Ideal siqib chiqarish modeli
Bu modelga asosan, modda porshenli harakat qilyapti deb qabul qilinib, bunda apparat uzunligi bo‘yicha aralashish yo‘q.
Zarrachalarning tizimda bo‘lish vaqti bir xil bo‘lib, u tizim xajmini xajmiy sarfga nisbati bo‘yicha aniqlanadi. Ideal siqib chiqarish modeli quyidagi matematik ifoda orqali ifodalanadi.
bu yerda,
S -konsentratsiya, x - koordinata, -vaqt, - oqimning chizikli tezligi.
Ideal siqib chiqarish modeli sxematik ravishda quyidagicha ko‘rsatiladi.
7 - rasm.
Ob’ektning pog‘onali turtkiga bo‘lgan reaksiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni pog‘onali turtkidan so‘ng ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng, chiqishda o‘zgarish bo‘ladi.
8(a) – rasm.
Impulsli turtkiga ob’ektning reaksiyasi quyidagicha:
8(b) – rasm.
Yuqoridagi xarakteristikalardan ko‘rinib turibdiki, ideal siqib chiqarish modellarini toza kechikuvchi zveno deb qarash mumkin. Kechikish vaqti , tizimning xajmi- V, oqimning xajmiy tezligi - Vc ga bog‘liqdir. (- vaqt).
Ideal siqib chiqarish modeliga misol qilib trubasimon apparatlarda ketadigan jarayonlarni keltirish mumkin, bunda truba uzunligini uning diametriga nisbati 100 dan katta bo‘lishi kerak.
I
|