|
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish prinsipial sxemalariBog'liq ilm-fan 1504ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
16
signalizatsiya, blokirovka, himoya va avtomatlashtirishda ishlatiladigan vositalar haqida
tushuncha berishi lozim. Odatda signalizatsiya, blokirovka va himoya maxsus chizmalarda
kengaytirib beriladi. Prinsipial chizmalarda boshqarish organlari va kommunikatsiyalar bilan
birga texnologik qurilmalarning chizmasi, avtomatlashtirish vositalarini, texnologik
agregatlarning turli qurilmalari bilan avtomatlashtirish vositalari o ‘rtasidagi o‘zaro
bogianishlarni sxematik ko‘rsatiladi. Avtomatlashtirish masalalari texnologik vositalardan
foydalanib hal etiladi, bu vositalarga tanlangan qurilmalar, dastlabki axborotni aniqlovchi
vositalar, axborotni almashtirish va qayta ishlov berish vositalari, xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlarga axborotni tanishtirish va chiqarib berish vositalari hamda yordamchi vositalar
kiradi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sxemalarini (TJAS) ishlab chiqishda
quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 1. Avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlashda
texnologik jarayoning xarakterini, jarayonning yong‘inga va portlashga moyilligini; atrof
muhitning zaharliligini va agressivliligini; oichanayotgan muhitning fizik - kimyoviy
xossalarini va parametrlarini; oichash o ‘zgartkichlarining o‘rnatilgan joyidan nazorat va
boshqaruv punktlarigacha axborot signallarini uzatish uzoqligini (masofasini), boshqarish
tizimiga ishonchliligi, aniqligi va tez ta ’sir ko‘rsatishi xususidagi talablarni hisobga olish
zarur. 2. TJAS avtomatlashtirishning HT ning seriyalab ishlab chiqariladigan vositalari asosida
qurilishi kerak; bunda qo'shilishi (birikmasi) soddaligi, o ‘zaro bog‘lanuvchanligi, shchitlarda
va boshqaruv pultlarida joylanishi qulayligi bilan ifodalanuvchi birxillashtirilgan tizimlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 3. Avtomatlashtirish tizimlari faqat seriyalab chiqarilgan
apparatura asosidagina yasalishi mumkin bo‘lmagan hollarda loyihalash jarayonida yangi
avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalar beriladi. 4. Yordamchi
energiyadan (elektr yoki pnevmatik) foydalanuvchi avtomatlashtirish vositalarini tanlash
avtomatlashtiriladigan obyektning yong‘in chiqishi va portlashga xavflilik sharoitlari bilan,
axborot va boshqarish signallarining tez ishlashi va uzatish masofasiga qo‘yiladigan talablar
bilan belgilanadi. 5. Dispetcherlik shchitlari va pultlarida o‘rnatiladigan signalizatsiya va
boshqarish asboblari va apparaturasi miqdori cheklangan bo‘lishi kerak. Apparaturaning
ortiqcha (ko‘p) bo‘lishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning diqqat-e’tiborini texnologik
jarayonning kechishini belgilovchi asosiy avtomatlashtirish vositalaridan chetga tortadi,
qurilmani ishlatishni murakkablashtiradi, uning tannarxini oshirib yuboradi. 6. TJASini ishlab
chiqishda tizimdagi boshqarish vazifalarini orttira borish imkonini hisobga olish kerak
Xulosa
Xulosa qilib, printsipial sxemalar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning orqa miyasi
bo'lib xizmat qiladi. Sanoat o'rnatishda samarali joylashtirish orqali jarayonni soddalashtirish
mumkin, natijada operatsion xarajatlar kamayadi, samaradorlikni oshiradi va ishlab chiqarish
samaradorligi oshadi. Bundan tashqari, samarali ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan
prinsipial sxema yaxshiroq rejalashtirish, yanada samarali qaror qabul qilishga olib keladi va
ishlab chiqarish xatolari ehtimolini kamaytiradi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni
kelajakda rivojlantirishda prinsipial sxemalarni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish juda
muhim rol o'ynaydi.
|
| |