• Ta`riflash testlar.
  • Hisoblanayotgan testlar.
  • 7-Mavzu. Masofaviy ta’limning axborot texnologiyalari Masofaviy o’qitishning texnologik asoslari.
  • Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari




    Download 3,69 Mb.
    bet26/69
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,69 Mb.
    #228151
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
    Bog'liq
    ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

    Raqamli testlar. Bu turdagi testlar asosan Qisqa javobli testlarga o’xshaydi. Farqi shundaki, raqamli testlarda javob varianti kiritilganda mumkin bo’lgan xatolik bo`lishi mumkin. Qisqa javobli testlarda esa bunday holat yo’q. Masalan Raqamli testlarda to’g’ri javob varianti 30 soni bo’lsa, agar xatolikni 5 deb olsak unda 25 soni bilan 35 orasidagi sonlardan bittasini to’g’ri deb qabul qiladi.
    Ta`riflash testlar. Bu tipdagi savollar asosan test hisoblanmaydi, ya’ni javob variantlari bo’lmaydi. Uni vazifasi biror bir tekstni ko`rsatishdan iborat. Biz bunday tipdagi ko’rsatmalarni keyingi savollar guruhini tasnifini ko’rsatish uchun ishlatishimiz mumkin.
    To`g`ri/Noto’g’ri javobli testlar. Bu turdagi testlarda savolga javob sifatida Rost, Yolg’on ya’ni To’g’ri, Noto’g`ri javoblaridan bittasi tanlandi. Javob sifatida rasm bo’lishi ham mumkin.
    Hisoblanayotgan testlar. Bu tipdagi testlarda savol formula asosida kiritiladi. Savolga javob hisoblashni bajarilgandan keyin beriladi. Savolga kiritilgan formula shablon yordamida yoziladi. Shablonlar abs, cos, sin, log10, log, th, max, min, atan, sqrt kabi ko’rinishda ham bo’lishi mumkin.
    Esse testlari. Bu tipdagi testlarda savol matn yoki tasvir ko’rinishida bo’ladi. Talaba javobni Esse formatida yozadi. Esse savolini tuzish uchun uchta maydonni to’ldirish kerak:

    • Savol sarlavhasi

    • Savol matni

    • Teskari aloqani

    Talabani savolga bergan javobini o`qituvchi o’qib chiqib keyin baholaydi. Baholab bo’lgandan keyin esa o`qituvchi talaba bergan javobga izoh yozadi. Bu tipdagi testlarning boshqa tipdagi testlardan asosiy farqi ham shunda.


    7-Mavzu. Masofaviy ta’limning axborot texnologiyalari

    1. Masofaviy o’qitishning texnologik asoslari.

    Masofadan o`qitish texnologiyasi (MO`T) mahsus metod, vosita va o`qitishning tashkiliy shakllari tizimi bo`lib,ta`lim mazmunini ko`p tarmoqli ravishda amalga oshirishga qaratilgan.
    Pedagogik jihatdan qayta ishlangan o‘quv mazmuni o`z ichiga olgan masofaviy o`qitish o`qituvchi va o‘quvchi qo`lidagi o‘quv vositalari o‘quv mazmunini taqdim etish, o‘quvchilarning o`rganish faoliyatini tekshirish va boshqarish vazifasini bajaradi. Maolum bir o‘quv materiali bir qancha o`rgatish vositalari (bosma materiallar, audio-video va boshqalari) bilan berilishi mumkin. Vositalarning har biri o`z didaktik imkoniyatlarga ega. O`qituvchi bu imkoniyatlarni bilishi va o‘quv materialini har hil vositalarga ko`ra bo`lib chiqishi, didaktik vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan o‘quv axborotlarni tashuvchi tizim sifatida o‘quv materiallaridan o‘quv vositalari kompleksini yarata olishi kerak. Masofaviy o`qitish tizimi vositalari qo`ydagilardan iborat bo`lishi mumkin:
    Darsliklar (anoanaviy darsliklar, elektron darsliklar, qo`llanmalar, spravochniklar va boshqalar).
    2.(Kompyuter) tarmoqdagi o‘quv-metodik qo`llanmalar;
    3.Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o`qituv tizimlari;
    4.Audio va o‘quv axborot materiallari;
    5.Video o‘quv-axborot materiallari;
    6.Masofaviy labaratoriya praktikumlari;
    7.Masofaviy trenajyorlar;
    8.Masofaviy axborot va bilimlar bazasi;
    9.Masofaviy elektron kutubhonalar;
    10.O`rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o`qitish vositalari;
    11.Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o`qitish vositalari;
    12.Virtual reallikka asoslangan o`qitish vositalari.
    Masofadan o`qitish tizimida o`qitish vositalari yangi axborot texnologiyalari vositasida amalga oshiriladi. Keltirilgan vositalarning xarakteristikalarini keltiramiz.




    1. Download 3,69 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




    Download 3,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari

    Download 3,69 Mb.