33
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak refraksiya, tabiatdagi optik hodisalar misli
ko’rilmas tasodiflaga to’la. Ushbu kurs
ishimni tayyorlash davomida
hayotimizdagi biz o’ylab ko’rmagan hodisalar qanchalik ahamiyatli ekanini bildik.
Bu hodisalarni har birini ko’rib chiqib optikaga faniga insonni qanchalik ehtiyoji
borligini sezishmiz mumkin. Berilgan kurs ishni yanada chuqurroq o’rganish va
izlanishni davom ettirsak, ushbu hodisalarni fanga tadbiq qilishimiz mumkin.
Optikadagi refraksiya hodisasini ko’radigan bo’lsak, atmosfera tarkibidagi turli
elementlarning turlicha nur sindirishi tufayli atmosfera tarkibini o’rganish
mumkin. Osmonni zangori bo’lib ko’rinishi nurlarni molekulyar sochilishi.
Bugungi kunda
fizika qonunlarini, aniqrog'i uning optika bo'limini biladigan har
bir kishi bu sirli hodisalarni tushuntirib bera oladi. Men o'z ishimda tabiatning
barcha optik hodisalarini tasvirlab bermaganman. Ularning ko'pchiligi bor. Biz
osmonning ko'k rangiga,
qip -qizil tongga, quyosh botishiga qoyil qolamiz - bu
hodisalar quyosh nurlarining singishi va tarqalishi bilan izohlanadi. Qo'shimcha
adabiyotlar bilan ishlayotib, atrofimizdagi dunyoni kuzatish paytida paydo
bo'ladigan savollarga har doim javob topishingiz
mumkinligiga ishonch hosil
qildim. To'g'ri, siz tabiiy fanlar asoslarini bilishingiz kerak. Refraksiya, tabiatdagi
optik hodisalar yorug'likning sinishi yoki aksi yoki yorug'likning to'lqinli
xususiyatlari - yorug'likning dispersiyasi, interferensiyasi,
difraksiyasi,
qutblanishi yoki kvant xususiyatlari bilan izohlanadi. Dunyo sirli, ammo taniqli.