) Kapillyar defektoskopiya




Download 1,53 Mb.
bet21/37
Sana23.07.2021
Hajmi1,53 Mb.
#15863
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
3) Kapillyar defektoskopiya

Nazoratning kapillyar usuli nuqsonlarga suyuqliklar (penetrantlar) ni kapillyar oqib qirishiga asoslangan va kontras ko‘rinishidadir. Nazorat qilishning kapillyar usuli ikki rangli va lyuminessentli usullarga ajraladi.



Rangli defektoskopiya. Rangli defektoskopiya usulining ma’nosi kuyidagicha. Nuqsonlarni aniqlash uchun oldindan tozalangan va moysizlantirilgan payvand choki sirtiga va uning atrofiga yuqori kapillyar aktivlikdagi maxsus tarkibli, to‘q qizil rangli buyoq surkaladi. Kapillyar kuchlar ta’sirida suyuqlik (qizil bo‘yoq) mayda tirqishlarga va teshiklarga — sirtda joylashgan nuqsonlarga qiradi. SHundan keyin qizil bo‘yoqning ortiqchasi payvand birikma sirtidan tozalab olinadi va uning utsiga maxsus oq buyoq surtiladi, bu oq bo‘yoq tarkibida adsorblovchi va nuqsonlardan qizil bo‘yoqni tortib oluvchi modda bor. Ok bo‘yoq fonida hosil bo‘lgan qizil rasmlar nuqson shakli va xarakterini ifodalaydi, payvand chokning nazorat qilinadigan sirtidagi bu rasmlarni oddiy ko‘z yoki lupa yordamida aniqlash mumkin.

Bu usuldan legirlangan po‘latlar, qora metallar va rangli metallar hamda qotishmalar, plastmassalar va hokazo payvand birikmalarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Nazorat qilishning hamma qoidalariga rioya qilinganda chuqurligi 0,01 mm va kengligi 0,001 mm gacha bo‘lgan yoriqlarni aniqlash imkonini beradi. Boshqa fizik nazorat kilish usullari ichida bu usul texnologiyasining oddiyligi, arzonga tushishi va bevosita konsruksiyaga o‘rnatilgan detallarni ham nazorat qilish mumkinligi bilan ajralib turadi.

Lyuminessent usuli shundan iboratki penetrant izlari yaxshiroq namoyon bo‘lishi uchun unga lyuminoforalar (ultrabinavsha rangda yonuvchi bo‘yyoqlar)qo‘shiladi.


Download 1,53 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Download 1,53 Mb.