % va t tasodifiy miqdorlar orasidagi eng koʻp qoʻllaniladigan tafsiloti Korrelyatsiya koeffitsiyenti deb ataladi. Bu koʻrsatkich ushbu formula bilan aniqlanadi: K. koeffitsiyenti – 1 < g < 1 tengeizlikni qanoatlantiradi. Agar g^= O boʻlsa, u holda Ј; va t| mikdorlar korrelirlanmagan deyiladi; bogʻliqmas mikdorlar albatta korrelirlanmagan boʻladi (aksinchasi notoʻgʻri). Agar r?il = ±l boʻlsa, u holda t, va s orasida chiziqli bogʻliqlik mavjud boʻladi. Korrelyatsion analiz Korrelyatsiyaning matematik nazariyasiga asoslanadi.
Dispersiya (lot. dispersio — tarqalish, sochilish) — 1) matematikada — tasodifiy miqdor D.si; tasodifiy miqdorning matematik kutilish atrofidagi zichligi darajasini aks ettiradigan tushuncha. Taʼrifga koʻra D. tasodifiy miqdor bilan uning matematik kutilishi orasidagi ayirma kvadratining matematik kutilishiga teng . 2) fizikada — oʻrganilayotgan fizik kattalikning tasodifan oʻlchangan qiymati uning oʻrtacha qiymatlaridan farqlanishi darajasi. Tajribada esa D. deb tasodifiy oʻlchangan qiymatlarni ularning oʻrtacha arifmetik qiymatidan ogʻishishlari kvadratlarining oʻrtacha arifmetik kattaligi tushuniladi. Fizikada, mas, quyidagi iboralar mavjud: 1. Elektromagnit toʻlqinlar D.si — muhitda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar tezligining toʻlqin chastotasi (toʻlqin uzunligi)ga bogʻlikligi. 2. Dielektrik kirituvchanlik D.si — oʻzgaruvchan elektromagnit maydonga joylashgan modda dielektrik kirituvchanligining shu maydon tebranishlar chastotasiga bogʻlikdigi. 3. Yorugdik D.si — yoruglikning difraksiyalanishi, interferen-siyalanishi va ikki muqit chegarasida sinishi natijasida monoxromatik tashkil etuvchilarga, yaʼni spektrga ajralishi. Xususiy xrlda, yoruglik D.si — muhitning mutlaq sindirish koʻrsat-kichining shu muhitga tushayotgan yorugʻlik chastotasiga bogʻliqligini koʻrsatadi.
Dispersiya (lot. dispersio — tarqalish, sochilish) — 1) matematikada — tasodifiy miqdor dispersiyasi; tasodifiy miqdorning matematik kutilish atrofidagi zichligi darajasini aks ettiradigan tushuncha. Taʼrifga koʻra dispersiya tasodifiy miqdor bilan uning matematik kutilishi orasidagi ayirma kvadratining matematik kutilishiga teng . 2) fizikada — oʻrganilayotgan fizik kattalikning tasodifan oʻlchangan qiymati uning oʻrtacha qiymatlaridan farqlanishi darajasi. Tajribada esa dispersiya deb tasodifiy oʻlchangan qiymatlarni ularning oʻrtacha arifmetik qiymatidan ogʻishishlari kvadratlarining oʻrtacha arifmetik kattaligi tushuniladi. Fizikada, mas, quyidagi iboralar mavjud:
1. Elektromagnit toʻlqinlar dispersiyasi — muhitda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar tezligining toʻlqin chastotasi (toʻlqin uzunligi)ga bogʻlikligi.
2. Dielektrik kirituvchanlik dispersiyasi — oʻzgaruvchan elektromagnit maydonga joylashgan modda dielektrik kirituvchanligining shu maydon tebranishlar chastotasiga bogʻlikdigi.
3. Yorugdik dispersiyasi — yoruglikning difraksiyalanishi, interferen-siyalanishi va ikki muqit chegarasida sinishi natijasida monoxromatik tashkil etuvchilarga, yaʼni spektrga ajralishi. Xususiy xolda, yoruglik dispersiyasi — muhitning mutlaq sindirish koʻrsat-kichining shu muhitga tushayotgan yorugʻlik chastotasiga bogʻliqligini koʻrsatadi.


  1. Download 3,69 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Download 3,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy statistika asoslari (extimollilik, gipoteza va me’zonlar, korrelyatsiya va dispersiya tahlillari)

Download 3,69 Mb.