• 18-§. XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI. KASHTACHILIK TARIXI HAQIDA MA’LUMOT
  • Xalq hunarmandchiligi deganda nimani tushunasiz?




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/148
    Sana01.10.2024
    Hajmi33,06 Mb.
    #273065
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   148
    Bog'liq
    5-texnologiya

    Xalq hunarmandchiligi deganda nimani tushunasiz?
    O‘zbek milliy kashtado‘zligi xalq hunarmandchilik san’atining eng qadimiy 
    turlaridan hisoblanadi. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro‘zg‘or 
    bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo‘llaniladi.
    Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat 
    qozongan. O‘zbek chevarlari qo‘llari bilan tikilgan kirpech, so‘zana, zardevor, 
    gulko‘rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, 
    Amerika, Hindiston kabi xorijiy mamlakatlarda ham mashhur. 
    Respublikamizning Farg‘ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, amaliy 
    san’at muzeylarida ham qo‘l kashtachiligi namunalari to‘planib, doimiy 
    ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
    Hozirgacha bu buyumlar o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi 
    18-§.
    XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI. 
    KASHTACHILIK TARIXI HAQIDA MA’LUMOT


    184
    184
    bi
    lan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni 
    arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlab bermoqda. 
    O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. 
    Unda hind, xitoy, rus, qozoq, qirg‘iz va tojik kashtachiligi usullarini uchratamiz.
    Kashtachilik san’atida har bir millatning o‘ziga xos, eng ko‘p qo‘llaydigan 
    naqshlari bo‘ladi. 
    O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan. O‘tmishda bu kashtalar oq va 
    tabiiy malla shoyi, adras, baxmal matolarga tikilgan. Hozirgi kungacha ham satin, 
    shoyi, baxmalga tikiladi. Ish jarayonida kashtachilar o‘z mahoratlarini oshirishadi va 
    bir-biridan o‘rganishadi. 
    Kashta choklari, tikish uslublarining turli-tumanligi oʻzbek kash tadoʻzlarining 
    katta sanʼatidan dalolat beradi. Masalan, Nurota, Buxoro, Samarqand kashtachilik 
    mahsulotlari koʻproq yoʻrma chok bilan, Shahrisabzda yoʻrma, kandaxayol, iroqi, 
    Toshkentda esa koʻproq bosma chok bilan tikilgan. Oʻzbek kashtadoʻzlari buyum 
    bezaklarida amaliy bezak sanʼatining boshqa turlaridagi naqshlardan andaza olgan. 
    Kashta namunasi.


    185
    185
    Kashtalarda oʻsimliksimon tasvirlar – shox, gulband, guldastalar koʻp uchraydi. Naqsh 
    mujassamligida asosiy bezak matoning oʻrtasida boʻlib, hoshiyalar qoʻshimcha 
    bezak hisoblanadi. Lekin hoshiya bezagi mahorat bilan ishlangan kashtalar ham 
    koʻp. Ganchkorlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda uchraydigan 
    isli miy gul (naqsh)lar kashtachilikda ham koʻp uchrashi chizmakash (naq qosh)lar 
    amaliy bezak sanʼatining turli sohalariga chizma (naqsh)lar tayyorlaganini koʻrsatadi. 
    Kashtachilikda chizmakashlar yaratgan naqsh (gul)lar asosida kashtadoʻzlar badiiy 
    buyum yaratadilar. 

    Download 33,06 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   148




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq hunarmandchiligi deganda nimani tushunasiz?

    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish