1) CHoklarni ko‘zdan kechirish va o‘lchamlarini o‘lchash
Tekshirishning bu usuli payvandlashda zarur va keng tarqalgan usullardandir.
Payvandlashda yomon payvandlanadigan po‘latlarning payvand choklarini qayta-qayta ko‘zdan kechirish tavsiya etiladi. Ko‘zdan kechirish bilan darz ketgan joylar yoki birikkan elementlar o‘qlarining noperpendikulyarligi, biriktiriladigan elementlar qirralarining surilganligi, choklarning o‘lchamlari va shakllari nomuvofikligi (balandligi, kateti va chok kengligi hamda kuchaytirishning bir tekismasligi, qatlamlanishi bo‘yicha), barcha ko‘rinishlar va yo‘nalishlardagi darzlar, erib to‘planib qolgan joylar, kesiklar, kuygan joylar, to‘ldirilmagan kraterlar, yaxshi payvandlanmagan erlar, ovaklik va boshqa nuksonlar, bir kesimdan ikkinchi kesimga o‘tishning ravonmasligi, payvandlangan uzel (buyum)ning umumiy geometrik o‘lchamlarining chizma va texnik shartlarga to‘g‘ri kelmasligi, payvandchining tamg‘asi yo‘qligi yoki qo‘yilgan tamg‘aning joriy qilingan talablarga mos kelmasligi aniqlanadi.
Bittasini ham koldirmasdan barcha payvand birikmalarni ko‘zdan kechirish lozim. Tashqi ko‘rik va payvand birikmalarni o‘lchash tekshirish ob’ekti etarlicha yoritilgan sharoitda amalga oshiriladi.
|