• Annontatsiya
  • JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/ Volume–36_Issue-1_September_2023 52
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Texnologiyalardan foydalanish




    Download 366.49 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana26.03.2024
    Hajmi366.49 Kb.
    #178158
    Bog'liq
    51-52
    отчет курсовой, Lesson Plan.-WPS Office (1), 1 -topshiriq, 1-k. kechki mat analiz, 1-амалий машғулот, stepper word, 35% ANKETASI, Moliyaviy hisobot haqida referat. (2)


    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
    http://www.newjournal.org/  Volume–36_Issue-1_September_2023 
    51 
    MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK 
    TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
    Ergasheva Malika Shuhrat qizi
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti
    Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-22-guruh talabasi
    Tel:91 810 15 00 
     
    Annontatsiya: Mazkur maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalar va 
    ulardan samarali foydalanish. Maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida innovatsion 
    texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. 
    Kalit so’zlar: Ilg’or texnologiyalar, intellektual salohiyat, raqobatbardosh 
    kadrlar, ta’lim va tarbiya jarayon, innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, 
    kreativ pedagog. 
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har 
    tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu 
    bilan birga rang-barangdir. Ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgacha 
    ta’lim tashkilotlaridagi har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etish lozim. 
    Hozirgi davr ta’lim taraqqiyotida yangi yo’nalish innovatsion pedagogikani 
    maydonga olib chiqdi. 
    Innovatsion - bu yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. 
    Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda pedagog faoliyatiga 
    yangilik bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq 
    foydalaniladi.
    Interfaol metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir 
    etish usullari bo’lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu esa 
    maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiya berishda iterfaol 
    usullardan foydalanishdan maqsad shundaki, bolalarni ijodiy fikrlashga o’rgatish, 
    muammoli vaziyat-larni yecha olish ko’nikmasini rivojlantirish, bolalarni 
    faollashtirish va ularda do’stona munosabatlarni shakllantirish. 
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilayotgan mashg’ulot -larda 
    qo’llanilayotgan interfaol usullar ta’lim samaradorligi hamda muhitini yaxshilaydi. 
    Tarbiyachining kasbiy mahorati oshadi. Bolalar ijtimoiy muhitda, jamoasida o’z 
    o’rnini his qila boshlaydi. Hozirgi kun talabi tez o’zgaruvchan, murakkab va o’zaro 
    bir-biriga bog’liq dunyoda o’z o’rnini topa oladigan shaxsni tarbiyalashdir. 
    Ta’lim innovatsiyasi deyilganda avvalo mashg’ulotlarda pedagogik 
    texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Texnologik yondashuv asta-sekin 
    takomillashib innovatsion xarakterga ega bo’ldi. Har qanday yangilik egtiyoj natijasida 


    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
    http://www.newjournal.org/  Volume–36_Issue-1_September_2023 
    52 
    yuzaga keladi. Ehtiyoj qanchalik yuqori bo’lsa, uning samaradorlik darajasi ham 
    ko’tarilaveradi. Masalan maktabgacha ta’lim tizimida an’anaviy yo’nalishdagi 
    mashg’ulotlar sistemasiga e’tibor berilganda , bu faoliyatda tarbiyachi obyekt bola 
    subyekt rolini o’ynagan edi . Ya’ni faqat bola tinglovchi, tarbiyachi notiq sifatida 
    gavdalangandi. 
    Ammo barcha tajribalar ta’lim berishdagi bunday harakatlar samarali bo’la 
    ololmasligini tasdiqladi. Natijada ta’limni samaraliligini belgilay oladigan 
    yondashishlarni yuzaga keltirish zarurati tug’ildi.
    Ta’lim innovatsiyalari deyilganda ko’z oldimizga albatta yangi pedagogik 
    texnologiyalar gavdalanadi. Pedagog ta’lim jarayonini innovatsiyalashda 
    texnologiyani qo’llashni nazarda tutadi. Innovatsiya yangilik kiritish bo’lsa, 
    texnologiya- mahorat, san’at sifatida gavdalanib, innovatsion texnologiyalar yuzaga 
    keladi. Demak, tarbiyachining innovatsion faoliyati, bu uning pedagogik mahorati 
    belgisidir.
    Innovatsion texnologiyalarning har bir turi bolalarda faqatgina yangi bilim hosil 
    qilishga xizmat qilibgina qolmasdan, balki ularda har tomonlama rivojlanish xizmat 
    qila oladi. Ma’naviy savodxonligi sust bo’lgan inson hayot davomida uchrashi mumkin 
    bo’lgan qiyinchiliklar oldida esankirab qolishi mumkin. 
    Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiya - bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar 
    yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan 
    foydalangan holda bolalarga yangi bilim berishdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim 
    tashkilotlarida mashg’ulotlarni tashkil etishda interfaol metodlardan samarali 
    foydalanish bu pedagogning kreativligiga bog’liq. 
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni Barkamol avlod - 
    O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T.: “Sharq”, 1998. 
    2. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
    multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o’quv-uslubiy qo’llanma). - 
    Qarshi : Nasaf, 2011. 
    3. Alimov N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik ta’limga tayyorlash . 
    Maktabgacha ta’lim - T.:2005. 

    Download 366.49 Kb.




    Download 366.49 Kb.
    Pdf ko'rish