200
200
ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH
VA UNDAN FOYDALANISH
b
o
b
-
1-§.
ENERGIYA TURLARI
(MEXANIK, ELEKTR, QUYOSH VA ATOM ENERGIYASI)
Bizning mamlakatimiz shunday jannatmakon o‘lkaki, bu o‘lkada barcha ne’matlar
mavjud. Shunday ne’matlardan biri bu elektr ener giyasi hisoblanadi.
“Energiya”
so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, “harakat, faollik, kuch, quvvat”
degan ma’nolarni bildiradi. Energiyaning o‘zgarishi shu o‘zgarishlarni sodir qilish
uchun bajariladigan ish bilan belgilanadi. Masalan, bolta bilan o‘tin yorganda ish
bajariladi. Shu bajarilgan ishga
energiya
deb ataladi.
Energiya resurslari
yoqilgʻi
(koʻmir, neft, gaz, oʻtin) va
yoqilgʻi boʻlmagan
vosi-
talarga (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar) boʻlinadi.
Yoqilgʻi bilan bogʻliq energiya resurslari
tiklanmaydigan,
yoqilgʻi bilan bogʻliq
boʻlmaganlari esa
tiklanadigan
resurslar hisoblanadi. Bular muqobil energiya
manbalari deb ham ataladi.
Tabiatda mexanik, elektr, quyosh, atom, shamol va boshqa turdagi energiyalar
mavjud.