-Mavzu. Zamonaviy ta’lim maqsadlarini AKT asosida amalga oshirish




Download 3,69 Mb.
bet23/69
Sana13.05.2024
Hajmi3,69 Mb.
#228151
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

6-Mavzu. Zamonaviy ta’lim maqsadlarini AKT asosida amalga oshirish

  1. Ta’lim va o’qitishning zamonaviy texnologiyalari.

Maqsadga to‘la erishish uchun natijani bosqichma-bosqich baxolash zarur bo‘ladi. Bugungi kunda test nazoratini joriy etilishi, bu didaktik vazifani amalga oshirishga qo‘l keladi. Ma‘lumki, testda ta‘lim maqsadi, erishiladigan mezon o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir bosqichda test orqali natijani aniqlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ta‘lim maqsadini testga tushirish muhim masaladir.
O‘qitishda takrorlovchi bosqich texnologik jarayonda alohida o‘rin tutadi. Takrorlashda: ta‘limning umumiy maqsadi; umumiydan ma‘lum aniq maqsad belgilanishi va har bir bosqichda o‘quvchining o‘zlashtirishi dajarasini aniqlash; shunga asosan ta‘lim jarani muvofiqlashtiriladi, boshqariladi.
Ta‘lim jarayonida takrorlash texnologiyasi.
Masalan, darsning tuzilishini texnologik jihatdan tahlil qilinadigan bo‘lsa:
A)o‘quvchilar diqqatini tashkil etish;
B)didaktik maqsad haqida axborot berish;
V)zaruriy bilim-malakalarni rag‘batlantirish;
G)ma‘lum ta‘sir etadigan o‘quv materialini ko‘rsatish;
D)o‘quvchilar javobini aks sadosini (reaktsiyasi) rag‘batlantirish;
E)o‘zaro xamkorlikni ta‘minlash;
J)olingan mustaxkam bilim malakani rag‘batlantirish;
Z)o‘quvchilar faoliyatini baholash; kabilar.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi qanchalik tezligini va mukammaligi bilan belgilanadi. Ularning o‘zlashtirish bo‘yicha qobiliyati uch guruhga bo‘linadi:
Iqtidorli ,ular tez o‘zlashtirishi mumkin-30%.
Oddiy o‘rtacha o‘quvchilar-50 %.
Qobiliyati past o‘quvchilar-20 %.
Maqsad qo‘yishda barcha o‘quvchilarni o‘zlashtirishi hisobga olinadi. To‘la o‘zlashtirishi maqsadi, uni amalga oshirish metodikasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1.Kirish qism-o‘quvchilarni to‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirish;
2.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirishga erishish;
3.Har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish darajasini baholash;
4.Har bir o‘quvchi bahosini tashkil qilish.
Keyin o‘qituvchi har bir o‘quvchini to‘la o‘zlashtirish imkoniyati bilan tanishtirad
Sinf to‘la o‘zlashtirish uchun yangi metodika bilan o‘qitadi.
Har bir o‘quvchi oxirida, fanni o‘zlashtirib bo‘lganda baholanadi.
O‘quvchilar qiyosiy baholanmaydi, balki o‘quv matni etalon, mezoni bilan baholanadi.
“Etalon darajasiga” erishgan o‘quvchi “a‘lo” baxo oladi.
A‘lo baxolar cheklanmaydi.
Har bir o‘quvchiga istagancha yordam ko‘rsatadi.
Xar bir o‘quvchi fanni o‘zlashtirish jarayonida diagnostik kuzatiladi.
Agar o‘quvchi ma‘lum topshiriqdan qiynalsa boshqa yo‘l qo‘llaniladi.
Shunisi xarakterliki, pedagogik texnologiyaning printsipi kafolatli to‘la o‘zlashtirish ekan unda o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, izchillik metodikasi asos bo‘ladi. Aslida sharq, aniqrog‘i, O‘zbekiston maktablarida o‘rta asrlardan boshlangan metodikadir. Tarixdan ma‘lumki, fanning o‘zlashtirishda izchillik va uzluksizlik printsipiga asoslanilgan. Ya‘ni har bir fan o‘rganib bo‘lingandan keyin musobaqa metodi orqali bilimlar tekshirilgan va to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng undan keyingi fanga (yoki bosqichga) o‘tilgan.
Bir sinf (guruh)dagi talabaga o‘zlashtirish darajasiga qarab har xil ta‘lim mazmunida tahsil olgan. Pedagogik texnologiya tizimida AQSH tajribasida individual “brigada-andividual” ta‘lim XX asrning 60-yillarida keng qo‘llaniladi.
Har bir o‘quvchining qobiliyatiga o‘zlashtirish darajasiga qarab ta‘lim maqsadi va metodikasi belgilanadi. Masalan bu tizimni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
1.Har bir o‘quvchi mazkur fan bo‘yicha bilim rejasini test orqali tekshiriladi.
2.So‘ngra ma‘lum bo‘lim bo‘yicha tekshiriladi, qanday bilimga ega ekanligi aniqlanadi.
3.Natijaga asosan har bir o‘quvchi uchun mazmun belgilanadi.
4.O‘quvchi bo‘lim-bo‘limlarga bo‘lib topshiriq oladi.
5.Qo‘yilgan maqsad amalga oshirilgandan keyin yakuniy test topshiradi va fan bo‘yicha baholanadi.
6.Agar maqsadga erishilmagan, yoki ma‘lum qism o‘rganilmagan bo‘lsa takrorlanishiga qaytiladi.
To‘la va yakka (brigada-individual) ta‘lim 80 yillarda AQSHda joriy etila boshlagan. Bunda yakka o‘quvchilar va kichik guruhlar bilan ishlash tizimi yaratilgan. Ya‘ni o‘quvchilar 4-5 kishilik guruhlarga bo‘linadi, unda iqtidorlilar va qoloqlar, qizlar va boshqa etnik vakllar bir xil bo‘limi maqsadga muvofiq. Har bir guruh berilgan topshiriqni tez bajarishiga e‘tibor beriladi. Guruhdagi o‘quvchilar bir-birini tekshiradi, yordam beradi. Haftani oxirida yakun yasaladi, baholanadi. O‘zaro yordam va bir kishi hamma uchun printsipiga amal qilinadi. Bu metodda o‘zlashtirish darajasi oshishi bilan birga o‘quvchilarni o‘z-o‘zini baholash malakasi ham rivojlanadi, o‘quvchi o‘rtasida do‘stlik, o‘rtoqlik darajasi ham oshadi.
Xulosa qilib, pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri aniq bajarishi mumkin bo‘lgan, kafolatli natijaga erishish maqsadi, texnologiyasidir deyish mumkin. Pedagogik texnologiya faqat ta‘lim mazmunini ifodalovchi maqsad emas, balki didaktik tizimni ham ko‘zda tutadi.
Ta’lim sohasidagi barcha islohatlarning asosiy maqsadi ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonlarni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda amalga oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim - tarbiya tizimida kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o’quvchilarga turli fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo bu sohadagi bilim va malaka darajalarini oshirish, ta’lim tizimini texnik jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini to’la yaratib berish orqaligina samarali natijaga erishish mumkin.
Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usul-laridan biri o’quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan multimediyali o’quv kurslarini qo’llash, o’qituvchi va o’quvchining interfaol o’zaro aloqalarini ta’minlash, multimediali o’quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bo’ladi.
Multimedia axborotlarni har xil ko’rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini yaratish, uni ko’rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish imkoniyatlarini yaratadi.
Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn ko’rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko’rinishida ifodalanilishi o’quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo’lishga o’rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalari nazariy, amaliy, ko’rgazmali, ma’lumotli, trenajyorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo’li bilan o’quvchilarga ijobiy va samarali ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ta’lim tizimida multimediali o’quv kurslaridan foydalanish nazariy materiallarning namoyishlarini sifatli video yozuvlari, virtual laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, turli jarayonlarning imitasion animasiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu uchun o’quvchilarning o’quv sinflari, kompyuter sinflari, o’qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy xonalarda, kutubxonalarda amaliy shug’ullanishlarini tashkillashtirish lozim bo’ladi.
Ta’lim tizimida foydalaniladigan barcha multimediali o’quv kurslari amaliy tadbiqdan va tajribadan o’tgan bo’lishi bilan birga, o’ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak.
Multimediali o’quv kurslarining pedagogik-psixologik xususiyatlari bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan o’quv materiallarining tasvirlanish hamda ifodalanish formasiga va ko’rinishiga bog’liq bo’ladi. Ular faqatgina misol va masalalar yechish, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, balki butun o’quv jarayonida o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim.
Ta’lim tizimida yaratilayotgan multimedia o’quv kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri, shu mavzuni o’rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan aniqlanadi, ular esa o’z navbatida katta sondagi ko’rgazmali materiallarni talab qiladi, chunki ularning ishtirokisiz jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini, biologik, ximik va fizika jarayonlarning hosil bo’lish mexanizmini va rivojlanishini to’liq namoyish qilib bo’lmaydi.
Ta’lim tizimi uchun multimediali o’quv kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy didaktik masalalaridan biri – o’qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga ta’sir qilishning umumiy metodlari muhim o’rinlardan birini egallaydi.
Multimedia o’quv kurslari avvalgi tradision o’quv qo’llanmalardan ko’p jihatlari bilan farq qiladi. Shu jumladan, o’quv materiallarini o’quvchilarga tavsiya etish multimediali: grafika, animasiya, video, ovozli va tovushli harakatlar, real voqyea va hodisalarni modellashtirish kabi boshqa ko’plab elementlar orqali amalga oshiriladi, chunki ular natural obyektlar va ko’rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki to’liq qoplash imkonini beradi. Bu esa o’quvchilarni o’rganayot-gan mavzular bo’yicha bilim va malakalarni shakllantirishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. chunki ular natural obyektlar va ko’rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki to’liq qoplash imkonini beradi. Multimedia o’quv kurslarida o’quv materiallarini to’ldiruvchi va uning qabul qilish darajasini oshiruvchi ko’rgazmali vositalari alohida jadvallar, grafik sxemalar , rasmlar va boshqalardan iborat bo’lgan slaydlar, videofilmlar va boshqa shunga o’xshash ko’rgazmali nazariy materiallar orqali tasvirlanilishi mumkin.
Multimedia o’quv kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va Internet tarmog’i keng imkoniyatlarni ochib beradi.




  1. Download 3,69 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Download 3,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu. Zamonaviy ta’lim maqsadlarini AKT asosida amalga oshirish

Download 3,69 Mb.