1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA - TEXNIKA FAKULTETI
Fizika yo‘nalishi 22.16-guruh talabasi
Yusufova Xavasxonning
“Refraksiya hodisasi. Tabiatdagi optik hodisalar”
mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishi rahbari: D.Yusupova
Bajardi: X.Yusufova
Farg‘ona – 2024
3
KIRISH
“Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va
bunyodkorlik sari yo’l”
Sh. M. Mirziyoyev
Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar
sodir bo’ldi: jamiyat taraqqiyotini yoshlaning hayot, ishlab chiqarish, milliy
hamda umuminsoniy munosabatlarga sadoqati bilan o’lchash
imkoniyatlari
kengaydi; yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bilan mashg‘ul ijtimoiy institutlar son va
sifat jihatidan o‘sdi - litsey, kollej, magistratura, universitetlar ko‘paydi;
zamonaviy o‘quv dasturlari,
darsliklar, o‘quv qollanmalari yaratildi; Davlat
ta’lim standart (DTS)lari tanlanib, pedagogik amaliyotga tatbiq etila boshlandi;
o‘qituvchilarning bahs va mu- shohadalarida
pedagogik texnologiyaga oid
qarashlari munosib o‘rin egalladi.
Hozirgi sharoitda pedagogik texnologiya g‘oyalarini oliy ta`lim
muassasalariga amaliyotiga olib kirish davlat buyurtmasi hisoblanadi. Bu haqda
O‘zbekiston Respublikasi Sobiq Prezidenti I. A. Karimov shunday deb yozgan
edi: «Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z
vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazorat ostiga olish
zarur». Istiqbolga yo'nalgan bu zalvorli vazifani hal etish an’anaviy ta’lim
tizimini yaxshi ma’noda
taftish qilishni, ta’lim jarayoni qobig’ida yashirinib
yotgan imkoniyatlami izlab topish va ishga tushirishni, XXI asr kasb-hunar
kollejlarining tabiati va mohiyatiga, xalqimizning
milliy mintalitetiga,
o’quvchilarining real bilish imkoniyatlariga mos ta’lim tizimini asoslashni taqozo
qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday so`zlari
bor: - “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu
yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda,
dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu
o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli,
4
yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini
ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘
zotlarning avlodimiz, degan da’vat
ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin.
Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya
hisobidan'' Rus olimi M. A. Danilov «ta’lim jarayoni logikasi», «ta’lim
jarayonining harakatlantiruvchi kuchlari», «ta’lim jarayoni zvenolari» kabi qator
atamalarni fanga olib kirgan edi. Uning yozishicha, «ta’lim jarayoni logikasi
o‘quv predmeti mazmuni va uni o‘zlashtirish psixologiyasining o‘zaro qo‘shilib
ketishidan iborat». Ta’lim jarayonida o‘quvchilar oldiga qo‘yiladigan
topshiriq,
muammo, mustaqil ish, intellektual va amaliy ishlar o‘zining murakkabligi,
qiyinligi bilan o‘quvchilar ongida bilish ziddiyatlarini keltirib chiqaradi.
Qiyinchiliklani sezish, ularni bartaraf etishga intilish o‘quvchilarni mustaqil
fikrlash, ijod qilish, tafakkur va xotiraga zo‘r berib aqliy va amaliy muammolarni
yechishga yetaklaydi. Ta’lim jarayonidagi ziddiyatlar ta’lim
rivojining
harakatlantiruvchi kuchidir. Talim zvenosi - yaxlitlikning harakatdagi tarkibiy
qismi va bu ta’lim jarayonining alohida olingan bo‘lagi bo‘lib, u o‘zida
ta’limning spiralsimon harakatini aks ettiradi.