Texnologiya fanida o’quvchilarga “ Yubkalarni konstrutsiyalash, modellashtirish, tikish texnologiyasi “ mavzusini o’qitish metodikasi




Download 74 Kb.
bet3/3
Sana02.06.2022
Hajmi74 Kb.
#22686
1   2   3
Bog'liq
Texnologiya fanida 6
конкурс, 1.Maruza, shox, Бозор учун кушимча шартнома, Илтимоснома, 8-9 маъруза вектор, Oddiy differensial tenglamalar, 03, Ekologiya mustaqil ishlar to\'plami, 1-amaliy mashgulot — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия, O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” fanidan 1-oraliq nazoratg, AZIZ ASRIMIZNG AZIZ ONLARI AZIZ ODAMLARDAN SURAYDI KADRIN FURSAT GANIMATDIR SHOX SATRLAR ILA BEZAMOK CHOGIDIR UMR DAFTARN XAYOT DA XAMA NARSA BULARKAN INSON ZOTI BORKI GUNOX KILARKAN GOXIDA XATOLAR KILARKAN UZI BILARKAN GOXO, ЯНГИ ТАҲРИРДАГИ КОНСТИТУЦИЯ ЛОЙИҲАСИ, Ilg
Yubka taqilmasi “molniya “ tasmali taqilmaga “molniya” tasmani yubka o’ngidan ko’rinib turadigan qilib yoki ichkariroqqa ko’rinmaydigan qilib qo’yilishi mumkin. “Molniya “ tasma ich kiyimni ilib ketmasligi uchun ehtiyot ko’rinma qo’yiladi (37-rasm). Ehtiyot ko’rinma 8-9 sm kenglikda,faqat astar gazlamadan yoki astar va avra gazlamadan o’rish iplari bo’ylab qirqib bichiladi. Uning uzunligi taqilma uzunligiga mos bo’lishi kerak. Ehtiyot ko’rinma avea astarli bo’lsa avrasi o’ngi ichkariga qaratilib, astari bilan juftlanadi. Yuqori va tashqi qon chetlari ag’darma chok bilan tikiladi. Keyin o’ngiga ag’darilib, ichki va pastki qirqimlari yo’rmaladi.

Ehtiyot ko’rinma faqat astar gazlamadan bo’lsa, gazlama parchasi o’ngi ichkarisiga qaratib buklanadi. Yuqori va ostki qirqimlari ag’darma chok bilan tikiladi. O’ngiga ag’darib, ichki qirqimi yo’rmaladi.


Taqilma ko’rinmaydigan “molniya” tasmali qilib tikiladigan bo’lsa, yubkaning ort va old bo’laklari bichilayotganda taqilma ishlov haqi qoldiriladi.Yubka choklari biriktirib tikiladi va ular yorib dazmollanib,ayni vaqtda old bo’lakdagi taqilma haqi bukib dazmollanadi.”Molniya” tasmaning bir tomoni yubkaning old bo’lak taqilma haqiga bostirib tikiladi, ikkinchi tomoni esa ort bo’lakka ilintirib tikiladi. Bunda tasma yubkaning ort bo’lagi bilan ehtiyot ko’rinma orasida qo;oshi kerak. Tasmaning ichki cheti taqilma cheti bo’ylab bezak baxyaqator yuritayotganda qo’shib tikiladi. Bezak baxyaqator yuritilmaydigan bo’lsa, tasma cheti qo’lda yashirin qaviq solib yoki yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo’yiladi. Taqilma pastki uchi old bo’lak teskarisidan ikkita ko’ndalang baxyaqator yuritib puxtalanadi.
Taqilma ko’rinib turadigaan “molniya” tasmali qilib, ya’ni ko’rinma qo’yma tikiladigan bo’lsa yubka choklari biriktirib tikilgandan va yorib dazmollagandan keyin, tasmaning o’ngi yubkaning teskarisiga qaratilib, dazmollangan taqilma chetlari ustiga qo’yiladi. Tasma choki qirqimlardan 0,5 sm narida tikiladi. Tasmaning pastki chetlari yubka tomoniga qiyalama buklab qo’yiladi.
Yubkaning yuqori chetgi ishlov berish .
Yubkaning yuqori chetida qaytarma belbog’, ulama, korsaj, tasma va boshqa detallar bo’lishi mumkin.
Yubkaning yuqori cheti qaytarma belbog’li bo’lsa, oldin belbog’ tikib olonadi. Buning uchun, belbog’ o’ngi ichkarisiga qaratib buklaydi va tagida qoladigan uchi ko’ndalangiga, ustki uchi esa uchburchak shaklida 0,7 sm kenglikda chok bilan tikilad. Burchak joylardagi chok haqi 0,2 sm qoldirib, ortiqchasi kesib tashlanadi. Belbog’ uchlari o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi va dazmollanadi. Belbog’ yubkaning o’ngi tomoniga qo’yilib, ularning qirqimlari tekislanadi.Belbog’ ustiga astarlik gazlama parchasi qo’yib, u yubkaga belbog’ bilan birga 0.7 sm chok bilan tikiladi. Belbog’ taqilmaning ostki ziyidan boshlab ustki tomondagi qismining ziyigacha tikiladi. Belbog’ qaytarilib turib, chok to’g’rilanadi, qo’yilgan gazlama parchasining qirqim tomoni ichkari tomonga qo’yilgan gazlama parchasining qirqim ichkari tomonga qo’yilgan gazlama va shu bukulgan ziydan 0,1 sm masofada bostirib tikiladi. (39-rasm)
Gazlama parchasining qirqim tomoni bostirib tikilayotganda ilgak uchlari yubkaning old va ort bo’laklari o’rtasidan baravar uzoqlikdagi joyga qo’yilib, ikkita yoki uchta qaytma baxyaqator bilan puxtalanadi. Belbog’ yubkaning o’ngiga qaytariladi va belbog’ detalidan 0,2-0,3 sm kant hosil qilib dazmollanadi. Belbog’ning pastki ziyining bir –biridan 10-12 sm oraliqdagi joylari qo’lda besh- oltita qaviq solib, yubkaga chatiladi.
Yubka yuqori chetiga korsaj tasma qo’yiladigan bo’lsa tasma uzunasiga, buklab dazmollanadi. Andoza qo’yib yubkadagi vitochkalar taxlamalar, yon choklar va h.kzalar to’g’ri keladigan joylar belgilanadi. Belgilanga chiziqlar yubkaning vitachkalariga, choklariga to’g’ri keltirib qo’yilib, tasmaning bir cheti yubkaga, yubkaning teskarisidan tasma qirqimidan 0,2 sm, yubka qirqimidan esa 0,7 sm narida bostirib tikiladi.

38 rasm

Bunda tasmaning bir uchi pastki taqilmadan, 2,5 sm oshirib, ikkinchi uchi esa ustki taqilmadagi kertimdan 1sm oshirib qo’yiladi va pastki taqilma ziyidan boshlab ustki taqilmadagi kertimgacha tikiladi. Tasma uchi ichkari tomonga 1sm bukilib, maxsus mashinada temir ilgakning ikkita qulog’i va uchining bukilgan joyi 12-14 tadan qaviq solib qo’lda chtiladi. Tasma dazmoldan hosil bo’lgan izi bo’ylab bukilib,ilgakning qaytilgan uchi tagidan o’tkaziladi va yon ziylari qo’lda qaviq solib tikiladi (38-rasm). Tasmaning ulanmagan qirqimi yubka chetiga chiqarilib, undan 0,1 sm masofada bostirib tikiladi, shu bilan bir vaqtda tasmaning ikkinchi uchini bukib tikib yuboriladi. Tasmaning ustiga, uning eni o’rtasiga astarlik gazlamadan ikkita ilgak qo’yib keyin bostirib tikiladi,(38-rasm).
Yubka yuqori cheti ulama belbog’li bo’lsa, belbog’ning o’ngi yubka teskarisiga qaratib qo’yiladi. Pastki taqilmasi ziyidan boshlab ustki taqilma ziyigacha 0,7 sm chok bilan tikib ulanadi.Shu bilanbir vaqtda ikkala ilgak ham tikib ketiladi. Belbog’ o’ngi tomonga, uning qirqimi ulangan chokidan 1sm oshirib buklanadi va belbog’ uchlari 0,5 sm kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Burchaklarda 0,2-0,3 sm chok haqi qoldirib,undan ortiqchasi qirqib tashkanadi. Belbog’ burchaklari o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi. Belbog’ ikkinchi qirqimi 0,7 sm buklanadi va belbog’ ulangan chokdan 0,2 sm pastroq tushirilib, shu buklangan ziyidan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi. Ayni vaqtda belbog’, uning yuqori va yon ziylari bo’ylab ulardan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi.
Ustki taqilmaga andoza qo’yib, temir ilgaklar joyi belgilanadi. Temir ilgaklar taqilma bukish haqi bilan astari orasiga kiritilib, ularning bukilgan uchi taqilma buklangan ziyida hosil qilingan teshiklardan tashqariga chiqarilib, qulog’i va uchining bukilgan joyi 9-10 tadan qaviq solib qo’lda chatiladi.
Petlya joylari temir ilgaklar joyiga moslab belgilanadi. Taqilmaning ostki qismida petlyar ipdan qilinadi. Karsaj tasmaga esa ikkita temir petlya chatiladi- temir petlyarning qulog’ini karsaj tasma qatlamlari orasiga kiritilib va shu quloq, shuningdek, temir petilyaning ikki yoni 12- 14 tadanqaviq solib chatiladi. Taqilma ostki qismining temir petlyar yaqinidagi cheti tasmaga 5-6 qaviq solib chatiladi.
Yubka etagiga ishlov berish yubka etagini bo’rlash uchun, uni old va ort bo’laklari o’rtasidan bukib, yon choklari simmetrik vitachka va boshqa choklari bir-biri bilan ustma ust keltirib, stolga yoyiladi, bunda yubkaning o’ngi tashqarida teskarisi esa ichkarida bo’lishi kerak.

40 rasm
Andoza qo’yilib, yuqoriga qaratib qo’yilgan tomonida qirqish va bukish chiziqlari belgilanadi. Pastga qarab turgan tomoni yuqoriga aylantirilib, unda faqat bukish chizig’i belgilanadi. Yubkaning taxlamalari bo’lsa, ularni ko’klab qo’yilgan iplar so’kib tashlanadi. Yubka choklari bukib dazmollangan bo’lsa, ular etak qirqimidan 8-10 sm masofada keltirilib, shu oraliqdagi qismi yorib dazmollanadi.


Yubkaning etgi (40-rasm) belgilangan chiziq bo’ylab buklanib,hosil bo’lgan ziydan 2sm narida maxsus mashinada ko’klanadi. Klyosh yubkalat etagi ikki qator ko’klanadi. Bunda birinchi qator, press yostig’i ustiga qo’yiladi:
Ort bo’lak ustiga bort qotirmasi yelim plyonkali tomonini pastga qaratib, ko’krak atrofi qabariqlari old bo’lak qabaqlariga buklangan ziydan 1m narida, ikkinchi qator esa qirqimdan 1sm narida o’tadi. Yubka etagi buklab, ko’klab olingandan keyin (ba’zan ko’klamasa ham bo’ladi) uning qirqim tomoni yana ichkari tomon buklanib, yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo’yiladi.
Yubka tez titiladigan jun gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, etak qirqimiga astarlik gazlamadan mag’iz qo’yiladi yoki tasma tikiladi, shuningdek, uni unversal mashinada bukib tikiladi yoki maxsus mashinada yo’rmalanadi ( 40 – rasm, b, v, g). Yubka zich to’qilgan jun gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, etagining bukish haqi yelimlab yopishtirib qo’yilsa ham bo’ladi (40-rasm, d), buning uchun uning chetiga yo’rmalagan qirqimdan 0,1 sm naridan yelim plyonka qo’yoladi. Etak bukib ko’klanadi va presslab yopishtiriladi. Yubka ip gazlamadan tikilayotgan bo’lsa uning etak qirqimi yashirin baxyali maxsus mashinada yoki unversial mashinada tikib qo’yiladi.bunda bukish haqi ko’klanmaydi. Yubkaning etagi dazmolda yoki pressda dazmollanadi
Download 74 Kb.
1   2   3




Download 74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya fanida o’quvchilarga “ Yubkalarni konstrutsiyalash, modellashtirish, tikish texnologiyasi “ mavzusini o’qitish metodikasi

Download 74 Kb.