|
www.scientificprogress.uzBog'liq yer-resurslari-qishloq-va-suv-xo-jaligida-raqamli-texnologiyalarwww.scientificprogress.uz
Page 733
tomonidan qo‘llab-quvvatlash va subsidiyalar taqdim etish, zamonaviy axborot
texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni imtiyozli moliyalashtirishga yordam
beradigan raqamli yechimlarni joriy etish uchun masʼuldir.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi oldida agrosanoat majmuida
texnologik rivojlanishni jadallashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, suv
resurslarini samarali boshqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalarida unumdorlik o‘sishiga
ko‘maklashish orqali mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasini keng miqyosda raqamli
transformatsiya qilish masalasi turibdi.
1. «E-IJARA« axborot tizimi
Yer qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan har bir kishi uchun asosiy aktiv
hisoblanadi. Prezidentning 08.06.2021-yildagi PF-6243-son «Yer munosabatlarida
tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va
ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra,
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishning yangi mexanizmi joriy
etildi.
2. Qishloq xo‘jaligi vazirligining geoaxborot tizimi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligining ArcGIS dasturiy mahsuloti negizidagi o‘z geoaxborot
tizimi 2021-yilning noyabr oyidan sinov rejimida ishga tushirilgan. Bugungi kunda
ushbu tizim respublikamizning 4 ta vazirlik va idoralarining axborot tizimlari,
shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligining quyi tashkilotlari axborot tizimlari bilan
integratsiya qilingan.
3.“Agrosanoat majmuida yagona agroplatforma” tizimi
Tizim agrar siyosatni amalga oshirishning asosiy axborot vositasi bo‘lib, fermerlar
hamda agroklasterlar, yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, davlat
organlari, shuningdek, yerni tayyorlash va ishlov berishdan tortib, hosilni yetishitirish,
yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonlarining yagona zanjirida samarali
raqamli o‘zaro taʼsirini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Agroplatforma – bu zamonaviy raqamli platforma bo‘lib, unda 75 000 dan ziyod
fermer va 600 dan ortiq agroklasterlar ishlaydi. Shuningdek, 20 dan ortiq tijorat
banklari, 150 dan ziyod davlat organlari tizim foydalanuvchilari bo‘lishadi.
4. «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini subsidiyalash» yagona
axborot tizimi.
Ushbu loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun subsidiyalar
ajratish bo‘yicha yagona axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Tizim modullarini
bosqichma-bosqich ishga tushirish jarayonida fermerlar uchun bir necha yo‘nalishdagi
35 tur sudsidiyalardan 19 turdagisini olish, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanishni
monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. Subsidiyalar qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib
olish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, uzum plantatsiyalari yaratish va
intensiv bog‘larni yaratish, naslchilikni yaxshilash bo‘yicha chorvachilikni rivojlantirish
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
|
| |