Masofaviy o’qitishning xorijiy tajribasi




Download 3,69 Mb.
bet27/69
Sana13.05.2024
Hajmi3,69 Mb.
#228151
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Bog'liq
ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Masofaviy o’qitishning xorijiy tajribasi.

Har bir yangilikni amaliyotga joriy etishdan avval ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganishga alohida e'tibor qaratamiz. Hozirgi zamonaviy tendentsiyalarga ko'ra, dunyo bo'ylab oliy ta'lim oluvchilar soni 207 milliondan ortiq bo'lib, ularning 100 milliondan ziyodi onlayn kurslardan faol foydalanish imkoniyatiga ega. Onlayn kurslarni tanlagan talabgorlarning 46 foizi oliy ta'lim muassasasiga borish imkoniyati yo'qligi, 21 foizi onlayn kurslar ularning qiziqishiga mosligi, yana 21 foizi ishxonadagi rag'batlantirish, 8 foizi ta'lim muassasasining nufuzi, qolgan 4 foizi esa boshqa turli sabablarni ko'rsatgan.
Onlayn kurslar provayderlari orasida yuqori o'rinlarni AQSHning Garvard, Dreksel, Kaliforniya universitetlari, Illinoys texnologiya instituti kabi oliy ta'lim muassasalari egallagan.
Masofaviy ta'lim an'anaviy ta'lim tizimidek to'g'ri ishlashi va kutilgan samarani berishi uchun, avvalo, talabalarning dunyoqarashini o'zgartirish lozim. Bu o'rinda masofaviy ta'limdagi imtihon jarayonining shaffof o'tishi, onlayn o'quv kurslari, asosan, boshlang'ich ma'lumotlarni taqdim etishga qaratilgani, aksariyati zarur malaka bermasligi, amaliy ko'nikmalarga ega bo'lmasdan turib tanlagan sohasining etuk mutaxassisi bo'lolmasligini talabalar tushunib etishi kerak.
Qolaversa, masofaviy ta'lim jarayoni uchun maxsus mezon va me'yorlar ishlab chiqilib, kurslarga qo'yiladigan talablar to'liq va mukammal bajarilganda ko'zlangan natijalarga erishish imkoni ortadi. Hozir mamlakatimizda masofaviy o'qitish bo'yicha nufuzli oliy ta'lim muassasalari tomonidan tajriba-sinovlar o'tkazilmoqda. Tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda jarayonlarning monitoringi olib borilyapti. eng muhimi, qaysi ko'rinishda bilim berilishidan qat'i nazar, sifatli kadrni tayyorlash asosiy mezon bo'lishi shart.
— Mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida masofaviy o'qitish yo'lga qo'yilsa, xorijiy oliy ta'lim muassasalarida onlayn o'qiganlarning diplomini nostrifikatsiya qilish mumkin bo'ladimi?
— Ta'kidlanganidek, tegishli qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinganidan so'ng yurtimizda ham masofaviy ta'lim berishning me'yoriy-huquqiy bazasi shakllantiriladi. Mamlakatimizda onlayn o'qitish amaliyotga joriy qilingach, chet el oliy ta'lim muassasalari tomonidan berilgan masofaviy o'qiganlik to'g'risidagi hujjatlar ham belgilangan tartibda tan olinishi mumkin.
Yaxshi tushunishimiz kerakki, dunyoda masofaviy sifatli bilim beradigan oliy ta'lim muassasalari uncha ko'p emas. Tinglovchining bilim olishga intilishi yuqori bo'lsa, onlayn ta'lim orqali kuchli nazariy bilimni egallashi mumkin. Biroq ko'p yo'nalish va mutaxassisliklarda amaliy ko'nikmani egallash hamda laboratoriya, amaliyot bazalarida bilim olib, malaka oshirish muhim hisoblanadi.
Shu o'rinda yurtdoshlarimizga mazkur hujjatlar tasdiqlanib, aniq me'yorlari belgilanmasdan turib, chet el oliy ta'lim muassasalarining masofaviy o'qitish xizmatidan foydalanmaslikni tavsiya qilamiz. CHunki onlayn ta'limni barcha mutaxassisliklar uchun ham joriy etib bo'lmaydi. Jumladan, O'zbekistonda ham faqat muayyan mutaxassisliklar uchun masofaviy ta'lim yo'lga qo'yiladi. Texnika, muhandislik, tibbiyot kabi bevosita amaliy ko'nikma talab etadigan hamda inson hayoti bilan bog'liq bo'lgan sohalar mavjud bo'lib, ular uchun masofaviy o'quvni joriy etish imkonsiz. Hatto dunyoning rivojlangan davlatlarida ham bunga yo'l qo'yilmaydi. Biroq MDH tarkibidagi davlatlarning reytingi va nufuzi u qadar yuqori bo'lmagan ayrim oliy ta'lim muassasalari ko'proq mablag' topish maqsadida talab yuqori bo'lgan murakkab mutaxassisliklar bo'yicha ham masofaviy ta'limni yo'lga qo'ygan. Ko'pchilik yoshlar shunday o'quv muassasalarining diplomini olib kelib, ularni nostrifikatsiyadan o'tkazish bo'yicha murojaat qilmoqda. Biroq ularni tan olib, etarli malakaga ega bo'lmagan mutaxassislarning ishlashiga imkon berish ayanchli oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin.
— Mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarida ayni paytdagi masofaviy ta'limni yanada yaxshilash uchun qo'shimcha qanday vazifalar amalga oshirilishi lozim?
— Prezidentimiz tomonidan 30 aprel` kuni o'tkazilgan yig'ilishda vaziyatga qarab o'quv yuklamalari va dasturlarni qayta ko'rib chiqish, oliy o'quv yurtlarida amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga e'tiborni kuchaytirish zarurligi belgilandi.
Bu bejiz emas. Hozir oliy ta'lim tizimida joriy semestrdagi fan dasturlari bo'yicha 6 ming 102 ta fandan onlayn ta'lim resurslari yaratilib, har bir oliy o'quv muassasasining masofaviy o'qitish platformalariga joylashtirilgan. Shunga qaramay, tizimda masofaviy ta'limni tashkil etish bilan bog'liq qator muammolar mavjud hamda ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish kerak. Masalan, onlayn o'qitish bo'yicha yagona talab va mezonlar hamda ulardan foydalanuvchilarni monitoring qilish, ta'lim sifatini baholash mexanizmlarining ishlab chiqilmagani, talabalarning barchasida ham smartfon, komp`yuter yoki noutbuk yo'qligi, hududlarda internet ishlashi va tezligida hamda elektr energiyasi ta'minotida muammolar mavjudligi, ayrim professor-o'qituvchilarning komp`yuter yoki mobil` telefon orqali masofaviy ta'lim platformasidan foydalanish ko'nikmasiga ega emasligi kabi muammolar mavjud. SHuningdek, ko'pgina oliy o'quv muassasalari axborot-resurs markazi fondidagi o'quv adabiyotlarining elektron bazasi to'liq shakllantirilmagani yoki shakllantirilgan bo'lsa-da, talabalar foydalanishi imkoniyati cheklangani bilan bog'liq masalalar ham masofaviy ta'lim rivojiga xalal beradi.
Bu borada, avvalo, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab davlat oliy ta'lim muassasalari o'quv jarayonida masofaviy ta'lim texnologiyalaridan keng foydalanish choralarini belgilash, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birga, ta'limni boshqarish hamda talabalar o'zlashtirishini qayd etishning elektron tizimini joriy etish, shuningdek, professor-o'qituvchilarning axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofaviy ta'lim platformasidan foydalanish ko'nikmasini oshirish uchun maxsus kurslar tashkil etish muhim.
Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining zerikarli ma'ruzalar o'qishi va konspektlar yozdirishi kabi o'zini oqlamagan usullardan voz kechib, ta'lim metodikasini rivojlantirish va pedagoglar saviyasini oshirish g'oyat muhim masalalardandir. Bu borada, albatta, masofaviy shaklda pedagoglar malakasini oshirish zarurati mavjud.




  1. Download 3,69 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Download 3,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masofaviy o’qitishning xorijiy tajribasi

Download 3,69 Mb.