Qurilmalardagi oqimlar tuzilishining
tipik matematik modellari
Ko‘p texnologik jarayonlar oqimda amalga oshiriladi. Oqim texnologik jarayonning ketishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun matematik modellashtirilayotganda, uning ta’sirini hisobga olish kerak.
Har qanday oqim o‘zining tuzilishi bo‘yicha murakkab hisoblanadi. Lominar oqim tuzilishi, turbulent oqimnikidan farq qiladi. Oqimning har xil joyida tezlik har xil bo‘lishi mumkin. Boypaslar, turg‘un zonalar bo‘lishi mumkin.
Oqim tezligining o‘zgarishi, boypaslar, tuyg‘un zonalar va boshqa oqimlar tuzilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlar, texnologik jarayonlar ketishiga ta’sir ko‘rsatadi va shuning uchun matematik modellashtirishda hisobga olinishi kerak.
Oqimlar tuzilishining o‘rganishda bir necha xil usullari mavjud. Masalan: oqimlar tuzilishi tug‘risida informatsiyani apparatning har bir nuqtasidagi tezlikni bilgan holda olish mumkin, ya’ni «tezlik maydonlari» ko‘riladi. Bu albatta juda murakkab masaladir. Yana boshqa kibernetik yo‘l bo‘lib, unda oqimlarning soddalashtirilgan fikriy modellari quriladi.
Birinchi bosqichda, juda soddalashtirilgan modellar, ideal oqimlar modellari tuziladi. Ikki xil ideal oqimlar modellari mavjud: ideal siqib chiqarish va ideal aralashtirish modellari.
|