-amaliy ish: Ilmiy ishlanmani nashrga tayyorlash




Download 3,69 Mb.
bet41/69
Sana13.05.2024
Hajmi3,69 Mb.
#228151
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Bog'liq
ILMIY VA O’QUV-USLUBIY FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

2-amaliy ish: Ilmiy ishlanmani nashrga tayyorlash
Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash. Ilmiy materiallarni nashr qilish — ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoki korxona jamoasi bajaradigan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijalariga mualliflik xuquqini oshkora ximoya qilish shakllaridan biri.
Ilmiy materiallarni nashr qilish yoki oshkora yoki yopiq, tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ochiq, matbuotda muayyan talablarga zid bo’lmagan ishlar e’lon qilinadi.
Ilmiy materiallar quyidagi ko’rinishda e’lon qilinishi mumkin:

  • monografiya;

  • jurnaldagi maqola;

  • OUYU, ITI asarlari to’plamidagi, xalqaro, soxa va boshqa xil konferentsiyalar to’plamidagi maqola; rasmiy kengash va konferentsiyalarning dokladlari tezisi;

  • referativ jurnallardagi maqola;

  • davlat qaydnomasiga ega ITI bo’yicha xisobotlar;

  • kashfiyot va ochilgan yangilikka patentlar;

  • respublika ilmiy-texnikaviy kutubxonalarda deponentlangan ishlar;

  • gazetadagi maqolalar.

  • Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  • ilmiy materialni nashr qiluvchi nashirga qo’ygan talablarni o’rganish;

  • tanlangan ilmiy ish bo’limi mazmunini yozma bayon qilish;

  • sof patentlikka ko’ra maqola mazmunini tekshirish;

  • ochiq matbuotda e’lon qilish uchun maqolani ekspertizadan o’tkazish, kashf etish, yangilik yaratish unsurlarini yo’qligi; maqolani ichki va tashqi taqrizga berish;

  • maqolani nashirga topshirish.

Ilmiy materiallarni rasmiylashtirish talabi material turiga bog’lik va u quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • nomi va uning hajmiga bo’lgan talab;

  • chap, o’ng tomondan, yuqori quyidan qoldiriladigan ochiq joy hajmi;

  • saxifalarga tartib raqamlarini qo’yish;

  • rasmiylashtirish muxarriri;

  • jadval va rasmlarni berilishiga talablar; bosish shrifti va intervali;

  • bayon etilish tili;

  • boshqa tildagi annotatsiyalarga bo’lgan talab.

Nashr etilayotgan ilmiy material kirish qismidan, amalda bayon etilayotgan ilmiy material mazmuni va bayon kilinayotgan mavzu bo’yicha xulosadan iborat bo’lishi kerak. Agar muallif ma’lum ilmiy ishlarni xavola qilsa yoki ulardan foydalansa ular adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilishi kerak.
Muallif patent sofligiga ilmiy maqola mustakil tekshiruvini amalga oshirishi, buni maqolani nashrga tayyorlash jarayonida bajarish kerak. Patent sofligiga ko’ra tekshiruv o’z ichiga prototiplar va analoglarni topish, farqli tomonlarni belgilashni oladi. Xar bir nashrga ekspertiza dalolatnomasi tuziladi. Buni mazkur ish bajarilgan tashkilot tuzadi, ochiq matbuotda e’lon qilish imkonini va mazmuni bo’yicha tegishli xulosa beradi.
E’lon qilishga taqdim etilayotgan ilmiy materialga ayrim xollarda taqriz talab qilinadi. Taqriz ichki yoki tashqi bo’lishi mumkin. Ichki taqriz ish bajarilgan tashkilot mutaxassi tomonidan beriladi. Tashqi taqriz esa boshqa tashkilot mutaxassi tomonidan yoziladi.
Shuni ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish bosqichida bo’lgan ilmiy tadqiqot ishlarining materiallari, agar tugallanmagan va muayyan aniq xulosalar yoki yakunga yetmagan bo’lsa e’lon etish uchun tavsiya qilinmaydi.
Ilmiy materiallarni nashr qilish — ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoxud korxona jamoasi bajargan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijasiga mualliflik xuquqini oshkora ximoya qilish shakllaridan biri. Muallif (yoki mualliflar) ilmiy tadqiqotlarni ularni e’lon qilishga tayyorlash bosqichida patent sofligiga mustaqil tekshirishni amalga oshirishlari shart.


Download 3,69 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Download 3,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-amaliy ish: Ilmiy ishlanmani nashrga tayyorlash

Download 3,69 Mb.