TEMPERAMENT VA UNING TURLARI. (TEMPERAMENTNI
O‘RGANISH METODLARI)
Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir
xil odamlar tez va engillik
bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa
sust va befarq
bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va
mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy
munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir.
Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni
bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy
harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi.
Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi.
Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va
kuchida hamda kishining
umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik
xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik
xususiyatlarning asosiy belgilari:
1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida
faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir
qismida barqaror va o`zgarmasdir;
3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari
bir - biri bilan tasodifiy
birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar
temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.
Temperamentning
xususiyatlari deganda
, bir inson
psixik faoliyati tezligini
belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu
xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda
va maqsadlarda nisbatan
o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi.
Natija:
Bular bilim uchun yangi bilimga intiladigan nazariy mutafakkirlardir,
ularning
"ilmiy tomiri" ularni nafaqat dunyo muammolari,
balki prozaik, kundalik hayotiy
vaziyatlarga nisbatan ko'proq yoki kamroq asosli
tushunchalarni yaratishga
undaydi. Ushbu turdagi odamlar rejalashtirilgan niyatlar va harakatlarni o'zlarining
farazlarini sinab ko'rish uchun o'ziga xos tajriba sifatida ko'rishadi. Ularning
nostandart, axloqiy va axloqiy jihatdan xavfli xatti-harakatlarga moyilligi shu erdan
kelib chiqadi. Intuitiv-mantiqiy tipdagi odamlar tashqi mezonlarga unchalik e'tibor
bermaydilar, muloqotda ko'pincha yashirin va sovuq, o'zini yuqori baholaydi, lekin
beqaror, o'ziga juda ishonadi, kamdan-kam hollarda etuk emotsionallik bilan ajralib
turadi, nazariy jihatdan o'rganish qobiliyati odatda o'rtachadan yuqori. Ular umumiy
aholining atigi 10% ni tashkil qiladi.