www.scientificprogress.uz




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana04.01.2024
Hajmi0,57 Mb.
#130264
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yer-resurslari-qishloq-va-suv-xo-jaligida-raqamli-texnologiyalar

www.scientificprogress.uz
 
Page 732
Rivojlanayotgan sohalardan biri bu yer resurslari,qishloq va suv xo’jaligida 
raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi .Bu soha bo’yicha juda ham ko’plab qaror va 
loyihalar ko’rib chiqilmoqda. 
Prezidentimizning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni 
samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan agrosanoatni 
rivojlantirishga qaratilgan bir necha o‘nlab loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shu 
asosda raqamlashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni jadal suratlarda olib 
borishda yetakchi xorijiy tajribani o‘rganish, jumladan, Yevropa Ittifoqi va Jahon 
Bankining maslahat va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashidan, eng yaxshi texnik 
yechimlardan foydalanilmoqda. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida fermerlar va 
agronomlarga raqamli texnologiyalar yordamga kelmoqda. Katta maʼlumotlar (Big 
data) va ularni tahlil qilish hosilni terib olish uchun qulay vaqtni belgilash, o‘g‘itlash 
sxemasini hisoblab chiqish, monitoring qilish, hosilni prognozlashtirishga yordam 
bermoqda. 
Raqamli texnologiyalar o‘simlikshunoslikning to‘liq siklini boshqarishga imkon 
yaratadi. Aqlli qurilmalar tuproq, o‘simliklar parametrlari, mikroiqlimni o‘lchaydi va 
maʼlumotlarni uzatadi. Datchiklar, koinotdan olingan suratlar, dronlar, meteorologik 
stansiyalar va boshqa uskunalardan olingan maʼlumotlar Big datani shakllantiradi, 
maxsus ilovalar bilan tahlil qilinadi va geoportalga joylashtiriladi. So‘nggi 15 yil ichida 
O‘zbekiston aholisi 27 milliondan 35 millionga yetdi, har bir kishi uchun ajratilgan yer 
maydoni esa 23 sotixdan 16 sotixga kamaydi. Shu sababli yerlarning meleriotiv holatini 
yaxshilash ularga ishlov berish asosiy masala bo’lib qolmoqda. 
Butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotni faol 
rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. 
Xususan, 2020-yil dekabrda «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyasini 
rivojlantirish strategiyasi» hamda «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalarini 
rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan 
chora-tadbirlar» tasdiqlangan bo‘lib, bunda to‘rtta asosiy yo‘nalishlar nazarda tutilgan: 
qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish; 
boshqaruv jarayonlari, monitoringni avtomatlashtirish; 
agrar sohada biznes-startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash; 
suv resurslarini hisobga olish.
Shu bilan birga Qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati tarkibida Agrar sohada 
raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va «Agrosanoat majmuini 
raqamlashtirish markazi» davlat muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, ular sohada 
raqamlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha jadal dastur, qishloq xo‘jaligi sohasida oziq-
ovqat xavfsizligini nazorat qilish va qo‘llab-quvvatlash, suvni boshqarish, davlat 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish