Dazmollash usullari: 1. Dazmollash – gazlamani yoki tayyor kiyimni tekislash va par dozlash.
2. Yorib dazmollash – choklar orasini bir tekis ochib, ikki tomonga yot qizib daz-
mollash.
3. Bostirib dazmollash – choklarni bir tomonga tekis yotqizib daz mollash.
4. Dazmollab yupqalashtirish – suvlab dazmollab yupqalashtirish.
5. Bug‘lash – kiyimda hosil bo‘lgan yaltiroqlikni yo‘qotish.
DAZMOL VA DAZMOLLASH USULLARI Namlab-isitish jarayoni haqida nimalarni bilasiz? Kiyim dazmol qilib ko‘rganmisiz?
177
177
Q i z i q a r l i m a ’ l u m o t Eng birinchi dazmol qachon paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi savolga javob
berish qiyin. Ba’zi manbalarda dazmolning tarixi matodan kiyimlar tikish
yuzaga kelgan paytlardan boshlangan deb hisoblashadi.
XVI asrda Yevropada gazlamalarning g‘ijimlarini dazmol lashda
temirdan yasalgan issiq plastinkalarni qo‘llay bosh lashgan. Ayrim
manbalarda gazlamani silindrsimon yog‘ochga o‘rab, ustidan og‘ir taxtani
bosib tekislashgan. Dazmollar juda og‘ir metalldan yasalganligi uchun uni
faqat erkaklar ishlata olgan. Buyumlarni dazmollash uchun “gavkalar” – suv
to‘ldirilgan shisha shar yoki temir krujkalardan foydalanishgan.
Dastlabki temir dazmollar keyinchalik alohida e’tibor talab qili nadigan
bantiklar, ryushalar, buklovlar keng tarqala boshlagandan so‘ng paydo
bo‘lgan. O‘sha paytlardagi dazmollar juda qimmat bo‘lib, o‘yma shakllar
bilan bezatilgan dazmollar meh monlar kelganda ko‘rgazma uchun sa-
movarlar bilan birga qo‘ yilgan. Uyda bunday dazmolning borligi, uy
egasining badavlat yashayotganini ko‘rsatib turgan.
Rossiyada dazmolni XVIII asrda Demidovlar zavodida yasay boshlashdi.
Temir dazmol ichiga qizib turgan ko‘mir tashlab qizitishgan. Ko‘mirda
qizitiladigan dazmol o‘z davrida katta e’ti bor qozongan edi.
XIX asrda germaniyalik ustalar tomo nidan ishlab chiqarilgan bi rinchi
spirt bilan ishlaydigan daz mol paydo bo‘ldi. Lekin u qim mat bo‘l gani
uchun hamma ham foydalana olmagan. Shu bilan bir qatorda gaz bilan
ishlaydigan dazmollar ishlab chiqarila boshlandi. Uning ichida yonilg‘i
moslamasi (gorelka) bo‘lgan. Dazmolning qopqog‘iga sha mollatkich,
aniqrog‘i nasos o‘rnatilgan. Dazmol kalit orqali ishlatilgan. Ish latish
oldidan idish, so‘ng shamollatkich haydagan bug‘ isitilgan. Keyingi
bosqich esa uni yondirish va dazmollashdan iborat bo‘lgan.
12 – Texnologiya, 5-sinf
178
178
Ish jarayonini boshlashdan avval ish o‘rnini tayyorlab olish lozim. Buning
uchun dazmollash stoli, dazmol, paxta yoki zig‘ir tolali gazlama kerak bo‘ladi.