163
163
Kiyimni tikishdan oldin aniq muhandislik hisobi bo‘lishi lozim. Bu faqat ishlab
chiqarish korxonalari uchun emas, balki o‘zingiz, oddiy uy sharoitida tikiladigan kiyim-
kechak uchun ham kerak.
Buning uchun santimetrli tasma
yordamida kiyim tikilayotgan ki-
shining o‘lchovi olinadi. Bu ishni
bajarayotganda u tovonlarini yerga
qo‘yib, oyoqlarini juftlab, gavdani
tabiiy holatda bo‘sh qo‘yib, tinch
turishi kerak. Bunda o‘lchov aniq
bo‘lishi uchun u imkon qadar tanaga
yopishib turadigan kiyimda bo‘lishi
kerak. Gavdadan o‘lchov olishdan
avval bel chizig‘i va boshqa asosiy
nuqtalar belgilab olinadi. Bitta
rezinka belga gorizontal qilib, ik-
kinchisi esa yelkadan tushi riladi.
Rezinka o‘rniga tasma, chilvir
ish latsa ham bo‘ladi. O‘lcha na-
yotganda san ti metrli tasmani tort-
may, bo‘ shashtirmay, old to mondan
tu tash ti riladi. Yelka, yeng, kiyim
uzunligi o‘ng tomondan o‘lchanadi.
Aylana o‘lchovlari to‘liq o‘lchanib, gavda o‘lchamining teng yarmi yoziladi. Uzunlik
o‘lchovlari, yelka kengligi, bilak manjet aylanasi to‘liq yoziladi. Kiyim yelka chokining
bo‘yin asosi nuqtasiga, qo‘l tanaga ulanadigan joydagi yelka nuqtasiga alohida ahamiyat
berish kerak. Chunki ko‘p o‘lchamlar shu nuqtadan
boshlanib, shu nuqtada tugallanadi. Bu nuqtalarning
o‘rni o‘zgarmas bo‘lsagina kiyim bexato chiqadi.