• 1.1-§. Ko‘zning optik sistemasi va uning ba‘zi xususiyatlari
  • Farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti




    Download 0,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/16
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,88 Mb.
    #241658
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Yusufova

    Kurs ishining predmeti:
    Mavzuga oid ilmiy va metodik ma’lumotlarni 
    o’rganish va tahlil qilish, “Refraksiya hodisasi. Tabiatdagi optik hodisalar” 
    mavzusini o’rganish davomida bilim va ko’nikmani oshirish.
    Kurs ishining tuzilmasi:
    Ushbu “Refraksiya hodisasi. Tabiatdagi optik 
    hodisalar” mavzusidagi kurs ishi Kirish qismi, 2 bob, 4 ta bo’lim, xulosa va 
    foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
     
     



    I BOB. REFRAKSIYA HODISASI 
    Odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bolib, u optikada alohida o‘rin tutadi. 
    Bu, birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z sezishiga mo‘ljallangani, 
    ikkinchidan, odamning (va hayvonning) ko‘zi evolyutsiya jarayonida 
    taqsimlashgan biologik sistema sifatida, bionika doirasida optik sistemalarni 
    loyihalash va yaxshilashga doir ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan 
    tushuntiriladi. 
    1.1-§. Ko‘zning optik sistemasi va uning ba‘zi xususiyatlari 
    Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish 
    qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan 
    boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir 
    Ko‘rish tizimiga tushgan yorug‘lik elektr impulsiga aylanadi va u ko‘rish 
    nervlari orqali miyadagi markaziy nerv tizimiga beriladi. Fotoretseptorlar 
    sezgirligi juda yuqori bo‘lib, unga tushgan kuchsiz yorug‘likni ham elektr 
    impulsiga aylantirib beradi. Yorug‘lik ta'sirida retseptor hujayralarida ma'lum 
    biokimyoviy reaksiyalarni hosil qildiradi va harakat potensiali yuzaga keladi. 
    Ko‘z nafaqat elektromagnit to‘lqinni qabul qiladi, balki ularni farqlay oladi 
    ham. Buyum tasvirini va rangini, qanday masofada joylashganini ham aniqlaydi. 
    Tabiat bunga uzoq evolyusiya tufayli erishdi. 
    Ba'zi umurtqali hayvonlar ham odam kabi ranglarni ajratadi. Masalan, otlar, 
    qo‘ylar va cho‘chqalar faqat qizil va zangori ranglarni farqlaydi. Tunda ov 
    qiluvchi hayvonlar, masalan, mushuklar, bo‘rilar rangni farqlamaydi. Hayvonlar 
    ultrabinafsha va infraqizil nurlarni farqlay olmaydi. Bunga sabab quyoshdan yerga 
    amalda 290 nmdan kichik to‘lqinlar yetib kelmaydi. Shu sababli hayvon va 
    odamlarda bu to‘lqin uzunligini sezuvchi organlar rivojlanmagan. Lekin, bundan 
    ancha katta to‘lqin uzunlikli ultrabinafsha nurlarni ham ko‘z sezmaydi. Bunga 



    sabab yuqori energiyali ultrabinafsha nurlar ko‘zdagi yorug‘likka sezgir 
    pigmentlarni buzishidadir. 
    Shu sababli gavhar va shishasimon suyuqlik nafaqat ultrabinafsha nurlarni, 
    balki to‘lqin uzunligi 400 nmga yaqin ba'zi nurlarni ham kuchli yutadi. Agar bu 
    nurlar energiyasi katta bo‘lsa to‘r pardani kuydiradi. 
    Infraqizil nurlarni oladigan bo‘lsak, uni hayvonlar tanasining o‘zi ham 
    chiqaradi. 37
    0
    C da maksimal nurlanish 9-10 mkm to‘lqin uzunlikka mos keladi. 
    1sm
    2
    hayvon tanasi 50 mW quvvatli energiyani nurlaydi. Bu esa ko‘zga 
    quyoshdan tushadigan energiyadan ancha kattadir. 
    1.1.1-rasm. Ko’zning tuzilishi. 1-tashqi oqsil qobiq (sklera), 2-muguz parda, 
    3-konyunktiv, 4-qon tomirli qobiq, 5-rangdor parda, 6-qorachiq, 7-ko‘z gavhari, 
    8-ko‘zning oldingi kamerasi, 9-shishasimon jism, 10-ko‘ruv nervi, 11-to‘rparda 
    (ratina), 12-ko‘zning ko‘r dog‘i, 13- sariq dog‘. 
    Odam ko‘zining tuzilishi haqida qisqacha to‘xtab olamiz. Ko‘z kosasi asli 
    ko‘zning o‘zi bo‘lib (1.1.1-rasm), u uncha to‘g‘ri bo‘lmagan shar shaklidadir; 
    katta odamlarda uning old-orqa o‘lchovi o‘rtacha 24,3 mm, vertikal o`lchovi — 
    23,4 mm va gorizontal o‘lchovi — 23,6 mm. Ko‘zning devorlari konsentrik 
    joylashgan uchta— tashqi, o‘rta va ichki qobiqlardan iborat. Tashqi oqsil qobiq — 



    sklera 1 ko‘zning oldingi qismida shaffof qavariq muguz qobiq 2-muguz pardaga 
    aylanadi. Muguz pardaning qalinligi o‘rtasida 0,6 mm ga yaqin, atrofida to 1 mm 
    gacha bo‘ladi.
    Optik xossalari bo‘yicha muguz parda – ko‘zning eng kuchli sindiruvchi 
    qismidir. U go‘yo ko‘zga yoruglik nurlari kiradigan derazadir. Muguz pardaning 
    egrilik radiusi 7-8 mm, moddasinnig sindirish ko‘rsatkichi 1,38 ga teng. Muguz 
    pardaning tashqi qoplami ko‘z qovoqlariga berkitilgan konyunktiv 3 ga o‘tadi. 
    Skleraga qon tomirli qobiq 4 tutashgan bo‘lib, uning ichki sirti ko‘z ichida 
    yoruglikning diffuzli sochilishiga to ‘sqinlik qiladigan xira-qora pigmentli 
    hujayralar bilan qoplangan. Ko‘zning oldinig qismida tomirli qobiq 5-rangdor 
    pardaga aylanadi. Bu pardada doiraviy teshik-qorachiq 6 mavjud. Ko‘z 
    qorachig‘iga ko‘zning ichki tomonidan, bevosita ko‘z gavhari 7 — ikki 
    tomonlama qavariq linzaga o‘xshash shaffof va elastik jism yondashadi. Ko‘z 
    gavharining diametri 8-10 mm, oldingi sirti egriligining radiusi o‘rtacha 10 mm, 
    orqa egriligining radiusi – 6 mm. Gavhar moddasining sindirish ko‘rsatkichi 1,4 
    dan biroz kattaroq. 
    Muguz parda va gavhar orasida ko‘zning oldingi kamerasi 8 joylashgan 
    bo‘lib, u suvsimon namlik bilan, ya’ni optik xossalari bo‘yicha suvga yaqin 
    bo‘lgan suyuqlik bilan to‘lgan. Ko‘zning gavharidan tortib, to orqa devorigacha 
    bo‘lgan butun ichki qismi shaffof, shishasimon jism (9) deb ataluvchi dirildoq 
    massaga to‘la boladi. Shishasimon jismning sindirish ko‘rsatkichi suvniki kabidir. 
    Ko‘zning yuqorida ko‘rib chiqilgan elementlari asosan uning yorug‘lik 
    o‘tkazuvchi apparatiga tegishlidir. Ko‘ruv nervi 10 ko‘z kosasiga orqa devordan 
    kirib tarmoqlangach , u ko‘zning eng ichki to‘rqatlamiga yoki ko‘zning yoruglikni 
    qabul qiluvchi apparati (retseptori) bo‘lgan to‘rpardaga yoki ratina 11 ga o‘tadi. 
    To‘r parda bir necha qatlamdan iborat bo‘lib, qatlamlarning qalinligi va 
    yorug’likka sezgirligi bir xil emas, unda periferik uchlari turli shakllarga ega 
    bo‘lgan yorug‘lik sezgir ko‘ruv hujayralari joylashgan . Ularning cho‘zinchoq 
    uchlariga 
    tayoqchalar, 
    konussimon 
    uchlariga 
    kolbachalar 
    deyiladi. 



    Tayoqchalarning uzunligi 63-81 mkm, diametri 1,8 mkm ga yaqin, kolbachalar 
    esa mos holda 35 mkm va 5-6 mkm bo’ladi. Kishi ko‘zining to‘r qatlamida 130 
    millionga yaqin tayoqcha va 7 million kolbacha joylashgan. 
    Ko‘ruv nervi kirgan joyda yorug‘likni sezmaydigan ko‘zning ko‘r dog‘i 12 
    mavjud. To‘r pardaning o‘rtasida, chekkaga sal yaqin yerda, yorug’ikka eng sezgir 
    bo’lgan sariq dog‘ 13 yotadi, uning markaziy qismi taxminan 0,4 mm diametrga 
    ega. 
    Kolbachalar va tayoqchalar to‘r parda ustida bir tekisda taqsimlangan. 
    Kolbachalar to‘r pardaning asosan o‘rta qismida, sariq dog‘da joylashgan, sariq 
    dog‘ning markazida faqat kolbachalar turadi, to‘r pardaning chetlarida esa – faqat 
    tayoqchalar joylashgan. 
    Dastlab ko‘zning yorugiik o‘tkazish apparatining xususiyatlarini ko‘rib 
    chiqamiz. 
    Ko‘zni muguz parda, oldingi kamera suyuqligi va gavhar (to‘rt sindiruvchi 
    sirt) dan iborat va oldidan havo, orqasidan esa shishasimon jism bilan 
    chegaralanuvchi, markazlashgan optik sistema kabi tasavvur etish mumkin. Bosh 
    optik o‘q OO (1.1.1-rasm) muguz pardaning, qorachiqning va gavharning 
    geometrik markazlaridan o‘tadi. Bundan tashqari yana ko‘zning OO' ko‘ruv o‘qini 
    ham mavjud ko‘ruv o‘qi eng yaxshi yorugiik sezilishi yo‘nalishini belgilaydi va 
    gavhar bilan sariq dog‘ markazlaridan o‘tadi, bosh optik va ko‘ruv o‘qlari 
    orasidagi burchak taxminan 50 ni tashkil etadi. 
    1.1.2-rasmda biror o’rtacha normal ko’z uchun fokuslar, bosh nuqtalar
    tekisliklar va tugun nuqtalar ko’rsatilgan (masofalar millimetrlarda berilgan). 


    10 
    1.1.2-rasm. Ko’zning fokuslar, bosh nuqtalar, tekisliklar va tugun nuqtalari. 
    Soddalashtirish 
    maqsadida 
    ko’pincha 
    bu 
    sistemani 
    keltirilgan 
    reduksiyalangan ko’z bilan, ya’ni buyumlar fazasi tomonidan sindirish 
    ko’rsatkichi h = 1,336 ga teng suyuqlik bilan o‘ralgan linza bilan almashtiriladi. 
    Keltirilgan ko‘z moddalarining birida yagona bosh tekislik muguz pardaning 
    oldinig sirtidan 1,6 mm masofada turadi, tugun nuqtalar mos kelgan bo’lib, muguz 
    parda sirtidan 7,2 mm masofada joylashgandir. 
    Yorugiikning asosiy sinishi muguz pardaning tashqi chegarasida yuz beradi, 
    butun muguz pardaning optik kuchi taxminan 40 dioptriyaga, gavharniki taxminan 
    20 dioptriyaga, butun ko‘zniki esa 60 dioptriyaga yaqin. 

    Download 0,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti

    Download 0,88 Mb.
    Pdf ko'rish