Bunda 5 ta elementdan iborat bo’lgan t nomli butun turdagi bir
o’lchamli massiv e’lon qilingan va
uning barcha elementlariga
boshlang’ich qiymatlar berilgan. Bu e’lon quyidagi e’lon bilan
ekvivalent:
int t[5];
t[0]=-10; t[1]=5; t[2]=15; t[3]=4; t[4]=3;
2) o’lchami ko’rsatilgan massiv elementlarini to’liqmas inisializasiyalash:
int t[5]={-10,5,15};
Bu yerda faqat massiv boshidagi uchta elementga boshlang’ich qiymatlar
berilgan. Shuni aytib o’tish kerakki,
massivning boshidagi yoki
o’rtasidagi elementlariga qiymatlar bermasdan,
uning oxiridagi
elementlarga boshlang’ich qiymat berish mumkin emas. Agarda massiv
elementlariga boshlang’ich qiymat berilmasa, unda kelishuv bo’yicha
static va extern modifikatori bilan e’lon
qilingan massiv uchun
elementlarining qiymati 0 soniga teng deb,
automatic massivlar
elementlarining boshlang’ich qiymatlari noma’lum hisoblanadi.
3) o’lchami ko’rsatilmagan massiv elementlarini to’liq inisializasiyalash: