|
www.scientificprogress.uzBog'liq yer-resurslari-qishloq-va-suv-xo-jaligida-raqamli-texnologiyalarwww.scientificprogress.uz
Page 734
kabilar uchun davlat tomonidan ajratiladi. «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarini subsidiyalash» yagona axborot tizimi fermerlarga subsidiyalar olish
uchun
masofadan
arizalarni
yuborish
va
subsidiyalar
berilishi
hamda
muvofiqlashtirilishini kuzatish imkonini beradi.
5. Import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi hisobi tizimi
Import qilingan qishloq xo‘jaligi texnologiyasini hisobga olish uchun maxsus axborot
tizimi ishlab chiqilmoqda, u import qiluvchilar va xo‘jalik texnikalari ishlab
chiqaruvchilarga import qilinayotgan yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sinovini
o‘tkazish yoki sertifikatlash uchun onlayn tarzda ariza yuborish imkonini beradi.
Arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida inson omili minimallashtiriladi va maksimal
darajadagi shaffoflik taʼminlanadi.
Tizim ishga tushirilganidan so‘ng arizalarni ko‘rib chiqish va shartnoma tuzish muddati
50% ga qisqaradi, qog‘ozli hujjat almashinuvi elektron hujjatlar almashinuvi bilan
almashtiriladi.
6. «Marketplace» elektron agrosanoat savdo portali.
2022-yilda elektron agrosanoat savdo portali – “Marketplace” ishga tushiriladi.
Fermerlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, yirik klasterlar,
agrologistika markazlari, qayta ishlovchilar, mayda va yirik savdo tarmoqlari savdo
portali foydalanuvchilariga aylanishadi. “Marketplace”, ayniqsa, moliyaviy xizmatlar
kam bo‘lgan aholi punktlarida yashovchilar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarning kam mobil toifalari uchun dolzarb bo‘ladi. Kelgusida ushbu
platforma orqali eksport shartnomalarini tuzish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
eksportini rivojlantirish mumkin bo‘ladi.
7. “Rubicon” suv resurslarini boshqarish tizimi.
Avstraliyalik hamkorlar bilan birgalikda 2022-yil boshida, Qashqadaryo viloyatidagi
Mirishkor Qamashi kanali misolida suv resurslarini avtomatlashtirilgan tizimi ishga
tushiriladi. Loyiha doirasida simsiz texnologiyalardan foydalangan holda masofadan
boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan 26 ta shlyuz o‘rnatiladi.
8. ASM yagona integratsiya platformasi
Markazning navbatdagi asosiy loyihasi – bu ASM (agrosanoatni raqamlashtirish
platformasi) yagona integratsiya platformasidir, unda 40 dan ziyod vazirlik va idoralar
biznes jarayonlari birlashtiriladi. ASM agar sohada «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha
xizmat ko‘rsatadi, yaʼni fermerlar o‘z faoliyati uchun kerakli bo‘lgan xizmat yoki
maʼlumotlarni onlayn olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ayni paytda «ASM yagona
integratsiya platformasi»ni ishlab chiqish ishlari davom etmoqda, sinov tariqasida ish
boshlashi esa 2023-yil oxiriga rejalashtirilgan.
9. TDAUda «Smart Campus»
«Smart Campus» loyihasi zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda
taʼlimning yangi zamonaviy uslublari yordamida taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
|
| |