179
179
1. Dazmollash stolini yorug‘lik tushib turgan qulay joyga
o‘rnating.
2. Dazmollash stolining balandligini o‘zingizga moslab oling.
3. Dazmollanadigan buyum bilan ko‘z oralig‘idagi
masofa
35–45
cm
bo‘lishi kerak.
4. Dazmollash jarayonida tanani tik tutib, boshni biroz egib olish
lozim.
Sanitariya-gigiyena qoidalari
Dazmollash stoli.
180
180
Texnika xavfsizligi qoidalari
1. Ishni boshlashdan oldin dazmol, elektr simi va vilkaning
ishlashini tekshiring, issiqlikni tartibga keltiruvchi (termo-
regulator)ni kerakli bo‘limga qo‘ying.
2. Dazmoldan foydalanayotganda qo‘l quruq bo‘lishi shart. Vilkani
plastmassasi ustidan ushlang.
3. Dazmolni taglikka qo‘ying, simi
dazmolning ostida qolib
ketmasligiga e’tibor qarating.
4. Dazmollash vaqtida oyoqlaringiz tagida rezina gilamcha
bo‘lishini ta’minlang.
5. Ishlayotgan dazmolni qarovsiz qoldirmang.
6. Dazmol shnuri dazmol tagiga tushib qolishidan ehtiyot bo‘ling.
7. Dazmollab bo‘lgandan keyin dazmolni taglikka qo‘yib, keyin
o‘chiring.