|
Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik Pdf ko'rish
|
bet | 124/148 | Sana | 01.10.2024 | Hajmi | 33,06 Mb. | | #273065 |
Bog'liq 5-texnologiyaBatareyalar
zaxirasi
Zaryad
boshqaruvchisi
Quyosh paneli
Invertor
volt
volt
202
202
Mamlakatimizda ilk atom elektr stansiyasi Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi
bilan hamkorlikda barpo etilmoqda. U Navoiy va Buxoro viloyatlari chega ra-
sida joylashgan To‘dako‘l suv ombori yaqinida quriladi. Atom elektr stansiyasini
2028-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shamol energiyasidan,
asosan, elektr
energiyasi olish uchun foydalaniladi. Qu-
yosh mavjud ekan, shamol esadi va u qayta
tiklanadigan energiya manbasi hisob-
lanadi. Ushbu muqobil energiya bosh qa
energiya manbalariga nisbatan arzon va
qulay, hech qanday yoqilg‘i ta lab et-
maydi, atrof-muhitni zararli chiqindilar
bilan ifloslantirmaydi.
2-§.
ELEKTR DVIGATELLAR (MOTORLAR).
BATAREYALAR VA ULARNING TURLARI
Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan elektr mashinalar
dvigatellar
(motorlar) deyiladi. Elektr dvigatellar xalq xo‘jaligining deyarli hamma
sohasida ishlatiladi. O‘zgaruvchan elektr mashinalarining yana bir turi bu asinxron
dvigatellardir.
Asinxron dvigatellar elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi
(1-rasm). Bu dvigatellar konstruksiyasining soddaligi, arzonligi, ishda ishonchliligi sa-
babli sanoat, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng qo‘llaniladi.
1-rasm.
Elektr dvigatel (motor):
1 – val; 2 – startor obmotkasi; 3 – startor yadrosi;
4 – sintofiliks izolatsiya; 5 – rotor; 6 – ventilator; 7 – stanina.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Energiya deb nimaga aytiladi? Uning qanday turlari bor?
2. Yoqilgʻi bilan bogʻliq va bogʻliq boʻlmagan energiya resurslari nima deb
ataladi?
3. Mamlakatimizda ilk atom elektr stansiyasini qurishdan maqsad nima? O‘z
javobingizni misollar bilan tushuntirib bering.
1
2
3
4
5 6
7
|
| |