|
Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik Pdf ko'rish
|
bet | 57/148 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 33,06 Mb. | | #254829 |
Bog'liq 5-texnologiya (2)model plitasi
deyiladi.
Sterjen yashigi.
Quyma yoki bu yumlarda turli shaklli teshiklar, o‘yiqlar olish uchun
foydalanuvchi texnologik moslamalarga
sterjen yashigi
deyiladi. Ular ham model
materialidan tayyor lanadi.
Kam seriyali, oddiy shaklli, kichik o‘lchamli sterjenlar yaxlit, murakkab, ikki va
ayrim-ayrim bo‘laklar kо‘ri nishida tayyorlanadi (97-rasm).
Opoka.
Qolipni tayyorlashga xizmat qiluvchi ochiq rama (quti)ga opoka deyiladi
(98-rasm). Opokalar po‘lat, cho‘yan va aluminiy qotishmalaridan tayyorlanadi. Ular
konstruksiyasiga ko‘ra yaxlit, bo‘laklarga ajraluvchi qovurg‘ali va ajralmaydigan
qovurg‘asiz bo‘lib, o‘lchamlari standart bo‘yicha turlicha bo‘ladi.
97-rasm.
Sterjen yashiklari:
a
– yaxlit sterjen yashigi;
b
– ikki bo‘lakli sterjen yashigi.
98-rasm.
Opoka.
b)
a)
Sterjen
Sterjen
81
81
Mustahkamlash uchun savollar
1. Kompozit materiallar ishlab chiqarishda qanday usullardan foydalaniladi?
2. Presslash deb nimaga aytiladi?
3. Kompozit materiallarni press-qoliplash asosida qanday buyumlar olinadi?
4. Qanday turdagi texnologik moslamalar va asboblarni bilasiz?
5. Kompozit materiallarga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini
ayting.
Qolip va sterjenlarni tayyorlashda foydalaniladigan asboblarga
qoliplash asboblari
deyiladi. Ularga belkurak, g‘alvir, tekislashda ishlatiladigan shibbalar, ilgak qoshiq,
andava, chizgich kabilar kiradi (99-rasm).
Xavfsizlik texnikasi qoidalari
Siz maktab o‘quv ustaxonasida yog‘och va metallar bilan ishlashda amal qilinadigan
tartib va qoidalarni bilasiz. Shu sababli kompozit materiallarga ishlov berishda quyidagi
xavfsizlik texnikasi qoidalariga ham qat’iy rioya qilish kerak.
1. Kompozit materiallar turli qatlamli bo‘lganligi uchun ularga ishlov berishda
qo‘lga qo‘lqop kiyish kerak.
2. Ish vaqtida ko‘zoynik taqish shart.
3. Asbob-uskuna va moslamalar hamda xomashyolarni ehtiyotkorlik bilan te-
jamkorlik asosida ishlatish.
4. Ish o‘rnini payraha va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan tozalash.
5. O‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni belgilangan tartibga rioya qilgan holda
bajarish. Ishni texnologik xarita asosida yoki ko‘rsatilgan usullar bilan olib bo rish.
99-rasm.
Qoliplash asboblari:
a
– belkurak;
b
– g‘alvir;
d
– shibba;
e
– ilgak qoshiq;
f –
andava;
g –
chizgich.
a)
b)
e)
f)
g)
d)
6 – Texnologiya, 5-sinf
|
| |