176
176
16-§.
Bosim ostida namlab-isitib ishlov berish jarayoniga dazmollash de yiladi. Daz-
mollash kiyimni tikishda muhim ahamiyat kasb etadi. Daz mollash jarayonidan
qancha to‘g‘ri
foydalanilsa, ish sifati shunchalik yaxshi bo‘ladi. Namlab-isitish
jarayoni uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
1. Tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish.
2. Bosim bilan ma’lum shakl berish.
3. Issiqlik va bosim yordamida namlikni ketkazish va buyum shaklini mustah
kamlash
.
Namlab-isitish jarayoni kiyimni tikishning barcha bosqichlarida (bichishdan
oldin gazlamani dazmollash, mashina chokini berishdan oldin, mashina chokidan
keyin, yakuniy pardozlash jarayonida) o‘tkaziladi. Namlab-isitish
orqali kiyimning
detallari tekislanadi, bur chaklar hosil qilinadi, kiyimning etak qismlariga kerakli
shakl beriladi. Zamonaviy namlab-isitish vositalarida bug‘ berish, suv pur kash
hamda xavfsizlikka moslashgan (avtomat o‘chirish) funksiyalari o‘r natilgan. Bu
esa kiyimni sifatli dazmollashga yordam beradi.