• Mashg`ulotning maqsadi
  • Texnologiya fanidan mehnat turlari Reja




    Download 81.5 Kb.
    bet1/2
    Sana28.02.2024
    Hajmi81.5 Kb.
    #164192
      1   2
    Bog'liq
    1362658763 41745
    TAT test, Internet shiddat bilan rivojlanishi, RAXMAT KATTA, KRASSWORD, mehnat iqtisodiyot, Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon, Maxzun bo\'lma, Shovkatov Sh 5 mustaqil ish



    Texnologiya fanidan mehnat turlari


    Reja


          1. Mashg`ulotning maqsadi.

          2. Mehnat ta`limining madsad va vazifalari.

          3. Mehnat ta`limiga qo`yilgan davlat ta`lim standarti.

          4. Mehnat ta`limi bo`yicha dastur talablarining mohiyati.

          5. Mehnat ta`limi mashg`ulotlarini tashkil etish.

    Mashg`ulotning maqsadi kurs ishtirokchilarining mehnat ta`limi bo`yicha malakalarini aniqlab, ularga bu boradagi ilmiy-uslubiy yangiliklar to`g`risida ma`lumotlar va mehnat mashg`ulotlarini davr talabi darajasida o`tish yuzasidan tavsiyalar berish.
    Mehnatning, nafaqat bola tarbiyasida, balki har qanday odamning komil inson bo`lib yetishishida ahamiyati naqadar ulkan ekanligi hammamizga ma`lum. Shuning uchun bo`lsa kerak, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mehnat to`g`risida alohida moddalar qabul qilingan. Masalan, “har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash… (37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar… (38-modda), har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganfa, shuningdek boquvchisidan mahrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`m`not olish huquqiga ega… (39-modda)” kabi huquqiy me`yorlarni misol qilib aytib o`tish mumkin.
    Xuddi shunday mehnatga, aynan olganda, mehnat ta`limiga e`tibor xalq ta`limida ham qaratilgan. Shu jumladan, boshlang`ich ta`limda ham har bir sinfda haftada bir soatdan mehnat ta`limi mashg`ulotlari tashkil etilishi belgilab berilgan.
    Boshlang`ich sinflarda o`tkaziladigan mehnat ta`limining maqsadi – “o`quvchilarning barhamol shaxs bo`lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar asoslarini (texnologiyasini) o`rgatish, ularni kasb tanlash bilan uyg`unlashtirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat” dir. Mehnat ta`limining tarbiyaviy maqsadi ham kattadir, ya`ni “o`quvchilarning mehnat ko`nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va hasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarni, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlikni shakllantirish” lozim.
    Mehnat ta`limining hozirgi davrdagi, qolaversa mehnat ta`limi o`qituvchilarining vazifalari ham, bu vazifalarning talab darajasida bajarilishiga ham yosh avlodning barkamol inson bo`lib yetishishlarida muhim o`rin tutadi. Bu vazifalar tubandagilardan iboratdir. Tashkiliy vazifalar – “o`quvxona, unda maxsus ish joyi, zarur materiallar, asboblar tashkil qilish. Sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi talablarini ta`minlash”. Uslubiy vazifalar – mashg`ultlarning yarim va bir yillik o`quv ish rejalarini tuzish, mahalliy sharoitlarni hisobga olish, o`g`il va qiz bolalarning o`zlariga xos mehnat mashg`ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirib borish va boshqalardir.
    Boshlang`ich ta`limda o`qitiladigan mehnat ta`limi fani o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini 5-sinf uchun uzviy bog`lanish zaminini yaratishni ko`zda tutadi.
    Bular ta`limiy va tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi yo`nalishlar hisoblanadi.
    O`qituvchi mehnat ta`limi mashg`ulotlari jarayonida o`quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta`lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo`lib yetishishlariga yordam berishi darkor.
    Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini malakasini oshirishga qo`yilgan davlat talablarida kursni bitirgan o`qituvchi mehnat ta`limi fani bo`yicha mashg`ulotlarni ham “talab darajasida o`tish mahoratiga ega bo`lishi” aytib o`tilgan. Ana shu talabdan xulosa chiqarib, har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi (mehnat ta`limi fanini o`qitmasa ham) mehnat ta`limi bo`yicha barcha me`yoriy-uslubiy hujjatlarni, davlat ta`lim standarti va dastur talablarini, mashg`ulotlar o`tish shart-sharoitlarini, metodikasini chuqur bilishi lozim bo`ladi. Shu bilan birga, (sinf rahbari sifatida ham) o`quvchlarning mehnat ta`limi dasturida belgilangan bilim, ko`nikmalarini davlat ta`lim standartlariga binoan o`zlashtirish holatini dastlabki, oraliq va yakuniy nazorat qilib borishlari kerak.
    Mehnat ta`limi “Inson va jamiyat” sohasiga kiradi. Bu sohaga jami beshta fan mavjud. Davlat ta`lim standarti beshta fan bo`yicha umumiy qilib, bir bo`limda keltirilgan. Bular orasidan mehnat ta`limi bo`yicha qo`yilgan talablarni aniqlab olish zarur. Tubandagi talablar shular jumlasiga kiradi:

    • texnik modellashtirishga oid ishlarni bilish;

    • uy-ro`zg`or ishlarini bajara olish;

    • sodda konstruktorlik ishlarini bajara olish;

    • duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (o`g`il bolalar uchun);

    • oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun);

    • inson mehnatini, faoliyat turlarini anglash.

    DTS 4-sinfning bitiruvchilariga qo`yiladi. Shunga qaramasdan, bu ko`rsatkichlarga o`quvchilar birinchi sinfdanoq tayyorlab boriladi. Har bir sinfda qanday bilim, ko`nikma va malakalarni berish dastur talablarida belgilab beriladi. Shuning uchun ham mehnat ta`limidan dars beruvchi o`qituvchi, avvalo, har bir sinf oxirida o`quvchlar bilishi, uddalay olishi kerak bo`lgan dastur talablarini chuqur bilishi shart va har bir mehnat ta`limi mashg`uloti jarayonida o`z maqsadini ana shu talablarni bajarishga qaratishi lozim.
    Masalan, o`quvchilar birinchi sinfni tugatgandan so`ng quyidagilarni uddalay olishlari lozim: - ayrim kasblarda ishlatiladigan asboblar nomlarini va nima maqsadda ishlatilishini bilish; - yog`och materiallar olinadigan daraxtlarni tanish va ularning nomlarini bilish; - ayrim gazlama turlari, nomi, xususiyatlarini va ulardan tayyorlanadigan buyumlarni bilish; - pazandalikda ishlatiladigan mahsulotlarning turlari va nomlari, nima maqsadda ishlatilishini bilish; - qandolatchilikda ishlatiladigam xom ashyolar va tayyorlanadigan mahsulotlarni bilish; - qurilish sohasida ishlatiladigan materiallar nomi, ayrim xususiyatlari va ishlatilish sohalarini bilish; - qog`oz va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, bo`yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash; - tugma qadash, eng oddiy choklarni tikish, gazlamalarni qirqishni bilish.
    Ikkinchi sinf oxirida kelib o`quvchilar mehnat ta`limi fani bo`yicha tubandagilarni bilishlari hamda bajara olishlari darkor. Ayrim kasblar mahsulotlari yoki tayyorlanadigan buyumlar, eskizlarini chizish va oddiy bezaklarini ishlash. Bir nechta kasblar sohasida ishlatiladigan asboblarning tuzilishini hamda ishlatilishini bilish.
    Ayrim tabiiy materiallardan oddiy tasvirlar va naqshlar tuzish. Yog`och materiallarning qattiq-yumshoqligi, egilish-sinishga, suvga, zaxga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini bilish. Gazlamalarning haroratga, saqlanishga chidamliligi, ularning har xil ta`sirlar natijasida o`zgarishlarini bilish.
    Tuproq, loy, sapol va boshqa materiallarning asosiy xususiyatlarini bilish. Oziq-ovqat mahsulotlarining eng oddiy xususiyatlarini bilish. Qog`oz, karton, gazlamalarni qirqish va kesish asboblaridan to`g`ri foydalanish. Kashtachilik va tikuvchilikda qo`llaniladigan asosiy chok turlaridan tikish. Ayrim ekinlarni o`stirish va chorva mollari boqishning eng oddiy qoidalarini bilish.
    Uchinchi sinf o`quvchilari o`quv yili oxirida quyidagi dastur talab va ko`rsatmalarini bilish va uddalay olishlari lozim. Har xil oddiy buyumlar va mahsulotlar tayyorlash jarayonlari ketma-ketligini hamda xom ashyolarini bilish. Ularni so`zlar va turli tasvirlar, jadvallar orqali ifodalay olish. Ommaviy ishlatiladigan mehnat qurollarining turlarini va ulardan to`g`ri foydalanishni bilish.
    Ayrim oddiy buyum va mahsulotlarni tayyorlash uchun eskizlar chizish. Qog`oz, karton, gazlama va boshqa materiallardan oddiy shakldagi gullar yasash… Loydan milliy o`yinchoqlar yasash, ularni bo`yash va naqshlar bilan bezash. Yog`ochdan… oddiy buyumlar va o`yinchoqlar yasash. Gazlamadan oddiy buyumlar tikish… Pazandalik va qandolatchilikning ayrim texnologik jarayonlarini bajarish. O`simliklar, chorva mollari va parrandalar yetishtirishga doir ayrim vazifalarni bajarish.
    To`rtinchi sinf oxirida esa tubandagi dastur talablarini DTS talablari bilan birgalikda bilishlari hamda uddalay olishlari ko`zda tutiladi. (Albatta, o`qituvchi o`g`il bolalar bajaradigan ishlarni alohida, qiz bolalar bajaradigan yumushlarni, talablarni alohida qilib rejalashtirib olishi kerak.)
    Yog`ochdan oddiy buyumlar tayyorlash jarayoni uchun texnologik jadval hamda grafik tasvirlarni bajarish. Oziq-ovqat tayyorlash jarayoni uchun texnologik jadval hamda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini turli shakllarda tayyorlash uchun eskizlar chizish… Zargarlik, gilamdo`zlik, kulolchilik va boshqa kasblarda naqqoshlikdan foydalanishning eng oddiy usullarini bilish…
    …Qo`g`irchoqlar uchun kiyimlar tikish va kashta gullari bilan bezash. Taomlar pishirish uchun sabzavotlarni tayyorlashni bilish. Xamirdan ayrim taomlar tayyorlash jarayonlarini bajarish. Ayrim qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash. Uy-ro`zg`or ishlarini to`g`ri va sifatli bajarish.
    Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limi fani bo`yicha tubandagi bo`limlar kesimida mashg`ulotlar tashkil etish ko`zda tutiladi. Bular sinflar orasida quyidagicha ko`rinishda taqsimlanadi.
    Birinchi sinfda umumiy va badiiy mehnat bo`limi (17 soat) bo`yicha – turli kasblarda ishlatiladigan oddiy shakldagi asboblar rasmini chizish; naqqoshlik asoslari; buyumlarning bezaklarini o`rganish; geometrik shakllardan naqshlar chizish kabilarni o`rgatish belgilangan.
    Umumiy texnologiya asoslari bo`limi (16 soat) bo`yicha esa materiallar haqida dastlabki ma`lumotlar; asbob-uskunalar to`g`risida tushunchalar berish; asosiy ish usullarini o`rgatish; o`rganilgan mavzular yuzasidan amaliy mustaqil ishlarni bajartirish.
    Ikkinchi sinf o`quvchilariga bilim, ko`nikma va malakalar quyidagi mavzular asosida berib boriladi. Umumiy va badiiy mehnat bo`limi (17 soat) kesimida – rasm, eskizlar va jadvallar chizish. Kasblar uchun asboblar tasvirini chizish. Naqqoshlik asoslarini o`rgatish; dasturxon uchun naqsh chizish; o`yinchoq uychani bezash uchun naqshlar chizish; daraxtlar va o`simliklar barglaridan tasvirlar ishlash; turli buyumlar bezash uchun oddiy naqshlar chizish va shu kabilar.
    Umumiy texnologiya asoslari bo`limi (17 soat) kesimida esa – materiallarning xususiyatlari; asbob-uskunalarning tuzilishi va ularning ishlatilishida xavfsizlik qoidalari; asosiy ish usullarini o`zlashtirish mashqlari va o`rganganlar yuzasidan amaliy mustaqil ishlar bajarish.
    Uchinchi sinf o`qituvchisi bu borada quyidagilarga e`tibor bermog`i darkor. Umumiy va badiiy mehnat bo`limi (17 soat) kesimida: rasm, eskiz va jadvallar chizish; alohida mehnat turlari uchun asboblar rasmini chizish. Dizayn asoslari. Turli materiallaridan gul yasash. Naqqoshlik asoslari. Sopol buyumlarning bezak naqshlarini o`ziga qarab ishlash; kashtachilik naqshlarini o`ziga qarab chizish; qog`oz va kartondan yasalgan o`yinchoqlarni naqsh bilan bezash; applikatsiya va mozaika ishlari bag`ishlangan mashg`ulotlar tashkil etishga.
    Umumiy texnologiya asoslari bo`limi (17 soat) kesimida: milliy hunarmandchilik kasblariga oid materiallar bilan tanishtirish; milliy hunarmandchilik kasblarida bajariladigan ish usullari va ularga tegishli iqtisodiyot, huquq hamda ekologiya masalalari; shular asosida amaliy mustaqil ishlar (loydan milliy o`yinchoqlar yasash, plastilin, sim, gazlamalar, ayrim chiqindi materiallardan har xil buyumlar va o`yinchoqlar yasash, yog`ochdan, gazlamalardan ham turli buyumlar yasash, tikish).
    To`rtinchi sinf bo`yicha quyidagi mavzular kesimida mashg`ulotlar tashkil etiladi. Umumiy va badiiy mehnat bo`limi (17 soat) yuzasidan: rasm, eskizlar va jadvallar chizish; oziq-ovqat tayyorlash jarayonlarining bosqichlari haqida texnologik jadvallar va ayrim oziq-ovqat mahsulotlari uchun eskizlar chizish; dizayn asoslari; turli shakllarning bir-biriga nisbatan o`lchami, rangi va bezaklari bo`yicha mutanosibligi (har xil o`lchamlardagi va ranglardagi geometrik sirtlar: kub, shar, piramida, parallelipepedlar, ko`pyoqlar, silindrlar va boshqa tekis hamda hajmli shakllardan iborat bo`lgan turli mazmunni ifodalash uchun shakllar, o`lchmlar, hajmlar, rang, fazoviy holat va elementlar soni kabilarning o`zaro mutanosibligini aniqlash qoidalarini ko`rsatish va o`rgatish.)
    Turli shakllarning soni va o`zaro joylashuviga bog`liq mutonosiblik qoidalarini tushuntirish; buyumlar, televizor, dazmol, muzlatgich, stol lampasi, soat va boshqalarning estetik sifatlari nimalarga bog`liq ekanligini tahlil qilish.
    Turli materiallardan o`yinchoqlar loyihalash; qog`oz, karton, yelim, yog`och, penoplast, plastilin va shu kabi materiallar hamda o`yinchoqlar haqida suhbat va tahlillar o`tkazish.
    Naqqoshlik asoslari; zargarlik buyumlaridagi naqshlarni o`ziga qarab chizish; gilamdo`zlik mashqlarini gilamning o`ziga qarab va ijodiy ravishda chizish; sandiqsozlik, beshiksozlik, kulolchilik va boshqa kasblarda naqqoshlikdan foydalanish usullarini o`rgatish.
    Umumiy texnologiya asoslari bo`limi (17 soat) bo`yicha: turli kasblar sohasida materiallarga ishlov berishning zamonaviy usullari va asbob-uskunalar bilan tanistirish; qo`l hunarmandchiligi; qog`oz, kartondan buyumlar, o`yinchoqlar yasash va naqshlar bilan bezash; loy, plastilindan haykallar yasash; chevarchilik va kashtachilik sirlarini o`rgatish.
    Pazandachilik va qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash; sabzavotlarni yuvish, po`stini artish, to`g`ash va boshqalar; xamirdan turli xil taomlar tayyorlash jarayonlarini bajarish, bo`g`irsoq shaklida kesish, chuchvara tugish va boshqalar. Qandolatchilik bo`yicha piroglar, keks, tort, murabbo va boshqalar yoki yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash.
    Uy-ro`zg`or mejnati bo`yicha: supurish, dereza oynalarini tozalash, changlarini artish, dereza pardalarini tutish, dasturxon tuzatish, non to`g`rash, choy damlash, idish-tovoqlarni yuvish va joy-joyiga qo`yish, taxtlash va boshqalar.
    Gullar va boshqa ekinlarni sug`orish, o`tlardan tozalash, mayda chorva mollarini va parrandalarini parvarish qilish ko`nikmalarini shakllantirish;
    Uy-ro`zg`orda ishlatiladigan elektr asboblaridan xavfsiz foydalanishni o`rgatish.
    Mehnat ta`limida kompyuterdan foydalanish; darslarda o`rganilayotgan mavzularga bog`liq holda konstruktiv maslalarni yechish, iqtisodiy hisob-kitoblar bajarishni o`rgatish; ayrim huquqiy masalalarni… aniqlashda kompyuterdan, uning tegishli dasturlaridan foydalanish.
    Amaliy mustaqil ishlar: turli taomlar, nonushta tayyorlash, dasturxon tuzatish; nonushta ratsionini tuzish va iqtisodiy hisob-kitoblarni bajarish; kiyimlarni tozalash, mayda ta`mirlash va kiyinish qoidalarini hamda kiyimlarni to`g`ri saqlash qoidalarini mashq qilish; ekinlarni parvarish qilish, sug`orish, chopiq qilish, o`tdan tozalash, hosilni terish; uy hayvonlarini, parrandalarni parvarish qilish; choynak, dazmol uchun taglik, yumshoq simlardan likobchalar uchun tokcha, kiyim ilgichlar va boshqalar yasash; tayyorlanayotgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, ish joyini to`g`ri tashkil qilish.
    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o`quvchilar bilimi darajasini baholashda reyting tizimiga o`tildi. Bunda har kungi so`rovlar orqali erkin ballar qo`yilishi bilan birga, majburiy standart tekshiruv ishlari (MSTI) ning o`tkazilishi, ularning DTS va dastur talablariga mosligi hamda bu MSTI larning o`quvchilar tomonidan bajarilishi, undagi bilim, ko`nikma va malakalar (BKM) asosiy ko`rsatgichlar hisoblanadi. Har bir MSTI ni chuqur tahlil qilish, to`ldiruvchi ball, qo`shimcha va ijodiy ballarni qo`yishda o`quvchilarning ijodkorligi, mustaqil fikrlashi va boshqa ijobiy xususiyatlarini e`tiborga olish lozim. Reyting tizimi o`quvchilarni har bir fanning to`liq kursi tugaguncha muntazam bilim olib borishlari uchun, ta`limning uzliksizligini ta`minlashga xizmat qiladi.
    Mehnat darslarini, mashg`ulotlarini tashkil etishda o`quvxonasi, asbob-uskunalar, kerakli materiallar, jihozlar, ko`rgazmali vositalarning ahamiyati katta. Shuning uchun ota-onalar qo`mitasi, homiylar ko`magida ustaxona tashkil etish maqsadga muvifiq bo`lardi. Unda kerakli jihozlar, asboblarning bo`lishiga erishish lozim.
    Shundan so`ng o`qituvchi ta`limdagi yangi-yangi usullardan, yangi pedagogik va axborot texnologiyasi unsurlaridan foydalanib, turli metodik adabiyotlar, milliy hunarmandchilik namunalari va boshqa vositalar ko`magida mehnat ta`limi mashg`ulotlarini tashkil etishi kerak bo`ladi. Ayniqsa, o`quvchilarning yordami, ya`ni dars davomida kerakli jihoz va asbob-uskunalarni uydan keltirish orqali olib borish ham maqsadga muvofiq bo`ladi. Mustaqil amaliy ishlarda mahalladagi mohir ustalar, chevarlar, oshpaz, cho`pon, bog`bon va boshqa kasb egalari ko`magidan, maslahatlaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
    Tubanda, namuna tariqasida, mehnat ta`limi fani bo`yicha bir soatlik mashg`ulot ishlanmasini keltiramiz.

    Download 81.5 Kb.
      1   2




    Download 81.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya fanidan mehnat turlari Reja

    Download 81.5 Kb.