Yubka uchun o’lchov olish va bichish




Download 74 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2022
Hajmi74 Kb.
#22686
1   2   3
Bog'liq
Texnologiya fanida 6
конкурс, 1.Maruza, shox, Бозор учун кушимча шартнома, Илтимоснома, 8-9 маъруза вектор, Oddiy differensial tenglamalar, 03, Ekologiya mustaqil ishlar to\'plami, 1-amaliy mashgulot — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия, O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” fanidan 1-oraliq nazoratg, AZIZ ASRIMIZNG AZIZ ONLARI AZIZ ODAMLARDAN SURAYDI KADRIN FURSAT GANIMATDIR SHOX SATRLAR ILA BEZAMOK CHOGIDIR UMR DAFTARN XAYOT DA XAMA NARSA BULARKAN INSON ZOTI BORKI GUNOX KILARKAN GOXIDA XATOLAR KILARKAN UZI BILARKAN GOXO, ЯНГИ ТАҲРИРДАГИ КОНСТИТУЦИЯ ЛОЙИҲАСИ, Ilg
2.Yubka uchun o’lchov olish va bichish.
Yubka vitochkalarning o’rni soni va kattaligini aniqlash har bir figuraning xususiyatlariga bog’liq. To’g’ri yubkada ort bo’lakda 2ta, old bo’lakda 2ta vitochka loyihalanadi. Agar vitochka kattaligi 4sm dan oshsa, u ikkiga bo’linadi, ya’ni 2ta vitochka o’rniga 4ta loyihalanadi. Klassik to’g’ri yubka ort bo’lagi o’rtacha chokli yoki yaxlit bo’ladi. Taqilma chap yon chokda yoki ort o’rta chokda tikiladi. To’g’ri yubka belbog’li vabelbog’siz qilib tikilishi mumkin.(2-rasm)

1-jadval


O’lchov belgisi belgilanishi

O’lchov belgisi nomi:

Kattaligi, sm.

S(bel)

Bel aylanasi

37

S(bo’k)

Bo’ksa aylanasi

50

D(ort bel)

Orqaning belgacha uzunligi

40,4

V(bel chizig’i)

Bel chizig’i balandligi

103,0

V(tizza)

Tizza balandligi

45,4

D(yon bel)

Beldan polgacha, yon tomondan bo’lgan masofa

105,8

D(bel old)

Old tomon beldan polgacha bo’lgan masofa

103,9

D(bel tizza =) V(bel chiz-)
V(tizza)

Beldan tizzagacha bo’lgan masofa

103-45,4=57,6

2-jadval


P(bel)=0,5-.....1,5sm

-bel aylanasiga




P(bo’k)=1,0....4,0sm

-bo’ksa, aylanasiga




PD(bel)= -2,5.....+45,0

-yubka uzunligiga







Konstrukt ip bo’lak belgisi

Siljitish yo’nalishi

Hisob formulasi va hisoblar

Konstrukt ip bo’lak qiymati, sm


Vertikal bo’yicha pastga

TB=0,5D(ort bel)=0,5x40,4

20,2

TN

Vertikal bo’yicha
Pastga

TN=D(beltizza)+PD(bel tizza)=57,6+(-2,6)=57,6-2,6

55,0

BB1

Gorizantal bo’yicha o’ngga

BB1=S(bo’k)+P(bo’k)=50,0+2,0

52

BB2

Gorizantal bo’yicha o’ngga



BB2=0,5(Sbo’k+Pbo’k)-1,0=26-1,0

25,0

BB3

Gorizantal bo’yicha o’ngga

BB3=0,4BB2=0,4x25,0

10,0

B1B4

Garizontal bo’yicha chapga



B1B4=0,4 B1 B2=0,4x27,0

10,8

T2T20

Vertikal bo’yicha yuqoriga



T2T20=D(ortbel)-V(belchiziq)=103,9-103,0



EV=(Sbo’k+Pbo’k)-(Sbel+Pbel)=52,0-38,0

Ort vitochkaning kattaligi =0,35EV

Yon vitochka kattaligi =0,15EV




0,9

14









T30 T 33

Vertikal bo’yicha pastga



Ort vitochka uzunligi=16,0

16,0

T20 T23

Vertikal

Yon vitochka uzunligi=19,0

19,0

3.Yubkani modellashtirish va tikish


Yubka andozalarini qurish uchun model konstruktsiyasi chizmasi (5-rasm), yubkani yig’ish chizmasi.(texnologik ishlov berish sxemasi), tikish uchun tavsiya etiladigan materiallar xossalari haqidagi ma’lumotlar aniqlab qo’yiladi. Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (bo’ksa,etak) bo’laklardagi mantaj kertiklar o’rni aniq ko’rsatiladi. Montaj kertiklar yon choklaridan (2tadan) ort o’rta qirqimida (2ta), bel vitochkalari o’rnida belgilanadi.
Andozalar turlari, ularni ishlab chiqish uchun qo’yiladigan talablarT-24, T-33, T-38 modullarda keltirilgan.
Yubka uchun asosiy (avra) va qotirma bo’laklar andozalari (7-8-rasm) ishlab chiqiladi. Andozalar spetsifikatsiyasi 4-jadvalda, tanda ipi yo’nalishi 5-jadvalda, chok haqi qiymatlari 6-jadvalda keltirilgan.
Andozalar birikuvchi qirqimlar uzunligi va konfiguratsiyasi bo’yicha solishtiriladi va muvofiqlashtiriladi. Andozalar spetsifakatsiyasida bir kiyim koplektiga kiruvchi bo’laklar tartibi va soni keltiriladi. Andozalar qirqilgach, texnik shartlar asosida rasmiylashtiriladi. Har bir bo’lakka markirovka belgisi qo’yib chiqiladi: kiyim nomi, razmeri, bo’yi, bo’lak nomi, bichilgan bo’laklar soni. Andozalarda tanda ipi yo’nalishi va uning yo’l qo’yiladigan chetga og’ish kattaligi, uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar, nazorat kertiklar aniq ko’rsatiladi.

Yubkalar birlashtiruvchi choklar miqdoriga qarab: bir chokli, ikki chokli to’rt chokli, olti chokli , sakki chokli va ko’p chokli bo’lishi mumkin.


Yubka tikishda hamma biriktirma choklarnimng qirqimlari maxsus mashinada yo’rmaladi. Vitochkalarni belgilangan chiziq bo’ylab yuqori qirqimda tika boshlab, choki pastga tomon asta-sekin yo’q qilib yuboriladi. Modelda mo’ljallanganiga muvofiq, vitochkalarni yoritib yoki bir tomonga yotqizib dazmollab, ular uchidagi solqilar kirishtiriladi. Yubka taqilmasi chokda, taxlamada bo’ladi yoki maxsus mashinada tikiladi.
Yubka old bo’lagi teskarisiga yordamchi andoza qo’yib, taqilma chetining chizig’i belgilanadi. Bu chiziqdan 0,2 sm masofada tarangroq tortib bo’ylama yoki yelim uqa qo’yiladi. Bo’ylamani old bo’lakka universal mashinada, uning qirqimdan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib tikiladi. Taqilma haqining chetiga astarlik gazlama parchasi (mag’iz) qo’yib 0,4-0,5 sm kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Gazlama parchasi ag’darma chokdan aylantirib o’tkazilib 0,4-0,5 sm kenglikda kant hosil qilinadi va ag’darma chok yonidan unversal mashinada baxyaqator yuritilada. Ip gazlamadan tikiladigan yubkalarda taqilmaning cheti teskarisiga 0,7 sm bukulib, bukulgan ziyldan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritiladi.
Yubka belbog’siz bo’lsa, old bo’lak taqilma haqi o’ngi ichkariga qaratib bukiladi va yuqori cheti kertim joygacha universal mashinada 0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi. Taqillama burchaklari o’ngiga ag’darilib, yon ziyi qo’lda to’g’ri qaviq solib yoki zanjir baxyali maxsus mashinada ko’klanadi. Yon ziyi teskari tomondan dazmollanadi.
Ort bo’lak taqilma haqining chetiga astarlik gazlama parchasi qo’yib, 0,4-0,5 sm kenglikdagi ag’darma choki bilan tikiladi. Gazlama parchasi ag’darma chokdan aylantirib o’tkazilib, 0,4-0,5 sm kenglikda kant hosil qilinadi va ag’darma chok yonidan universal mashinada baxyaqator yuritiladi. Astarlik gazlamaning ichki cheti cheti 1sm buklanadi va hosil bo’lgan ziydan 0,2 sm narida universal mashinada baxyaqator yuritib tikiladi. Bu baxyaqator taqilma tugmalanganda old bo’lak tagidan ko’rinib qolmaydigan bo’lishi kerak. Astarlik gazlamaning ichki cheti yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo’yilsa ham bo’ladi.
Ip gazlamadan tikiladigan yubkalarda ort bo’lak taqilmasining ichki chetiga satin parchasi qo’yib, 0,4-0,5 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi. Chok to’g’rilanadi va yubka avrasidan 0,1-0,2 sm kant hosil qilib, ziyidan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritiladi.
Yubka qirqimlari old bo’lak tomondan biriktirib tikiladi. Chok yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Taqilma pastki uchi uning patki qirqimidan 1sm yuqorida universal mashinada ko’ndalangiga uchta baxyaqator yuritib puxtalanadi. Taqilma ziylari bo’ylab modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi yoki yolg’on qaviq solinadi. Yubka taxlamali bo’lsa, taqilma bezak chokining kengligi taxlama bezak chokining kengligi bilan bir xil bo’lishi kerak. Taqilma ustki qismi ostki qismi ustiga chiqarilib dazmollanadi.

Download 74 Kb.
1   2   3




Download 74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yubka uchun o’lchov olish va bichish

Download 74 Kb.