186
186
Kashta chok turlari
Kashtada naqsh tuzishda geometrik shakllar –
uchburchak, kvad rat, yulduzcha,
aylana va hokazolardan, shuningdek, to‘lqinsimon, si niq chiziqlar, o‘simlik belgilari
(barglar, gullar, shoxlar, daraxtlar)dan, jonivorlar dunyosi (hasharotlar, qushlar,
baliqlar, hayvonlar)
tasviridan, shu
ningdek, umumlashgan odam qiyofasidan
foydalanish mumkin. Ba’ zan naqshda geometrik shakllar bilan tabiatga xos belgilar
qo‘shilgan bo‘ladi. Naqshning hamma qismlari mutanosib bo‘lishi kerak. Ba’zan
bezakda motivlar qaytarilmaydi. Bezak simmetrik va asimmetrik tuzilishi mumkin.
Kashtaga naqsh bosish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
Kashtada rang muhim ahamiyat kasb etadi.
Iplarni tanlashda rang
larning
uyg‘unlashuvini, bir-biriga qanday ta’sir etishini bilish zarur. O‘zaro mos ranglarni
tanlashda berk spektor qatori ranglaridan iborat rang lar doirasi asos qilib olinadi.
187
187
Ranglar xromatik va axromatik bo‘ladi. Kamalak spektoridagi ranglar xromatik
ranglar deyiladi. Axromatik
ranglarga oq, kulrang, qora ranglar kiradi. Spektor doi-
rasining qarama-qarshi tomonida joylashgan ranglar qo‘shimcha ranglar deyiladi.
Agar qizil rangning o‘rtasidan diametr o‘tkazilsa, u ranglar doirasidagi
qizil rangning
taxminan to‘g‘risidagi zangori – yashil rangni kesib o‘tadi. Demak, qizilga
zangori – yashil, to‘q sariqqa – zangori, sariqqa – ko‘k, yashilroq sariqqa –
binafsha
va hokazo q
o‘shimcha ranglar bo‘lad
i.
Kashta chok turlaridan namunalar.