189
189
Gazlama va ip tanlash
Kashta tikish uchun gazlama bilan ip buyumning nimaga mo‘l jallanganligiga,
bezakning xarakteriga va tikish usuliga muvofiq tanlanadi. Iplarni sanab
tikiladigan kashta uchun zig‘ir va yarim zig‘ir tolali gazlamalar olinadi.
Baxyasimon chokli kashta tikish uchun tanda va arqoq iplarning yo‘g‘onligi
bir xil bo‘lgan gazlama kerak. Chizilgan kontur bo‘ylab
tikiladigan kashtalar
uchun paxta, zig‘ir, jun, ipak tolali gazlamalardan foydalaniladi. Kashta uchun
yaltiragan, ishlov berilgan maxsus iplar ishlatiladi.
Buyum chetlarini buklab
tikish, merejka ustunchalarini o‘rab olish, baxyasimon to‘r chok uchun oq va
rangli oddiy 40, 50, 60-raqamli iplar ishlatiladi.
Kashtachilikda ishlatiladigan asbob va moslamalar.
190
190
Mulina
(fransuzcha – “mouline”) – ishlab chiqarish korxonasida yoki qo‘lda ishlov
berib tayyorlangan kalava ip. Undan maxsus kashta tikishda va boshqa turdagi qo‘l
ishlarini bajarishda foydalaniladi. Mulina yuqori sifatli paxta tolasidan tayyorlanadi. 12
qatli, maxsus ishlov berib sifati oshirilgan, chidamli bo‘ladi. O‘n yoki yigirma metrli
kalava shaklida tayyorlanadi.
Ipak
Zig‘ir
Paxta tolali gazlama
Kanop
qopli gazlama
Tabiiy tuval gazlama
Iplar