• Kurs ishining vazifalari
  • Kurs ishining obyekti
  • Kurs ishining tuzilishi
  • Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish maketlarini tayyorlash,texnologik xarita yaratish mavzusini o’qitish metodikasini mudarija kirish Asosiy qisim I bob




    Download 63,68 Kb.
    bet2/7
    Sana20.11.2023
    Hajmi63,68 Kb.
    #101609
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini-fayllar.org

    Kurs ishining maqsadi:­­ Ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish , maketlarini tayyorlash ,texnologik xarita yaratish’’ mavzusidagi amaliy mashg’ulotlarni modulli o’qitishning ilmiy­-uslibiy asoslarini ishlab chiqish va amalyotda sinab ko’rish
    Kurs ishining vazifalari:
    • Ayollar yubkasini modellashtirish va konstruksiyalash;


    • Texnologiya fanida o’quchchilarga ‘’Ayollar yubkasi asos chizmasini modellashtirish va konstruksiyalash ,maketini tayyorlash ‘’mazvusini o’qitish metodikasini ishlash


    • Ayollar yubkasi asos chizmasini chizish maketini yasash va tikish texnikasini tadbiq qilish.





    Kurs ishining obyekti
    Bajarayotgan tadqiqot ishlarini bevosita maktablarga kasb-hunar maktablariga ,kasb-hunar kollejlariga o’quv jaroyonida mustaqil o’rganish uchun zarur qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
    Kurs ishining predmeti
    ‘’Ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish , maketlarini tayyorlash ,texnologik xarita yaratish’’ amaliy mashg’ulot mavzusi pedagogic texnologiyalardan foydalanilganligi
    Ayollar yubkasini chizib loyihalash uchun ushbu mavzu yuzasidan bir soatlik dars ishlanmasi tayyorlanganligi.
    |Kurs ishining tuzilishi:Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.
    I.BOB. “AYOLLAR YUBKASI ASOS CHIZMASINI KONSTRUKSIYALASH VA MURAKKAB FASONDA MODELLASHTIRISH,MAKRTINI TAYYORLASH,TEXNOLOGIK XARITA YARATISH
    Yubkalar turli shakl va turli siluetli bo’ladi. siluetiga binoan to’g’ri, konussimon bo’ladi. to’g’ri siluetli yubkalar o’z navbatida keng va tor tikilgan bo’lishi mumkin. Tor yubka past tomnida kesimli, bitta yoki bir nechta yotqizib dazmollangan taxlamali qilib tikiladi. Etagi tomon kengaya borgan yubkalar klyosh, yarim klyosh, "qo’ng’iroqsimon" bo’lishi mumkin.
    Yubkalar birlashtiruvchi choklari binoan quyidagilarga bo’linadi: bir chokli, ikki chokli, to’rt chokli, olti chokli, sakkiz chokli. Yubkalar cho’ntakli, koketkali va turli bezak elementlari bilan tikilishi mumkin. Yubka taqilmalari "molniya" tasmali, ilgaklar va tugmalar bilan qadaladigan bo’ladi. yubkalarning yuqori qirqimiga ulama belbog’li, qaytarma belbog’li, korsaj lenta qo’yib ishlov berish mumkin. Etagi bukma chokli, mag’iz chokli, kungirador, qo’yma burmali, shlkilali qilib tikilishi mumkin. Yubkalar astarsiz va astarli bo’ladi, astarli yubkalarda astar rangi asosiy material rangiga mos bo’lishi kerak.
    Yubkaga ishlov berish
    Yubkalarni tikish ishlari tartibi ularning bichilishi bog’liq bo’ladi. To’g’ri bichimli yubkani tikishni vitachkalarga ishlov berishdan boshlanadi. Vitachkalar belgilangan chiziqlar bo’yicha yuqori qirqim pastka qarab tikiladi, choki asta-sekin, tekis yo’q qilib yuboriladi. Modelda mo’ljallanganiga muvofiq vitachkalar yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Bir tomonga yotqizib dazmollanadigan vitachkalar detalning o’rta chizig’iga qaratib yotqizilishi kerak. Yubkaning detallari biriktirib tikiladi, choklar maxsus mashinada yo’rmaladi, modelga muvofiq yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
    Yubka taqilmasini tikish
    Yubka taqilmasi chokda yoki taxlamada bo’ladi. chokdagi "molniya" tasmali taqilmani tikishning bir necha usullari bor. Taqilmaning ikkala tomonini bir xil qilib tikish uchun , yubka choklari biriktirib tikilgandan va yorib dazmollangandan keyin, "molniya" tasmaningg o’ngi yubkaning teskarisiga qaratilib, dazmollangan taqilma chetlari ustiga qo’yiladi. Avval ko’klab biriktirib olinadi, so’ngra taqilma bukilgan ziylaridan 0,5 sm tashlab bostirib tikiladi (1-rasm a).

    a b v
    1-rasm. Yubka taqilmasiga ishlov berish




    Download 63,68 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 63,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya fanida o’quvchilarga ayollar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish maketlarini tayyorlash,texnologik xarita yaratish mavzusini o’qitish metodikasini mudarija kirish Asosiy qisim I bob

    Download 63,68 Kb.