78
78
Keyin zagotovkani maxsus pechlarda juda yuqori haroratda qizdiriladi – metall
zarralari birlashib, jips bir jinsli detalga aylanadi.
Bu usul bilan tayyorlanadigan detallar uchun kerakli asbob-uskunalar ayrim
hollarda odatdagi metall qirqish stanoklariga qaraganda soddaroq va arzonroq
bo‘ladi. Bu usuldan issiqqa, korroziyaga chidamli yangi materiallar olishda ham keng
foydalaniladi.
Polimer kompozit materiallar tayyorlash texnologiyasi ularning tarkibi,
bog‘lovchining turi va ishlatish sohasi bilan belgilanadi. Polimer materiallar va
buyumlar olish texnologiyasi nozik hisoblanib, jarayonlarning borishi o‘ta aniqlikda
bo‘lishi talab etiladi.
Polimer kompozit materiallar olishda presslash, shtamplash, quyish, surkash,
shimdirish, sepish, payvandlash, yelimlash va boshqa usullardan keng foydalaniladi.
Jumladan, presslash usulida plastmassa ishchi organi qizdiriladigan presslarda
tayyorlanadi. Press-qoliplarda press kukunlar issiq holatda presslanib yoki ko‘p
qatlamli press qoliplarda listlar, plitalar va panellar bir nechtasi presslanib olinishi
mumkin (94-rasm). Ko‘p qavatli presslarda yog‘och tolali va yog‘och payrahali
plitalar, qog‘oz qatlamli plastiklar, uch qatlamli yelimlangan panellar va boshqa
kompozit polimer qatlamli buyumlar tayyorlanadi.
94-rasm
. Press-qoliplash (shtamplash) sxemasi.
a) pressmaterial solish; b) qolipni yopish va presslash; v) buyumni chiqarib olish;
1– pressmaterial; 2 – pressqolipning isitiladigan matritsasi; 3 – isitiladigan puanson;
4 – press polzuni; 5 – elektr isitkich; 6 – buyum; 7 – buyumni chiqaruvchi moslama.