11
optik kuchi minimal bo‘ladi. Jism ko'zga yaqinlashadigan bo‘lsa,
u holda
gavharning egriligi kattallashadi, jism qancha yaqin bo'lsa, ko'zning optik kuchi
shuncha katta bo‘ladi, uning o‘zgarishlari taxminan 60—0 dptr chegarasida
bo‘ladi.
Sog’lom katta odamda jism ko‘zga 25
sm masofagacha yaqinlashgan
vaqtda akkomodatsiya kuchlanishsiz ro‘y beradi va qo‘ldagi buyumlarni ko‘rishga
o'rganilib qolganligi sababli ko‘z hammadan ko‘p, ayniqsa shu masofaga
akkomodatsiyalanadi, shuning uchun bu masofaga eng yaxshi ko‘rish masofasi
deyiladi.
Undan ham yaqin turgan buyumlarni ko‘rish uchun akkomodatsion
apparatni zo‘riqtirishga to‘g‘ri keladi. To‘r pardada tasvirning ravshan ko'rinishini
hali ta’minlay oladigan ko‘z bilan buyum ko‘zning yaqin nuqtasi (aniq ko'rishning
yaqin nuqtasi) deyiladi. Yosh ulg‘aygan sari ko‘zning yaqin nuqtasigacha bo‘lgan
masofa kattalashadi, demak, akkomodatsiya kamayadi.
To‘r pardadagi tasvirning kattaligi faqat buyum kattaligiga bog‘liq bo‘lmay,
uning ko‘zdan uzoqligiga ham, ya’ni jismning ko‘rinishi burchagiga ham bog‘liq
bo‘ladi. Shunga ko‘ra ko‘rish burchagi tushunchasi kiritiladi.
Bu buyumning
chetki nuqtalaridan chiqib mos tugun nuqtalaridan o‘tuvchi nurlar orasidagi
burchakdir (1.1.3-rasm). Rasmdan ko‘rinishicha, birinchidan har xil KM va QP
buyumlar bir xil ko‘rish burchagi
ga ega bo‘lishi mumkin, ikkinchidan, ko‘rish
burchagi to‘r pardadagi tasvir kattaligini to‘la ravishda. aniqlay oladi
1.1.3-rasm. Ko’zning to’r pardasida tasvirning hosil bo’lishi
12
Ko'zning ajrata olish qobiliyatini tasvirlash uchun eng kichik ко‘rish
burchagidan foydalaniladi, bu burchakda odam ko‘zi
buyumning ikki nuqtasini
hali ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu burchak taxminan 1'ga teng, bu eng
yaxshi ko‘rish masofasida turg an nuqtalarning orasi 70 mkm ga teng bo‘lishiga
mos keladi. Bu holda to‘r pardadagi tasvirning kattaligiga qarang 5 mkm ga teng,
bu esa to‘r pardadagi kolbachalardan ikkitasining orasida bo‘lgan o‘rtacha
masofaga teng. Shuning uchun, agar ikki nuqtaning tasviri to‘r pardada 5 mkm
dan qisqaroq chiziqni egallaydigan bo‘lsa, u holda bunday nuqtalar ajralib
ko‘rinmaydi, ya’ni ko‘z ularni ajrata olmaydi.
Yorug‘lik difraksiyasi tufayli hosil bo‘luvchi chegaralanishlar hisobga
olinganda ham eng kichik ko‘rish burchagining xuddi
shunday qiymati olingan
bo‘ladi. Tabiatdagi maqsadga muvofiqlik “hech narsa ortiqcha emasligi” kishini
hayron qoldiradi, to’r pardaning yuza birligiga to’g’ri keluchi kolbachalar soni
geometrik optikaning chegaraviy imkoniyatlariga javob beradi.
Ko’zning ajrata olish qobiliyatini tibbiyotda ko'rish o'tkirligi
bilan
baholaydilar. Ko‘rish o‘tkirligining normasi deb bir qabul qilinadi, bu holda eng
kichik ko'rish burchagi 1'ga teng bo‘ladi.
Og’ish vaqtlarda eng kichik ko'rish burchagi minutdan qancha katta bo'lsa,
ko‘zning ko'rish o'tkirligi normadan shuncha kam boiadi. Agar bemorning eng
kichik ko'rish burchagi 4' ga teng bo’lsa, uning ko'zi 1:4 = 0,25 o'tkirlikka ega
bo’ladi.
Ayrim hollarda odam ko'zi 1' burchakka
mos kelgandan ham maydaroq
kattaliklarni ajrata oladi. Masalan, harakatlanuvchi jismlarning siljishi yoy
bo'yicha 20" ga yetganda seziladi, ikki ingichka chiziqdan birining ikkinchisi
ustiga tushmaganligini ular orasidagi burchak 12" bo‘lganidayoq
bilinadi va
hokazo. Fizik o’lchashlarda ko'pincha strelkasi shkalaning nolinchi darajasidan
(shtrixidan) siljimasligi kerak bo’lgan asboblar (potensiometrlar, ko'priklar) ko'p
ishlatilmoqda. Ko'zning kichik chiziqlarning siljishini seza olish qobiliyati tufayli
13
bunday asoblar strelkasi bilan shtrixi orasidagi masofasi aniqlanadigan asboblarga
ko'ra ancha aniqroq ko'rsatishlar bera oladi.