|
Texnologiyalardan
|
bet | 2/4 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #135788 |
Bog'liq optika bo\'limiga oid mavzularni o\'qitishda pedagogik texnologiyalarFizika fani va ta'limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish istiqbollari
Pedagogik texnologiyalarning o`zi nima va u an’anaviy ta’limdan nimasi bilan farq qiladi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg’or pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari keng qo`llanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yo`q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan vashuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko`pgina tariflari mavjud. Respublikamizning pedagogika sohasidagi olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O`zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashganta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo`llashga intilmoqdalar. Xo`sh, nega yangi pedagogik texnologiyalar zarur bo`lib qoldi?
Birinchidan, ma’lum sabablarga ko`ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o`rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;
Ikkinchidan, an’anaviy o`qitish tizimi yozma va og’zaki so`zlarga tayanib ish ko`rishi tufayli «axborotli o`qitish» sifatida tavsiflanib, o`qituvchi faoliyati birginao`quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaigaaylanib qolganligi;
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o`ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko`payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
To`rtinchidan, kishilik jamiyati o`z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga egabo`lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o`tib borayotganligi; Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan obektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidanfoydalanishni talab qilishidadir.
Ta’lim texnologiyasi yuqorida sanab o`tilgan beshta sababiy shartlarni barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir. Bu zaruriyat shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol) lari asosida o`qitilganligi, ularda o`zgacha nuqtai nazarnidan olmaslik, faqat o`z fikrini to`g‘ri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol har qanday taraqqiyotga g’ov bo`lib, shu paradigmada yurgan kishilarni inqiroz sari yetaklaydi. Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqeyi kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta’lim-tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo`llaridan biri ta’lim- tarbiya jarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir. Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o`n yettinchi asrdayoq ta’limning “vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashdan» boshqa narsani talab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgan edi. Komenskiyning fikricha, ideal o`qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, “hamma narsa toshlari to`g’ri muvozanatlangan soatdek aniq, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bo`lgan bexatolik bilan arilaydi». Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tez tarqaldi. Ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiayalarni joriy etish o’quv jarayonining tashxis etishga o’ziga xos innovatsion yondashishdir. Chunki pedagogik texnologiya va ular asosidagi interfaol usullar dedaktika prinsiplarini inkor etamagan holda ta’lim jarayonini tashkil etishga ko’p jixatdan yangicha yondashuvni taqazo qiladi. Xususan bu usul tarafdorlari dars maqsadini aniqlashning an’anaviy usullarini ularga o’quv materiali mazmuni, o’qituvchi faoliyati va o’quvchi faoliyati orqali belgilashni tanqid qiladilar. Interfaol usullaridan biri o’quvchilarni ijodiy fikrlashni rivojlantirish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish muhimligi alohida ko’rsatib o’tilgan ilg’or pedagogik texnologiyalar mujassamlashganligi uchun o’qitishning interfaol usullari hisoblanadi.Hozirgi kunda zamonaviy kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarishga, iqtisodga, biznesga va o’qitish jarayoniga tadbiqi tobora kengaymoqda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yaratilgan yangi pedagogik texnologiyaning muammolaridan biri bu o’quv jarayonida nterfaol muhitni yaratishdir. Interfaollik-foydalanuvchining informatsion vositasi ishiga bevosita ta’sir ko’rsata olish imkoniyatidir.Yoshlarning kompyuter savodxonligini oshirib borish jarayonida interfaol muhit tushunchasi, uning afzalligi va imkoniyatlari alohida olib borilishi zarur.Televizion o’quv ko’rsatuvlari asosan interfaollik muxiti imkoniyatiga ega emas. SHu ko’rsatuvlarda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan jumladan: multimedia imkoniyatlaridan to’la foydalanish ushbu muhitni yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan internet tarmog’i orqali amalga oshirilayotgan masofaviy ta’limda inieraktiv muhitni yaratish saloxiyatini o’quv jarayonini tashkil qilishda amalga oshirish zarur. Fan kishilari davlatimizning buyuk kelajagini nazarda tutishlari mumkin ekan, xalqimizning informatsion savodxonligini hamda madaniyatini oshirish borasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borish zamon talabidir. Bu talablarni ro’yobga chiqarishda interfaol muhit imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish maqsadga muvofiqdir.Fizika fanini o’qitishda ham interfaol usullarini tadbiq qilish.O’rta maktabda fizika fanini o’quvchilarga tushuntirish va ularni darsga jalb qilish uchun ham eng qulay va eng ijobiy usul hisoblanadi.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o’qitishning faol shakllarini bo’lajak mutaxassisni xaqiqiy faoliyatni o’quvchilarning o’quv tarbiya va ilmiy tekshirish ishlarini tashkil qilishda imitatsiya qilish nazariy bilim va malakalardan kasbiy-amaliy bilish va malakalarga o’tish imkonini boricha mustaqillik berishni nazarda tutudi.Ma’lumki, faol o’qitishning ko’p turli–tuman ko’rinishdagi metodikalari mavjud. Ular turli kelishlari bo’yicha klallifikatsiyalanadi. O’quvchilarni faollashtirish darajasi va ularni o’qish-bilim tadqiqiy loyixa konstruktorlik va xokazo faoliyatlari quyidagilarda farqlanadi. Faol o’qitishning imitatsion metodlari ular o’z navbatida o’yinni ish o’yinlari o’yinli loyihalashtirish va o’yinsiz konkret vazifalarni tadqiq qilish vaziyatiy masalalarini ochishdagi pedagogik usullar mashg’ulot o’tkazishning maxsus malakalari qulay mashg’ulotlarda o’quv tarbiyaviy va ilmiy tekshirish faoliyati talabalarning bo’lajak kasbiy amaliy faoliyatlarini imitatsiya qilish asosida quriladi. Noimitatsion – bu metodlar haqiqiy nisbiy amaliy faoliyatlarni imitatsiya qilish asosida quriladi. Maktablarda o’qitish texnologiyalarni rivojlantirishda eng samarali faol o’qitish metodlari quyidagilar hisoblanadi. O’yinli loyixalashtirilib interfaolliklarni taxlil qilish konkret ishlab chiqarishning (fanning) masalalari va muammolarini yechish.O’yinli loyihalashtirish bunda asosan obektni yaratilish va takomillashtirish jarayoni qayta tiklanadi o’quvchilar o’quv bilish va tadqiqot faoliyatlari bunda bevosita o’rganilayotgan ob'ektni bevosita loyihilash xarakteriga ega bo’ladi. U funktsional roli va tiklanadigan pozitsiyada amalga oshiriladi. Bunday pozitsiyalar odatda muayyan obektni yoki sinfdan tashqari ishlar orqali o’rganishda qatnashayotgan talabalarning maqsadalar majmualari va qiziqishlarini hisobga oladi. Mashg’ulotlar o’yini loyihalar ko’rinishida o’tkazish texnologiyalari turli-tuman bo’lishi mumkin. Ular asosida 3 asoiy element yotadi.
Loyihali ishlar algoritmi
Eksprement baxolash mexanizimi yoki loyixani o’yin tarzida xarakatda sinash
Bo’lajak mutaxassislar o’yinli loyixalash qatnashuvchilarni funktsional roli qiziqishlarini aniqlash mexanizimi.
Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo`liga o`tkazish o`quv amaliyotini, pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, obektiv tashhis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda burilishini ifodalaydi Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo`llanilib kelinayotgan O`zbekistonning milliy ta’lim texnologiyasini yaratish lozim. Ta’lim texnologiyasi tushunchasi va tamoyillari. Pedagogika
fani va amaliyotida, «pedagogik texnologiya», «ta’lim texnologiyasi», «o`qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Shu bilan birga, ularni tushunish paytida alohida farqlar mavjud. Avvalambor, «texnik texnologiya» va «pedagogic texnologiya» tushunchalarining mohiyatini aniqlaylik.
«Texnologiya» – yunoncha ikki so`zdan – «texnos» (techne)- mahorat, san’at va «logos» (logos) – fan, ta’limot so`zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya jarayonini to`liq tavsiflab berolmaydi. Texnik texnologiya quyidagilarni bildiradi:
Quyida pedagogik texnologiyaning yana bir nechta ta’riflarini keltiramiz: Pedagogik texnologiya – bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko`rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo`lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnikaimkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir.
Pedagogik texnologiya - o`quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - ta’lim texnologiyasi, o`qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.
Pedagogik texnologiya-bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo`naltirilgan o`quv jarayonini tizim sifatida ko`rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo`lgan o`qituvchi(pedagog)ning o`qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko`rsatgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir. Pedagogik texnologiya-bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir Ijtimoiy texnologiyalar safiga kiruvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasining mazmunini aniqlaymiz.
Ko`pchilik pedagog olimlarning fikricha, ushbu keng ishlatiladigan so`zlar birikmasi inglizcha «an educational technology» -ya’ni «ta’lim texnologiyasi» ifodasini noaniq tarjima qilishdan kelib chiqqan. Bizning fikrimizcha, ta’lim texnologiyasiga dastlab asos slogan olimlar pedagogik texnologiyani emas, balki aynan ta’lim texnologiyasini nazarda tutishgan. Buni tushunib yetish uchun pedagog atamasining lug‘aviy ma’nosini esga olaylik, bu atama yunoncha «payne»-bola, «agogeyin» - yetaklamoq so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, bola yetaklamoq ma’nosini anglatadi. Bundan «bola yetaklash texnologiyasi» degan atama kelib chiqadi, bu tushuncha ta’lim texnologiyasi maqsadi va mantig‘iga zid bo`lib, ta’lim texnologiyasining haqiqiy ma’nosini bermaydi. Bugungi kun ta'lim tizimida amal qilayotgan an'anaviy ta'limning mazmunini yangilash va ta'lim jarayonini tashkil etishni tubdan o`zgartirish davr taqozosidir. Buning uchun fizika ta'limi tizimini pedagogik va axborot texnologiyalarni uyg'unlashtirilgan holda qo`llash orqali ta'lim samaradorligini yuqori pog'onalarga ko`tarish mumkin.Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) — kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qismanyoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, unda zamonaviy texnologiyalar o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi.
Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayonini, ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o`quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to`liq boshqarish g‘oyasi tashkil etadi. Bunday yondoshishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo`yicha aniq elementlarga bo`lib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat. Ta’lim texnologiyasining predmeti - ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo`yishdan, natijalarni shakllantirishdan,o`quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini loyihalashtirishdan tarkib topgan.
Ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va
ularning o`zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini yaratish, qo`llash va aniqlash tizimidir.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o`qitishga mo`ljallangan fizika fanining o`ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko`zda tutadi. Demak, fizika fanini o`qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo`yiladigan talablar asosida yaratilgan DPVdan foydalanish ijobiy natija beradi, ya'ni fizikani o`qitishda ularni qo`llash asosida o`quvchilarning fizika fani bo`yicha ko`nikma va malakalarshakllantirish bilan birga mustaqil ta'lim olish jarayonini osonlashtiradi hamda intensivlashtirishga imkon beradi.Ta’lim tizimidao`quv- tarbiyaviy jarayonning samaradorligini yanada oshirish uchun faqat ilg‘or o`qitish metodlarini ishlab chiqish to`g‘risida gapirmasdan, shu bilan birga ularning qo`llanilishiga ham ahamiyat berish kerak. O`qitish metodlari darslikdan, masala yechish uchun qo`llanmalardan, demonstratsion tajribadan va laboratoriya ishlaridan ajralgan holda bo`lmaydi. O`qitish metodlari o`qitish jarayonida amalga oshiriladi ammo darslik matni masalalar mazmuni, demonstratsion tajribalar va laboratoriya ishlari o`quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari bilanchambarchas bog‘langan bo`ladi. O`qituvchilarni o`qitish metodlari bilan qurollantirishning bosh yo`li – bu o`quv ishlarining strategiyasini, ya’ni o`qitish, tarbiyalash va o`stirishning vazifalari,
fundamental fizik nazariyalar va o`quv predmetining o`ziga xos o`qitish metodlarini amalga oshira borib, har bir darsni o`quv-tarbiya jarayonining bir qismi deb qarab, darsda asosiy ish shakllarini qo`llay olish mahoratini egallashdan iborat.
Fizika fanida pedagogik texnologiyalardan foydalanish istiqbollari quyidagilardan iborat:
Interaktiv darsliklar: Fizika darslarida interaktiv darsliklar oʻquvchilarning tushunchalarini yanada mustahkamlash uchun foydali boʻladi. Ular, animatsiyalar, grafikalar va multimedia elementlardan foydalanib, abstrakt konseptlarni vizualizatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Virtual laboratoriyalar: Fizika laboratoriyalarini virtual shaklda yaratish infografika, simulyatsiyalar va online laboratoriyalar orqali amaliyot qilishni taʼminlaydi. Bu texnologiyalar oʻquvchilarga sinovlar, tajriba va deyarli isbatlanishi qiyinchilikli mashgʻulotlar kabi asosiy nazariyalar bilan tanishish imkonini beradi.
Online platformalar: Fizika fani ta'limida online platformalar foydalanish istiqbollariga mos keladi. Online darslarni takrorlash, test savollari va boshqa oʻquv materiallariga oʻquvchilar oʻz vaqtida va oʻzining ruxsat berilgan joyida kirishadi.
Foydalanish standartlari: Fizika darslari uchun interaktiv ta'lim vositalarini va simulyatsiyalarni foydalanish uchun standartlarni va kompyuterlarni oʻrgangan kompyuter darslari standartiga rioya qilish zarur. Bu texnologik imkoniyatlardan sari etilgan foydalanishni taʼminlaydi.
Mobil ilovalar: Mobil ilovalar arqali oʻquvchilar hamda oʻqituvchilar fizika konseptlarini nazorat qilish, sinovlar oʻtish, konseptlarni tahlil qilish va foydali materiallarga kirishish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Fizika fani va ta'limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish istiqbollari oʻquv jarayonini samarali va qiziqarli qilishga yordam beradi. Ushbu texnologiyalar oʻquvchilar uchun oʻzlashtirish va tushunchalarni yanada mustahkamlash imkonini yaratadi va fizika fanini praktikaga aylantirishda yordam beradi.
|
| |